Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Malyorka 22 24
15 Sevilya 22 24
16 Xetafe 22 23
17 Valensiya 22 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
22-тур Malyorka 4-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“MYU” ruli yana afsona qo‘lida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Manchester Yunayted» mavsum oxirigacha jamoani boshqaradigan vaqtinchalik bosh murabbiyni aniqladi. 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar «qizil iblislar»ni klubning sobiq yarim himoyachisi Maykl Kerrik boshqaradi. Bu haqda rasman ma’lum qilindi. Rahbariyat bilan muloqot chog‘ida Kerrikning g‘oyalari ma’qul kelgan. Mutaxassisning «MYU»ga qaytishidan oldingi faoliyati haqida batafsil so‘z yuritamiz.

Kerrik – XXI asrdagi «MYU»ning eng muhim futbolchilaridan biri

Kerrikning futbolchilik faoliyatidagi eng yorqin yillar Manchesterda o‘tdi. Yarim himoyachi 2006 yilda «Tottenhem»dan «Old Trafford»ga 14 million funt sterling (bonuslar bilan) evaziga ko‘chib o‘tgan. O‘sha paytda Maykl klub tarixidagi eng qimmat beshinchi xaridga aylandi. Ser Aleks Fergyuson unda jamoaning sobiq kapitani Roy Kinning munosib o‘rnini ko‘rgan, shu sabab Kerrikka meros tariqasida 16-raqam ham berilgan edi.

Angliyalik futbolchi 11 mavsum davomida «MYU»ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib keldi. Maykl sog‘lom va formada bo‘lsa — maydonga tushardi. Faqat 12 mavsumning ikkitasida u bir yilda 40 tadan kam o‘yin o‘tkazgan (2014/2015 yilgi mavsumda to‘piqdan og‘ir jarohat olgan, 2017/2018 yilda esa yurak bilan bog‘liq muammolar boshlangan).

2017 yil sentyabrida «Byorton Albion»ga qarshi uchrashuvda Kerrik o‘zini yomon his qildi. Tekshiruvlar natijasida unda aritmiya — yurak urishi buzilishi aniqlandi. U ablyasiya muolajasidan o‘tdi va jamoaga qaytdi, ammo mavsum davomida atigi beshta o‘yinda qatnashib, mavsum oxirida faoliyatini yakunladi: «Shunday palla keladiki, tanang senga to‘xtash kerakligini aytadi. Hozir aynan shu holatni boshdan kechiryapman. O‘ynashni davom ettirish haqida bir necha kun o‘yladim. Tiklandim va faoliyatimni o‘z shartlarim asosida yakunlashni istadim».

«MYU» safida 12 yil mobaynida Kerrik 5 marta APL g‘olibi bo‘ldi, shuningdek Angliya Kubogi, 3ta Liga Kubogi, 6ta Superkubok, Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini qo‘lga kiritdi. U klub tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida 17-o‘rinni (464ta o‘yin), sovrinlar soni bo‘yicha esa 4-o‘rinni (18ta) egallab turibdi. Undan oldinda faqat Rayan Giggz, Pol Skoulz va Gari Nevilllar turishibdi. Shu bois Kerrik haqli ravishda klub afsonasiga aylangan va «MYU» undan butunlay voz kechishni istamagan.

«MYU» bosh murabbiyi sifatida ilk tajriba va Chempionshipdagi ish

Futbolchilik faoliyatini yakunlagan zahoti Kerrik murabbiylikka o‘tdi. O‘sha paytda «MYU»ni boshqargan Joze Mourinyu 2018 yil bahoridayoq Mayklni o‘z shtabida ko‘rishni istashini bildirgan. Kerrik portugaliyalik mutaxassisning yordamchisi bo‘ldi va u ishdan ketganidan keyin ham jamoada qoldi. Keyinchalik u Ule-Gunnar Sulsher shtabida ishlashda davom etdi.

2021 yil 21 noyabrda Sulsher iste’foga chiqarildi va Kerrik ilk bor vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning qo‘l ostida «Yunayted» 3ta o‘yin o‘tkazdi: «Arsenal» (APL) va «Vilyarreal»ni (ECHL) mag‘lub etdi, «Chelsi» bilan durang o‘ynadi. Shunga qaramay, klub rahbariyati vaqtinchalik murabbiy sifatida Ralf Rangnikni tayinladi. Shundan so‘ng Kerrik «MYU»ni tark etdi. Endi esa tarix go‘yo 360 darajaga aylandi — Maykl yana vaqtinchalik murabbiy sifatida qaytmoqda.

Kerrik mustaqil ishini qariyb bir yil kutdi. 2022 yil oktyabri oxirida uni Chempionshipda o‘ynayotgan «Midlsbro» taklif qildi. 2022/2023 yilgi mavsumda jamoa 4-o‘rinni egallab, «pley-off»ga chiqdi, ammo «Koventri»ga yutqazib, APLga chiqish imkoniyatini boy berdi. Shunga qaramasdan, Kerrikning ishi ijobiy baholandi. Masalan, u 2023 yil mart oyida oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

«Midlsbro» Kerrik qo‘l ostida to‘pni nazorat qilishga, yuqori pressing qo‘llashga, sekin o‘yin bilan qarshi hujumlar o‘rtasida o‘tishga intildi. Asosiy sxema — 4-2-3-1 bo‘ldi (136 o‘yindan 112tasida). Hali futbolchilik davridayoq Lui van Gal Kerrikni «maydondagi murabbiy» deb atagandi. Endi esa u bu rolga to‘liq kirib keldi.

Ikkinchi mavsumda Kerrik «Midlsbro»ni Angliya Liga Kubogi yarim finaliga olib chiqdi — bu 2004 yildan beri ilk bor sodir bo‘ldi. Jamoa hatto «Chelsi»ni uyda 1:0 hisobida mag‘lub etdi, ammo javob o‘yinida 1:6 hisobida yutqazdi. Chempionshipda esa «Midlsbro» 8-o‘rinni egallab, «pley-off»ga chiqa olmadi. Shunga qaramay, Kerrik lavozimida qoldi.

2024 yil 3 iyunda u klub bilan yangi 3 yillik shartnoma imzoladi. Ammo oradan roppa-rosa bir yil o‘tib, «Midlsbro»ni tark etdi: jamoa 10-o‘rinda qoldi va natijalarda o‘sish bo‘lmagani rahbariyatni qaror qabul qilishga majbur qildi.

«MYU»ga qaytish yo‘li

Mayklning «MYU»ga qaytishini lobbi qilish 2025 yil sentyabridayoq boshlangan edi. Ser Aleks Fergyusonning sobiq yordamchisi Rene Myolensten Kerrikni Ruben Amorimga munosib nomzod deb atagan: «Kerrik — juda aniq tanlov. U hali-hanuz ko‘plab o‘yinchilarni yaxshi biladi, klub ichidagi muhitdan xabardor. U klubni, undan nimalar kutilishini tushunadi. Bu yerda hech qanday mo‘’jiza yo‘q — sog‘lom mantiq bor, xolos».

2026 yil boshida Amorim ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, «MYU» mavsum oxirigacha vaqtinchalik murabbiy qidira boshladi. Asosiy nomzod Ule-Gunnar Sulsher edi, ammo so‘nggi kunlarda rahbariyat Kerrik variantiga ko‘proq moyil bo‘ldi. Qizig‘i, bir payt­lar Kerrik Sulsherga yordamchi bo‘lgan bo‘lsa, endilikda go‘yo undan ishni «tortib oldi». Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, Kerrik «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda (17 yanvar) jamoani boshqaradi.

Ueyn Runi, «MYU» sobiq hujumchisi: «Maykl — juda aqlli murabbiy. U «Midlsbro»da ajoyib ish qildi. Hozir bozorda doim sovrinlar yutgan top-murabbiylar deyarli yo‘q. Kerrik esa klub bilan yashaydi, klub bilan nafas oladi — aynan shu kerak».

Agar 44 yoshli mutaxassis yaxshi natijalar ko‘rsatib, futbolchilar bilan til topisha olsa, 2026 yil yozida uni to‘liq bosh murabbiy sifatida tasdiqlash ehtimoli ham bor. Ser Aleks Fergyuson davridagi «MYU»ning eng yaxshi futbolchilaridan biri shotlandiyalik afsonaning munosib davomchisi bo‘la oladimi — buni vaqt ko‘rsatadi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:59, 03.02.2026. O'qildi: 1796 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.