"Terek" (hozirgi "Axmat") klubining sobiq hujumchisi Shamil Laxiyalov 23 yoshli vinger Xvicha Kvarasxeliyaning "Napoli"dan "PSJ"ga o‘tganiga baho berdi.
"Xvichaning transferi Rossiyadagi sport jamoatchiligi orasida turlicha munosabatga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik Xvichani Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun katta ambisiyalarga ega bo‘lgan klubga o‘tishini kutgandi.
Chunki “Manchester Siti”, “Barselona” va boshqa ko‘plab klublar Kvarasxeliyaga da’vogar sifatida qayd etilgandi. Ammo Xvicha boshqacha tanlov qildi. U yurak amriga ergashgan bo‘lsa kerak.
Shu aniqki, moliyaviy nuqtayi nazardan, unga «PSJ» yaxshiroq shart-sharoit taklif eta olgan. Sport tarkibiy qismiga kelsak, menimcha, Fransiya chempionatining darajasi Italiya chempionatidan ancha pastroq.
Bu ligalarda g‘oliblikka da’vogar bo‘lgan jamoalarga nazar tashlasangiz ham bu ma’lum bo‘ladi. Italiyada kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun yettita klub kurashmoqda.
Fransiyada esa "PSJ"ga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladigan bitta-ikkita, maksimal uchta jamoa bor.
Shuning uchun ham Italiyada shiddatli o‘yinlar ko‘proq bo‘ladi.
Ko‘ramiz, Xvicha Parij klubiga asosiy maqsad - Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishlariga yordam bera oladimi? Lekin, albatta, men bunga shubha qilaman", - dedi Laxiyalov.