Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston – mundialning eng xavfli debyutanti

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Germaniyaning nufuzli sport nashri – fussballfieber.de ekspertlari Kanada, Meksika va AQSHda bo‘ladigan JCH-2026 debyutantlari – Kyurasao, Iordaniya, Kabo-Verde va O‘zbekiston milliy jamoalarini alohida tahlil qilib chiqishdi. Diqqatga sazovor tomoni, bular orasida aynan bizning jamoa eng xavflisi sifatida e’tirof etildi. «JCH-2026 futbol tarixiga rekordlar bilan kiradi: 48ta milliy jamoa, 104ta o‘yin va birdaniga 4ta debyutant ishtirokchi (O‘zbekiston, Kyurasao, Iordaniya va Kabo-Verde). Debyutantlar orasida esa Markaziy Osiyo nomidan qatnashadigan O‘zbekiston termasi eng tartibli va ambisiyali jamoadek ko‘rinmoqda», – deyiladi maqolaning kirish qismida.

Yetti omadsiz urinishdan keyingi tarixiy yurish

O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati saralashidagi 8-urinishda nihoyat, maqsadiga erishdi. Jamoa bunga qadar o‘z tarixida 7 marta mundial yo‘llanmasi uchun kurashgan, biroq har safar unga omad yetishmagan. Demak, O‘zbekiston termasining futbol forumiga yo‘llanma olgani – tarixiy muvaffaqiyat. Shu ma’noda 2025 yilning 5 iyun kuni o‘zbek futboli tarixiga alohida muhrlandi. Safarda BAA termasiga qarshi bahsda qayd etilgan 0:0 hisobi o‘sha vaqt Temur Kapadze boshqaruvida o‘ynagan O‘zbekiston milliy jamoasiga jahon chempionatining orziqib kutilgan yo‘llanmasini taqdim etdi. Shu tariqa o‘sha payt FIFA reytingida 58-qatorni egallab turgan O‘zbekiston termasi Markaziy Osiyoning mundialga chiqqan birinchi vakiliga aylandi. Aytish kerak, aholisi qariyb 37 millionga teng mamlakat jamoasi shu ma’noda JCH-2026ning eng yirik debyutanti hisoblanadi. O‘zbekistonliklar saralash dovonida JCH-2022 mezboni – Qatar termasini ham ortda qoldirganini aytish joiz.

Hukumat e’tirofi

Tarixiy natija mamlakatda katta shodiyona bilan qarshi olindi. BAA termasiga qarshi hal qiluvchi uchrashuvdan so‘ng futbolchilar vaqtincha bosh murabbiy Temur Kapadzeni ustidan ichimlik sepish orqali ramziy tarz­da tabriklashdi. Albatta, alkogolsiz, chunki O‘zbekiston – musulmonlar o‘lkasi. Muvaffaqiyat hukumat darajasida ham e’tirof etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi futbolchilarni tarixiy natija bilan qutladi. Jamoa a’zolari faxriy unvon va medallar bilan taqdirlanishgani, yangi avtomobillar sovg‘a qilingani O‘zbekistonda futbol hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolatdir.

JCH-2026da O‘zbekiston milliy jamoasini maydon cheti va uning ichida ikki muhim shaxs boshqaradi. Jamoani 2025 yilning oktyabridan buyon mashhur Fabio Kannavaro boshqarmoqda. E’tiborlisi, bu lavozim dastlab germaniyalik Yoaxim Lyov taklif qilingandi, biroq u rad javobi berdi. Yakunda o‘zbekistonlik futbolchilarni tarixiy mundialga JCH-2006da g‘alaba nashidasini surgan italiyalik sobiq himoyachi tayyorlaydigan bo‘ldi. Jamoaning maydondagi yetakchilaridan biri — himoyachi Abduqodir Husanov. 2025 yilning yanvar oyidan buyon «Manchester Siti»da, kimsan Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surayotgan yosh iqtidor APL tarixiga o‘zbekistonlik birinchi futbolchi sifatida kirdi.

«Temir himoya» va Ronaldu sinovi

O‘zbekiston milliy jamoasini JCH-2026da jiddiy sinovlar kutmoqda, albatta. Deylik, «oq bo‘rilar» «K» guruhi doirasida Yevro-2016 chempioni Portugaliya termasi va afsonaviy Krishtianu Ronalduga qarshi bahs olib borishadi. 41 yoshli yulduz o‘zi uchun ehtimoliy oxirgi JCHda yana bir qator rekord­larni ko‘zlayotgani tayin. Ronaldu jumladan, mundial tarixidagi eng yoshi katta futbolchi va gol mualliflari qatoriga qo‘shilishga urinadi. O‘zbekiston termasi yana Kolumbiya termasi va «pley-off» orqali chiqadigan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Debyutant bu o‘yinlarda «temir himoya»ga tayansa, ajabmas. Xullas, «oq bo‘rilar» o‘zlari uchun ilk mundialda faqat tajriba orttirish bilan cheklanmoqchi emaslar. Ular guruhda loaqal 3-o‘rin orqali «pley-off» bosqichiga chiqish imkoniyatiga jiddiy qaramoqdalar.

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 00:08, 26.02.2026. O'qildi: 3047 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик