«Real Sosyedad» Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida «Atletik» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs Bilbaodagi «San Mames» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda darvozalarga gol urilmadi. O‘yinning 62-daqiqasida yarim himoyachi Benyat Turryentes Gonsalu Gedeshning uzatmasidan so‘ng gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona to‘p muallifiga aylandi.
Javob uchrashuvi 4 mart kuni San-Sebastyanda bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya Kubogi. 1/2 final | 12 fevral | «San-Mames» stadioni
Atletik — Real Sosyedad — 0:1
Atletik Bilbao
Asosiy tarkib: Padilya, Lyaport, Monreal, Boyro, Lekue, Xauregizar, Rego, U. Gomes, Navarro, Inyaki Uilyams, Guruseta.