Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Magnus bilan shov-shuvli selfi tarixi: qozog‘istonlik shaxmatchi barchasiga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qozog‘istonlik shaxmatchi Alua Nurman Germaniyadagi Grenke Open turnirida nafaqat sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi, balki kutilmaganda internet yulduziga ham aylandi.

Turnirning eng ko‘p muhokama qilingan voqealaridan biri Aluaning dunyoning eng kuchli shaxmatchisi Magnus Karlsen bilan tushgan surati bo‘ldi. Alua bunday e’tiborni umuman kutmaganini tan oldi. Qiziqarli jihati shundaki, Magnus bilan suratga tushish g‘oyasini unga fransiyalik grossmeyster Eten Bakro bergan.

“O‘tgan yili Bakro ham Magnus bilan xuddi shunday selfi tushganini ko‘rib, men ham omadimni sinab ko‘rishga qaror qildim. Ammo bu surat bunday shov-shuvga sabab bo‘lishini tasavvur ham qilmagandim”, deydi Alua.

Tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan yana bir vaziyat — Magnus va Alua o‘rtasidagi o‘yin paytida yuzaga kelgan kichik tushunmovchilik bo‘ldi.  Karlsen o‘yin oldidan Nurman bilan selfiga tushdi, biroq qoidalarga ko‘ra hakamdan uning telefonini olib qo‘yishni so‘radi. Ko‘pchilik buni ziddiyat sifatida talqin qilgan bo‘lsa-da, shaxmatchi qiz aslida nima bo‘lganiga oydinlik kiritdi.

“Bu mutlaqo oddiy holat edi. Magnus hech qanday e’tiroz bildirmadi, u shunchaki o‘yin qoidalariga qat’iy amal qilinishini istadi, xolos”.

Magnus bilan bo‘lgan selfi voqeasi soyasida Aluaning natijalari ham e’tibordan chetda qolmadi. U ayollar o‘rtasidagi bahslarda kuchli uchlikka kirdi va freestyle bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Bu men uchun klassik vaqt nazorati ostida freestyle o‘ynash bo‘yicha birinchi tajriba edi. Shunchaki o‘yin jarayonidan zavq oldim va yakunda shunday katta yutuqqa erishdim”, deya qo‘shimcha qildi qozog‘istonlik shaxmatchi.

E’tiborli tomoni shundaki, ushbu surat Aluaning Instagram sahifasida yarim milliondan ortiq layk to‘pladi. Shuningdek, bu shov-shuv ortidan uning obunachilari soni qisqa vaqt ichida 20 mingtaga ko‘paydi.​

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:12, 08.04.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик