Superliga doirasida bo‘lib o‘tgan OKMK - "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi (4:3) bellashuvdan so‘ng Aleksandr Xomyakov "burgutlar" bo‘sh murabbiyligidan chetlatilgandi.
"Andijon"ning rasmiy "Ulrat burgutlar" Telegram-kanalida berilgan xabarga qaraganda ertaga "Paxtakor"ning sobiq ustozi Maksim Shaskix andijonliklar bosh murabbiyiga aylanadi.
"Ertaga, 13 may kuni Maksim Shaskix Andijon shahriga yetib boradi va katta ehtimol bilan "burgutlar" bilan shartnoma tuzadi. Shaskix bilan birga 3 nafar yordamchi murabbiy "Andijon"ga keladi. Ulardan ikki nafari Vitaliy Shpanyuk va Akmal Shorahmedov. Uchinchi murabbiy nomi ertaga ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi "Andijon" - "Dinamo" uchrashuvida mezbonlarni Artyom Petrosyan boshqaradi. Sababi Shaskix hali PFL ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Aynan ertangi bahsdan keyin Maksim Shaskix jamoani qabul qilib oladi" - deyiladi "Ultras Burgutlar"ning telegram kanalida berilgan ma’lumotda.
Hozir "Andijon" klubining o‘zi bu borasida rasmiy xabar bermadi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Xomyakov "Andijon" tarixidagi eng katta sovrinni - O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritilishida katta hissa qo‘shgandi. "Burgutlar" bu mavsumda OCHLda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.