Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma.

  • La-liga
      • 20.12.2025 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Malyorka
      • 20.12.2025 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Selta
      • 20.12.2025 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 20.12.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 20.12.2025 17:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Chelsi
      • 20.12.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Byornli
      • 20.12.2025 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 20.12.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Vest Xem
      • 20.12.2025 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Brentford
      • 20.12.2025 22:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 20.12.2025 22:00
      • Lasio
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

FIFA: “CAFA Nations Cup musobaqasining ikkinchi soni muvaffaqiyatli yakunlandi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yilda mamlakatimiz ikkinchi bor Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi Millatlar kubogi musobaqasi — “CAFA Nations Cup 2025” turniriga mezbonlik qildi. Turnirning final uchrashuviga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va FIFA Prezidenti Janni Infantino tashrif buyurishi ushbu musobaqa yuqori ahamiyat kasb etishini yana bir bor isbotladi. FIFA rasmiy sahifasida turnirga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi. Uni to‘liq o‘zbek tilida e’tiboringizga havola qilamiz.

“CAFA Nations Cup 2025” finalida faqat bitta jamoa kubokni ko‘tarishi mumkin edi. Biroq 8-sentyabr kuni hal qiluvchi bahsda maydonga chiqqan ikki mamlakat — O‘zbekiston va Eron — allaqachon 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Toshkentdagi yangi Olimpiya shaharchasi hududidagi “Olimpiya” stadionida (12 ming o‘rinli) bo‘lib o‘tgan final bahsi tarixiy voqea bo‘ldi. U ilk bor sportchilar va muxlislarni qabul qildi. FIFA Prezidenti Janni Infantino ham 11,842 nafar tomoshabin qatorda o‘tirib, Markaziy Osiyoda futbolni rivojlantirish borasidagi keng qamrovli qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor amalda ko‘rsatdi.

Markaziy Osiyo futboli yuksalmoqda. Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) tomonidan tashkil etilgan milliy terma jamoalar ishtirokidagi asosiy musobaqa – “CAFA Nations Cup”ning ikkinchi turniri mintaqa kelajagi uchun umidli qadam bo‘ldi.

“Futbol nuqtayi nazaridan, Markaziy Osiyo mamlakatlari hali yosh hisoblanadi. FIFA tomonidan berilayotgan yaqindan yordam tufayli mintaqamizda futbol tez rivojlanmoqda. Shu bois FIFA Prezidenti Janni Infantinaga minnatdorlik bildiramiz. Biz FIFA loyihalari va rejalarida faol ishtirok etmoqdamiz,” — dedi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov.

Finalda O‘zbekiston Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yakunda g‘alaba keltirgan golni qo‘shimcha bo‘limda himoyachi Hojiakbar Alizjonov bosh bilan kiritdi. Ammo uzoq muddatli nuqtayi nazardan, Markaziy Osiyo futbolining o‘zi eng katta g‘olib bo‘ldi. Yangi kuch, yangi stadion, yangi sovrin va ko‘k rangli libosdagi muxlislar quvonchi — bular mintaqa futbolining katta potensialidan dalolat edi.

**FIFA va CAFA hamkorligi**

2015-yil yanvarda tashkil etilgan va bosh qarorg‘ohi Dushanbe shahrida joylashgan CAFA — Osiyo Futbol Konfederasiyasining (AFC) eng yosh mintaqaviy tashkiloti. Eron va Afg‘oniston FIFA a’zoligini 1948-yilda qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, 1994-yilda FIFA safiga qo‘shildi.

Ushbu mamlakatda futbol ommalashgan bo‘lsa-da, zarur infratuzilmani shakllantirish vaqt talab qildi. “FIFA Forward” dasturi va “Football for Schools” loyihalari bu yo‘lda katta turtki berdi.

“Markaziy Osiyoda futbolga qiziqish tobora ortmoqda. Iqtidorli o‘yinchilarimiz ko‘p, ammo hali imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagan. Bu yo‘lda FIFA hal qiluvchi o‘rin tutadi,” — dedi Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi Rovshen Meredov.

FIFA 1-sentyabr kuni “CAFA Nations Cup” musobaqasini muntazam qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi. Bu tashabbus FIFA’ning 2023–2027-yillarga mo‘ljallangan strategiyasidagi 7-maqsad — yuqori sifatli xalqaro turnirlarni ko‘paytirish — doirasida amalga oshirilmoqda.

“CAFA Nations Cup” kabi turnirlar jamoalarga o‘zaro raqobat qilish va futbolni nishonlash imkonini beradi. FIFA bunday musobaqalarni qo‘llab-quvvatlashga sodiq”, — dedi FIFA Bosh kotibi Mattias Grafstrom.

**Musobaqaning o‘sishi va islohotlar**

“CAFA Nations Cup” ilk bor 2023-yilda o‘tkazilgan va unda Eron g‘olib bo‘lgandi. 2018-yildan boshlab esa ayollar hamda turli yosh toifalarida musobaqalar yo‘lga qo‘yildi.

CAFA Bosh kotibi Ulug‘bek Karimov shunday dedi:

“Biz bu musobaqani o‘tkazishni orzu qilganmiz. O‘shanda tajribamiz ham, mablag‘imiz ham yo‘q edi, ammo orzularimiz katta edi. Bugunga kelib esa turnir kengayib, yangi bosqichga chiqdi”.

2025-yilgi musobaqada Hindiston va Ummon mehmon sifatida ishtirok etdi. Bu esa jamoalar sonini sakkiztaga, o‘yinlar sonini esa 14 taga yetkazdi. Hindiston bronza medali uchun bahsda Ummonni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Barcha uchrashuvlar FIFA+ platformasi orqali butun dunyoga namoyish qilindi.

Bundan tashqari, musobaqa davomida ilk bor VAR tizimi qo‘llandi, jamoalar uchun mehmonxonalar va stadionlar darajasi oshirildi. FIFA mutaxassislari o‘z tajribasi bilan bo‘lishib, tashkiliy jarayonlarda yordam berdi.

**Infratuzilma va kelajak uchun rejalar**

“FIFA Forward 3.0” dasturi orqali 2026-yilgacha hududiy assosiasiyalarga har to‘rt yilda 5 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu mablag‘ musobaqalar tashkil etish va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

“O‘FA Milliy futbol markazida “FIFA Forward” dasturi yordamida 4 ta maydon, stadion va kiyinish xonalari ta’mirlandi, yoritish tizimi yangilandi. Shuningdek, 1500 ta maktabda “Football for Schools” loyihasi joriy etildi”, — dedi Ravshan Irmatov.

Tojikiston futbol federasiyasi Bosh kotibi Furqatjon Ahmedjonov esa shunday qo‘shimcha qildi:

“Biz FIFA bilan ayollar va yoshlar futbolida yaqindan hamkorlik qilamiz. Ayollar chempionati to‘rt yosh toifasida o‘tkazilmoqda, bir nechta yoshlar musobaqalari esa FIFA tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda”.

Qirg‘iziston terma jamoasi murabbiyi Urmat Abduqaimov ham FIFA yordamini alohida ta’kidladi:

“Bu qo‘llab-quvvatlash Markaziy Osiyoda futbol rivoji uchun nihoyatda muhim. Eng asosiysi — bolalar va yoshlarda futbolga qiziqish oshmoqda. Bu esa bizning asosiy maqsadimiz”.

**YUtuqlar va yangi marralar**

So‘nggi yillarda mintaqa jamoalari xalqaro maydonda sezilarli natijalarga erishmoqda. 2023-yilgi Osiyo kubogi pley-off bosqichida O‘zbekiston, Eron va Tojikiston ham ishtirok etdi. Joriy yildagi FIFA U-17 Jahon chempionatida esa O‘zbekiston va Tojikiston qatnashadi. Ayollar futbolida ham O‘zbekiston oltinchi, Eron ikkinchi marta Osiyo kubogida o‘ynaydi.

Eng muhim yangilik shuki, O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Parij Olimpiadasidan keyin nihoyat 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga ham yo‘llanma oldi. Bu esa butun mintaqa uchun ilhom manbai bo‘ldi.

“Oxirgi 10 yilda futbolga qiziqish keskin ortdi. Olimpiadaga ham, Jahon chempionatiga ham yo‘llanma olishimiz tasodif emas, balki xalqimizning futbolga bo‘lgan mehridan dalolat”, — dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev.

Ulug‘bek Karimov esa CAFA klublar o‘rtasida ham yangi musobaqa tashkil etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi:

“Biz FIFA’dan muntazam yordam olyapmiz. Bu bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni, futbol va muxlislar uchun to‘g‘ri ish qilayotganimizni anglatadi. 2027-yilda “CAFA Nations Cup”ni yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz”.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 10:11, 11.09.2025. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.