Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Nikimbayev: "Abduqodir Husanovni O‘zbekiston futbolining "mahsuloti" deyish qiyin"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Taniqli xalqaro futbol mutaxassisi, Katar Futbol Assosiasiyaning katta texnik eksperti Alisher Nikimbayev Srechko Katanesning terma jamoadagi murabbiylik faoliyati hamda Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Assalomu alaykum, Alisher aka. Avvalambor, karyerangiz qanday davom etayotgani va kelajak rejalaringiz haqida qisqacha gapirsangiz? 

- Va alaykum assalom. Karyeram doimgidek davom etmoqda. Hozircha Qatar futbol assosiasiyasida ishlashda davom etyapman. Ko‘pchilik Jahon chempionatidan keyin Qatarda futbolga qiziqish hamda musobaqlar kamayadi deyishgandi. Biroq aksincha bo‘lmoqda. O‘tgan yili Osiyo kubogini, undan keyin esa 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogini qabul qildik. Shuningdek, qit’alararo kubok hamda Fransiya superkubogi ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, yana 2 ta katta turnir kutib turibdi. Bu - 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati va Arab kubogi. 17 yoshgacha bo‘lgan Jahon chempionatini kimdir katta turnir emas demasligi mumkin. Lekin yangi turnirda 24 ta emas, 48 ta jamoa ishtirok etadi va tashkiliy jihatlardan ham bir qator yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda. Yana aytadigan bo‘lsam, o‘tgan yili O‘zbekistondagi ilk jahon chempionatida (futzal bo‘yicha) ishlash baxtiga muyassar bo‘ldim. Aslida, Kolumbiyada bo‘ladigan 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga borishim kerak edi, lekin FIFA bilan kelishuvimizdan keyin Andijonga bordim. O‘tgan yili bizga aloqasi bo‘lmasa ham "Kopa Amerika"da ishlashga ulgurdim. Shunday ekan, davom etayotgan karyeramdan kelib chiqib, o‘zimni baxtli inson deyishim mumkin.

- Ko‘pchilik Srechko Katanesning yig‘inlarga ko‘p marotaba kela olmaganidan tashqari o‘yin uslubini ham keskin tanqid qildi. Ularning aytishicha, biz ham chiroyli o‘ynab, ishonchli tarzda raqiblarni mag‘lub etishimiz mumkin ekan. Xo‘sh, sizning Katanes haqidagi fikrlaringiz qanday? 

- Katanesni ishiga baho berish juda qiyin. Ko‘pchilikka uning o‘yin uslubi yoqmadi, ammo natijalar yomon emasdi. Mag‘lubiyatsiz seriya, to‘plangan ochkolar bundan dalolat. Qaysidir ma’noda Katanesga berilgan tayyorgarlik imkoniyati boshqalarda bo‘lmagani ham haqiqat. Katanes 2021 yilda termani qabul qilib, ilk rasmiy o‘yinni 1 yildan so‘ng o‘tkazgan va u jamoani bemalol shakllantirishga vaqti bo‘ldi. Biroq oxirgi 1,5 yilda kasalligi sababli terma yig‘inlariga kelmasligi va onlayn tarzda mashg‘ulotlarni o‘tkazishi ham noto‘g‘ri bo‘ldi. Hammasi u baribir lavozimini tark etishiga qarab ketayotgandi. Shunday bo‘lsa-da, u O‘zbekiston futboli tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlardan va g‘alabalar foizi bo‘yicha ham eng yaxshilaridan biri bo‘ladi. Katanesga nisbatan ikki xil taassurot o‘rtasida qolamiz. Agar O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqsa, 70 foiz ishni u qilgan bo‘ladi.

- Temur Kapadzega ayni vaqtda butun futbol jamoatchiligi ishonmoqda va uni pozitiv kutib olishdi. Nima deb o‘ylaysiz, Kapadze qo‘l ostida terma jamoamiz Katanes davridagidan ko‘ra yaxshiroq o‘yin va natijalar ko‘rsatishi mumkinmi? Umuman olganda, uning murabbiylik salohiyatiga qanday baho bera olasiz?

- Kapadzening termaga kelish davri biroz noqulay bo‘ldi. Katanesning ilk jiddiy rasmiy o‘yinigacha deyarli ikki yil (Eronga qarshi bahs) vaqt bor edi, Temurda esa atigi ikki oy. Yaxshi hamki, yaqinda Qatarda yig‘in bo‘ldi. Nima bo‘lsa ham, bitta uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi (Iordaniya bilan). Temur Kapadze bilan Qatarga kelganida gaplashdik. Bilamizki, Srechko 5 nafar himoyachi bilan, Temur esa 4 nafar himoyachi bilan o‘ynaydi. Biroq Kapadze tizimni o‘zgartirishga vaqt yo‘qligini va ishlayotgan mexanizmni buzib qo‘yishni istamayotganini aytdi. Shuningdek, u Katanes bilan ishlagan ayrim murabbiylarni ham qoldirmoqchi. Sababi, ular bilan hammasi osonroq bo‘ladi. Kapadze tanloviga kelsak, bu to‘g‘ri bo‘ldi. Sababi, Temur yaxshi natija ko‘rsatgan mahalliy murabbiylardan biri, xorijlik mutaxassis olib kelishga esa vaqt ham yo‘q. Bu Kapadze uchun yangi chaqiruv va o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat. Aytganimdek, Katanes 70 foiz ishni qildi va u qolgan 30 foiz ishni qilsa, yana millat qahramoniga aylanadi.

- Ko‘pchilik mutaxassislar Superligada o‘zini ko‘rsatgan nomlarni termaga chaqirish kerak, tarkibda tez-tez rotasiya qilish lozim, deyishadi. Yaqinda Masharipov bizga bergan intervyusida Superligada yaxshi o‘ynab qo‘ysa, termaga chaqirish kerak, degani emas kabi fikrni bildirdi. Sizning bu borada pozisiyangiz qanday? 

- O‘zi bu ancha qiyin savol. Sababi, har bir murabbiyning o‘ziga yarasha tanlovi bor. Misol uchun, siz yoki mendan eng yaxshi 11 nafar futbolchini tanlashni so‘rashsa, sizdagi 11 futbolchi, mening tanlovimdan keskin farq qilishi mumkin. Har bir futbol muxlisi va mutaxassisining o‘zi yaxshi ko‘rgan va kuchli deb bilgan o‘yinchilari bo‘ladi. Menimcha, kimga murabbiylik posti ishonib topshirilgan bo‘lsa, unga ishonish kerak va uning tanlovlarini hurmat qilish lozim.

- Abduqodir Husanovning "Siti"ga transferi so‘nggi paytlarda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. "O‘zbek futbolini tanqid qilganlar, qanisizlar", kabi fikrlar ko‘p oldimdan chiqdi. Sizningcha, Husanovning "Siti"ga o‘tishi va bunday "katta sakrash" o‘zbek futbolida progress bo‘lganidan, hammasi yaxshi ishlayotganidan dalolatmi? 

- Husanov O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, o‘zbek. Biroq uni O‘zbekiston futbolining "mahsuloti" deyish qiyin. Sababi, 2022 yildan buyon O‘zbekiston klublarida o‘ynamagan va hattoki "Bunyodkor"ning o‘rinbosarlar tarkibidan o‘rin ololmagan. U Belorusga bordi va o‘sha yerda o‘sdi. Shundan so‘ng U-20, olimpiya va milliy terma jamoamizga chaqirildi. Shuning uchun, Husanovni ko‘rsatib, ishlarimiz zo‘r deyish - kulgili. To‘g‘ri, talantlarimiz bor va buni avvaldan aytib kelganmiz. Shunday bo‘lsa-da, ularga imkoniyat yaratish kerak. Shunday holat vujudga keldiki, unga O‘zbekistonda hech qanday imkon berilmadi. U Belorusga bordi va u yerda Husanov kashf qilindi. Shundan so‘ng "Lans"ga bordi va o‘zini ko‘rsatib, mana hozir "Siti" safiga ko‘chib o‘tdi. Shunday ekan, Husanovning o‘zini o‘zbek futbolidagi progress deb ko‘rsatish kulgili, nazdimda. 

Manba: sports.uz
Kiritildi: 08:00, 04.02.2025. O'qildi: 2700 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик