Ditmar Xamannning fikricha, «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen «Nyukasl» tarkibini kuchaytirishi mumkin edi.
«Menimcha, Osimxen Yevropaning eng yaxshi 5 ta markaziy hujumchisi qatoriga kiradi. Uning Turkiyaga yo‘l olganiga ishona olmadim. To‘g‘ri, «Napoli» uning uchun katta mablag‘ to‘lagan, ammo ingliz klublaridan hech biri uni qo‘lga kiritmagani meni juda hayron qoldirdi — vaholanki, yozda hammada markaziy hujumchi bilan bog‘liq muammolar bor edi. Ular Sheshko kabi futbolchilarni sotib olishga harakat qilishdi, boshqalar esa endigina moslasha boshlashmoqda, chunki ularga vaqt kerak.
O‘ylaymanki, u [Osimxen] ajoyib o‘yinchi va «Galatasaroy»ning chempionatda shunchalik muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani aynan uning xizmatidir. Uning o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlaydi. Agar u APLda o‘ynaganida, bir qator jamoalarni sezilarli darajada kuchaytirgan bo‘lardi.
«Liverpul»ning hujum chizig‘ida ikki nafar futbolchi bor, shu bois Osimxen u yerga bormasligi aniq, lekin u noyob iqtidor sohibi. Unda tezlik, kuch va yuqori golli vaziyatlardan foydalanish qobiliyati mujassam — shunchaki dahshatli o‘yinchi. Agar «Nyukasl» Voltemadeni sotib yuborsa, Osimxen «qarg‘alar» uchun ideal variant bo‘lishi mumkin», — dedi «Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi.