O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi 3 ta o‘yin yakuniga yetdi.
“Xorazm” — “Andijon”
Xorazm shahrida o‘tgan bahsda “Xorazm” jamoasi “Andijon”ni qabul qildi. Uchrashuv 0:3 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bahs andijonliklarning ustunligi ostida o‘tdi. Hisob 15-daqiqada “Andijon”ning gruziyalik yarim himoyachisi Aleksandre Andronikashvili tomonidan ochildi. 20-daqiqada Humoyunmirzo Iminov burchak zarbasidan so‘ng tashkil etilgan kombinasiyani golga aylantirdi. 90+5-daqiqada Dragan Cheran jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Andijon” 16 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog‘onasiga ko‘tarildi. “Xorazm” esa 13 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
“Lokomotiv” — “Qizilqum”
Toshkent viloyatidagi Milliy futbol markazida “Lokomotiv” Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda “temir yo‘lchilar” katta ustunlikka ega bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 62-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan kiritildi.
Ushbu natijadan so‘ng “Lokomotiv” 17 ochko bilan turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. “Qizilqum” esa 13 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.
"Nasaf" - "Navbahor"
O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakunlandi. Unda Qarshining “Nasaf” va Namanganning “Navbahor” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Zomin shahridagi “Zomin” stadionida o‘tgan uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi. O‘yin Namangan jamoasining ustunligi ostida o‘tdi, biroq darvozalarga gol kiritilmadi.
Ushbu natijadan so‘ng “Navbahor” 20 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog‘onasini egallab turibdi. Temur kapadze boshqaruvidagi jamoa o‘zaro uchrashuvdagi mag‘lubiyat sababli 20 ochkoga ega “Buxoro”dan (3-o‘rin) ortda bormoqda. “Nasaf” esa 14 ochko bilan 9-o‘ringa joylashgan.
Superligada uzoq muddatli tanaffus yuzaga keladi. Turnir 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng davom ettiriladi.
O‘zbekiston Superligasi, 11-tur
“Xorazm” — “Andijon” 0:3
Gollar: 0:1 — Andronikashvili (15), 0:2 — Iminov (20), 0:3 — Cheran (90+5)
“Lokomotiv” — “Qizilqum” 1:0
Gol: 1:0 — Abduxoliqov (62, pen)
“Nasaf” — “Navbahor” 0:0