“Barselona” forvardi Markus Reshford Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasidagi “el-klasiko” oldidan “Real Madrid” haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 26 oktyabr, yakshanba kuni, Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
— “Real” juda kuchli jamoa va ajoyib murabbiyga ega. Ular hozir yaxshi sport formasida, bu men uchun ajablanarli emas. Chunki ularda yuqori darajadagi futbolchilar jamlangan. Shuning uchun men juda og‘ir va qiziqarli o‘yinni kutyapman, — dedi Reshford.
— Biz g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Bu oson bo‘lmaydi, ammo biz bu sinovga tayyormiz. Agar rejamizdagi kabi o‘ynasak, bu kun biz uchun unutilmas bo‘ladi, — deya forvardning so‘zlaridan Barça Universal iqtibos keltirdi.
Ispaniya — Primera. 10-tur
26 oktyabr 2025, yakshanba. 20:15
Real Madrid — Barselona
Santyago Bernabeu, Madrid