"Bayer" safarda Bundesliganing 7-turida "Mayns"ga qarshi bahs olib bordi va 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin "Meva Arena" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Leverkuzen klubi safida Alexandro Grimaldo dubl qayd etgan bo‘lsa, Kristian Kofane va Marten Terrye bittadan gol urdi.
Maynsliklar safida Li Je Son, Nadim Amiri va Armindo Zib o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
"Bayer" ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozondi va 14 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
"Mayns" qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatga uchradi. 4 ochkoga ega jamoa 16-pog‘onadan joy olgan.
Bundesliga, 7-tur
18 oktyabr, shanba, 18:30
Mayns - Bayer - 3:4
Gollar: Grimaldo, 11 - penaltidan (0:1). Kofane, 24 (0:2). Li Dje Son, 34 (1:2). Grimaldo, 45+3 (1:3). Amiri, 71 - penaltidan (2:3). TerrYE, 87 (2:4). Zib, 90 (3:4)
Mayns: Riss, Bell (Xanche-Olson, 65), Kor, da Kosta, Sano, Amiri, Mvene, Ferachnig (Norden, 65), Li Dje Son (Beving, 81), Nebel, Xollerbax (Zib, 86)
Bayer: Flekken, Andrix, Tapsoba, Bade, Fernandes, Garsiya, Grimaldo, Artur, Xofmann (Maza, 66), Poku (Ben Segir, 78), Kofane (TerrYE, 79)
Ogohlantirishlar: Kor, 37. Xanche-Olson, 78. Amiri, 90. Beving, 90 - Tapsoba, 67. Grimaldo, 68. Bade, 81. Ben Segir, 83