«Vest Xem» Angliya chempionatining 30-turi doirasidagi o‘z maydonida kechgan bahsda «Manchester Siti» bilan durang o‘ynadi — 1:1.
Mezbonlar tarkibida 35-daqiqada gresiyalik himoyachi Konstantinos Mavropanos gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safida 31-daqiqada portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva ajralib turdi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bahsda to‘liq harakat qildi.
«Vest Xem» ketma-ket uchta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Jamoa Angliya chempionati jadvalida 18-o‘rindan 17-pog‘onaga ko‘tarilib oldi (30 o‘yindan so‘ng 29 ochko). «Manchester Siti» esa (30 o‘yindan so‘ng 61 ochko) ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Angliya Premyer-ligasi. 30-tur 14.03.2026 | 01:00 «London Stedium», London