Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Anton Valdemar: «Borussiya» tarixidagi eng yaxshi natijaga erishishimiz kerak»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Intervyular
A A A

Olmaliq shahrida tug‘ilib, bolaligida oilasi bilan Germaniyaga ko‘chib ketgan Anton Valdemar bugun Bundesligadagi eng barqaror va ishonchli himoyachilardan biri hisoblanadi. Qisqa vaqtda Dortmund «Borussiya»si yetakchilari qatoriga qo‘shilishga ulgurgan 29 yoshli futbolchi klub rasmiy sayti xodimlarining intervyu masalasidagi iltimoslarini yerda qoldirmadi. Anton shu tariqa samimiy suhbat davomida bolalik xotiralarini eslash barobarida yana ko‘plab mavzularga to‘xtaldi: oilaviy qadriyatlar, raqamlarga muhabbati, jamoaviy maqsadlar, zamonaviy futbol talablari…

– Germaniyaga oilangiz bilan O‘zbekistondan ko‘chib kelgansiz etnik nemis immigranti maqomida. Aytingchi, o‘sha vaqtlarni qanday eslaysiz?

– Oilamiz Germaniyaga ko‘chib kelgan payt atigi 2 yashar bolakay bo‘lganman. Demakki, o‘sha kezlar nimalar ro‘y berganini eslolmayman. Ke­yinchalik ota-onam bu yerda oyoqqa turib olish uchun tinmay ishlashganini yaxshi bilaman. Chunki Germaniyaga deyarli hech vaqosiz kelgan ekanmiz. To‘g‘risi, bolaligimda ota-onam rosa qiynalishganini ko‘rib, oldimga aniq vazifa qo‘yganman: «Qanday bo‘lmasin, oilamga tezroq yordam berishim kerak». Xullas, shu mas’uliyat meni erta kundayoq shaxs sifatida ancha shakllantirdi.

– Bilishimizcha, biologiya va matematikaga ixtisoslashgan maktabda tahsil olgansiz. Xo‘sh, hali ham raqamlar dunyosini yaxshi ko‘rasizmi?

– Albatta. Ayniqsa, farzand­larimga matematika bo‘yicha yordam berish onlari kelishini intizor kutyapman. Umid qilamanki, oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramay, ularga uy vazifalarini bajarishda bemalol to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olaman. Har doim raqamlarga mehr bilan qaraganman, ularni yaxshi tushunganman. Kimlargadir g‘alati tuyulishi mumkin, lekin men uchun matematika hamisha eng yengil va sevimli fan sanalgan.

– Joriy yil uchun belgilangan maqsad va orzularingiz haqida gapirsangiz…

– Futbol nuqtai nazaridan butun jamoamizda bitta maqsad bor – chempionat yakuniga qadar imkoni boricha ko‘proq ochko to‘plash. Umuman, ushbu mavsum klub tarixidagi eng yaxshi natijaga erishmoqchimiz, shuning uchun har bir o‘yinda imkoniyatimizning eng yuqori darajasini ko‘rsatishimiz muhim.

– Xo‘sh, Bundesliga finishiga qadar aynan necha ochko jamg‘arishni mo‘ljallayotganingizni ayta olasizmi?

– Bu borada yashiradigan hech nima yo‘q. Joriy mavsumni muayyan bloklarga bo‘lganmiz va har birida 4tadan g‘alabaga erishishimiz shart. Shunda ochko bo‘yicha oldindan ko‘zlangan marraga yetamiz. Qolganini har kimning o‘zi hisoblab olishi mumkin (kuladi)…

– Tabloidlarga ishonsak, Germaniya kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng «Borussiya»ning joriy mavsumdagi bor umidlari chippakka chiqqan…

– Nega endi? Ha, Germaniya kubogida «Bayer»ga yutqazib qo‘yganimiz og‘ir zarba bo‘ldi. Zero, turnirda g‘alaba qozonishni o‘ylagandik. Tan olish kerak, ayni holatda biz uchun kubok musobaqasida g‘alaba qozonish ehtimoli yuqoriroq edi, har holda, o‘yinlar soni ham kamroq. Lekin shu bilan mavsum tugagani yo‘q. Binobarin,  hali katta maqsadlar sari intilish imkoniyati bor. G‘alabaga ishonmay maydonga tushishni esa tasavvur qilish ham qiyin. Yaxshisi, oldinda turgan muhim o‘yinlarda ijobiy natija uchun kurashish, o‘yinimizni mukammal darajada yo‘lga qo‘yib olishga harakat qilishimiz kerak. Qolgani vaqt o‘tgani sayin ko‘rinaveradi.

– Professional futbolchining ish jarayoni 90 daqiqalik o‘yin yoki mashg‘ulotlar bilan cheklanmasligi ko‘pchilikka ma’lum. Aytingchi, Anton Valdemarning oddiy bir kuni qanday o‘tadi?

– Agar bolalarni bog‘chaga olib borish navbati menda bo‘lmasa, juda yaxshi. Chunki bu – yarim soat ko‘proq uxlash imkoni. Keyin tiklanish mashqlari va reabilitasiya muolajalariga kirishaman. Chetdan qaraganda, hammasi odatiy yumushlardek tuyular, aslida esa bu katta mehnat va sabr talab qiladi. Shunga qaramay, bugungi hayotimdan aslo nolimayman. Zero, bolaligimda aynan shunday hayotni tasavvur qilgan va bunga erishish uchun ko‘p ter to‘kishim kerakligini yaxshi bilganman.

– Joriy mavsum to‘pni raqibdan tortib olish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichingizni bilasizmi?

– Ha, 84 foiz.

– Deyarli shunday! Aniqrog‘i, «Mayns»ga qarshi o‘yin­da bu borada 83,3 foizlik natija ko‘rsatgansiz. Endi aytingchi, qaysi o‘yinda raqib darvozasi tomon ko‘p zarba yo‘llagansiz?

– Menimcha, «Kyoln» bilan uchrashuvda, to‘g‘rimi?

– Adashmadingiz. 3ta zarba, ammo hech biri aniq emas. Davom etamiz, jamoadoshingiz Karim Adeyemi o‘yinlardan birida 35 km/soatdan yuqori tezlik namoyish etdi. Xo‘sh, sizning eng yuqori tezligingiz qancha?

– Agar yanglishmasam, qariyb 33 km/soat (Valdemar «Kyoln»­ga qarshi o‘yinda tezlikni 32,8 km/soatga ko‘targandi)…

– Hujumchi va himoyachi tezligi orasidagi bunday tafovut raqamlarda arzimasdek ko‘rinadi. Ammo bu maydonda qo‘shimcha muammo keltirib chiqarmaydimi?

– Yo‘q, mutlaqo. Chunki agar raqib bilan bir chiziq bo‘ylab yugurishga to‘g‘ri kelmasa, ko‘pincha ustunlik markaziy himoyachi tomonida bo‘ladi. Muhimi – joyni to‘g‘ri tanlash va hujumchining harakat yo‘nalishini oldindan payqash.

– Zamonaviy futbolda asosan uch kishilik himoya uslubiga tayanilmoqda. Bunda markaziy himoyachilarda ish hajmi va bosim ortib ketmaydimi?

– Yo‘q, chunki uslub o‘zgargani bilan markaziy himoyachining majburiyatlari o‘sha-o‘sha… U birinchi navbatda, to‘g‘ri himoya­lanishni uddalasa, bas.

– Joriy mavsum faqat 1ta o‘yinda ikki martadan ko‘proq qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ydingiz. Aftidan, murabbiy siz bilan bu borada jiddiy ishlagan ko‘rinadi…

– Demak, hozircha o‘z ishimni yaxshi uddalayapman. Bilasizmi, «Borussiya»da hamisha yuqori saviyali markaziy himoyachilar to‘p surishgan va hozir ham bu pozisiyada raqobat juda baland. Shaxsiy ko‘rsatkichlar esa har bir o‘yinda o‘zgarib turishi mumkin. Bu raqiblarga ham bog‘liq, albatta. Demoqchimanki, turli statistik ko‘rsatkichlar o‘yin davomida o‘z ahamiyatini butkul yo‘qotadi. Asosiysi – himoyalanayotgan payt raqibdan to‘pni tortib olish va xavfni bartaraf etish. Mazkur jarayonda istaysizmi-yo‘q, raqibga teginish, ba’zan qo‘pollik ishlatishga to‘g‘ri keladi. Ha, murabbiylar jarima maydoni atrofida imkoni boricha qoida buzmaslikni talab qilishadi. Lekin markaziy himoyachilarda tanlov uncha katta emas. Ular ma’lum vaziyatlarda juda tez qaror chiqarishlari lozim. Aks holda, raqib chuv tushirib ketishi tayin.

– Diqqatga sazovor tomoni, har bir o‘yinda 11,1-11,6 kilometr oralig‘ida masofa bosib o‘tasiz – markaziy himoyachilar uchun fantastik natija…

– Ochig‘i, bu o‘yin uslubimiz o‘zgargani bilan bog‘liq. Aniqrog‘i, hozirda iloji boricha ko‘proq vaqt to‘pga egalik qilishni xohlaymiz, shuning uchun himoyachilarning ham to‘psiz ko‘p yugurishlariga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa maydonda bosib o‘tilgan masofa yig‘indisi ko‘payib ketadi.

– O‘tgan yil boshida jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan Niko Kovachning sizga nisbatan mutlaq ishonchi qanchalik muhim?

– Istalgan futbolchi bosh murabbiy ishonchidan quvvat oladi. Doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish ishtiyoqi tug‘ilishi uchun avvalo ruhiy jihatdan mukammal darajada tayyorlanish va ko‘p ishlash lozim.

– Aka-ukalaringiz yoki opa-singillaringiz ham bormi?

– Yo‘q, oilada yolg‘iz farzandman. Xayriyatki, har doim g‘amxo‘rlik qiladigan va qiyin damlarda ko‘nglimni ko‘taradigan do‘stlarim yetarli.

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:50, 13.03.2026. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик