Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Safarali Siddiqov

Futbol — sport qiroli!

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

«Yuve»ning tayanch quroli

Baho:
+1; -0

Italiya futboli turli zamonlarda o‘zining mahoratli himoyachilari bilan dunyoga tanilgan. O‘z vaqtida Paolo Maldini, Mauro Tassotti, Franko Barezi, Alessandro Kostakurtadan iborat 90-yillardagi «Milan»ning himoyasi futbol tarixidagi eng mustahkam himoya chizig‘i deb tan olindi. Shuningdek, bu mamlakatda Alessandro Nesta, Fabio Kannavaro, Chiro Ferrara, Janluka Dzambrotta kabi orqa chiziqning mahoratli ijrochilari yetishib chiqdi.

Bugungi kunda «Yuventus»ning muvaffaqiyatlarida ham mahoratli himoyachilarning xizmati katta. To‘g‘ri, jamoa o‘zagi, asosan, legionerdan shakllangan. Lekin o‘yin uslubi, taktika sof italyancha. Qolaversa, hamisha navqiron, butsani muxga ilishni hali-hamon o‘ylamayotgan Janluiji Buffon. Tirik afsona.

Eng muhimi, himoyaning mustahkamligi. Bu yerda o‘ynaydigan Jorjio Kyellini, Andrea Barsali, Leonardo Bonuchchi uchligi necha yillardan beri «Yuventus» safida ham, Italiya terma jamoasi safida ham bir-birlari bilan yelkama-elka to‘p surishmoqda. Bu yigitlar 2012 yildan beri «Keksa sinyora» safida qatorasiga 6 marta Skudettoni rasmiylashtirishdi. Italiya Kubogi, Superkubogi kabi sovrinlarni yutishdi.

Ko‘hna qit’ada BBBC (Buffon-Barsali-Bonuchchi-Kyellini) nomi bilan tanilgan bu kvartet necha yillardan beri jahonda birinchi bo‘lishga astoydil harakat qilmoqda, lekin so‘nggi daqiqalarda omad yetishmayapti.

Bu yigitlarning har birining faoliyatiga nazar tashlasak. Demak, Janluiji Buffondan boshlaymiz. Ortiqcha ta’rifga hojat yo‘g‘-a?



O‘tgan asrning 90-yillari oxirlarida Italiyada bir o‘g‘lon paydo bo‘ldiki, uni afsonaviy Dino Dzoff bilan tenglashtirishdi. «Parma» jamoasi maktabidan chiqqan yosh iqtidor egasi Italiya terma jamoasi bilan JCH-1998ga olib ketildi. Oradan bir yil o‘tib Buffon «Parma» bilan, UYEFA Kubogi, Italiya Kubogi, Italiya Superkubogini yutdi. 2001 yilda Italiya grandi «Yuventus» Buffonni o‘z safiga qo‘shib oldi. Mana hozirgacha «Yuventus»da. Bu orada Buffon «Yuve»ning timsoliga aylanib ulgurdi. 2006 yilda Jahon chempioni bo‘ldi. Yevro-2012da kumush medal egasi. Ammo «Yuventus» bilan shu paytgacha biror marta ham xalqaro sovrin yutmabdi. 2 marta jamoasi CHL finaliga chiqdi. Har ikkisida ham mag‘lubiyat.

Jorjio Kyellini... 


33 yoshli himoyachi hozirgi kunda «Yuve»ning devoriga aylangan. O‘zi azaldanam bu futbolchi har bir musobaqada yuksak mahorat egasi ekanini ko‘rsatib keladi, biroq nimadir voqea yuz berib Kyellini va uning jamoasi maqsadga yetolmay qoladi. Afina-2004 Olimpiadasi bronza medali sovrindori bo‘lgan bu himoyachi 2005 yildan beri «Yuventus» safida. Bu orada «Keksa sinyora» bilan «B» seriyada ham o‘ynab, yana Italiya futboli shohsupasiga qaytdi. Xalqaro maydonda esa yana omad yuz o‘girgani-o‘girgan. Masalan, Yevro-2012da Italiya terma jamoasi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Yarim finalda kuchli Germaniya terma jamoasini yengib, finalda amaldagi g‘olib Ispaniya terma jamoasi bilan to‘qnashdi. O‘sha kuni BBBC kvarteti uchun haqiqiy sinov boshlandi. 21-daqiqada Jorjio Kyellini jarohat olib maydonni tark etdi. Ana shundan keyin ispanlar Buffon darvozasiia oz emas-ko‘p emas 4ta gol joylashdi.

2015 yilgi Chempionlar ligasi finalida ham Kyellini ishtirok etmadi. Natijada «Barselona»ning MSN uchligi «Yuventus»ni ayab o‘tirmadi-3:1.

Andrea Barsali...


U ham Buffon singari 2006 yilda Italiya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘lgan. «Yuventus» safiga 2011 yilda qo‘shildi. Bungacha esa 4 yil Bundesligada ham o‘ynab keldi. 2009 yilda umrida chempion bo‘lmagan «Volfsburg» bilan Germaniya chempioni bo‘ldi. «Bo‘rilar» safida 100 dan ortiq o‘yinlarda maydonga tushdi. Hozir 36 yoshni urib qo‘ygani uchun murabbiylar unga ko‘p ham e’tibor berishmayotgandir, lekin ishtirok etgan o‘yinlarida ishonchli oqlayapti. Masalan, «Monako»ga qarshi birinchi uchrashuvda. . .

Leonardo Bonuchchi kvartetning yana bir mahoratli ijrochilaridan biri.

«Yuve»ning azaliy raqibi bo‘lgan «Inter» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Italiyalik futbolchilarni maydonga tushirishni unchalik ham xush ko‘rmaydigan «Inter» mutasaddilari o‘z vaqtida Bonuchchini sotib yuborib, o‘zlari turgan shoxni arralaganlaganliklarini his etishayotgan bo‘lsa ajabmas. U hozirgi kunda «Yuventus» yetakchilaridan biri.

Ana shunday qilib, bu to‘rtlik Italiya terma jamoasi safida ham, «Yuventus» safida ham doimo birga. Lekin xalqaro maydonda yaqin orada hech narsa yo‘q. Masalan, Evro-2016 da ham «Skuadro adzurra» bu to‘rtlikning mehnatlari evaziga chorak finalgacha bor-yo‘g‘ bitta gol o‘tkazdi. Ammo chorak finalda Germaniya Italiyadan 4 yil oldingi mag‘lubiyat alamini oldi. Ular ayni mavsumda «Yuventus»ni CHL g‘olibi qilish uchun astoidil mehnat qilishmoqda. Axir, « Yuventus» YECHLni yutmaganiga 21 yik bo‘ldi. Bundan tashqari BBBC to‘rtligining xalqaro maydondagi shu paytgacha barcha urinishlari zoye ketgan. Bu yilgi CHL ular uchun oxirgi imkoniyat ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu yil ular har qachongidan ishonchliroq o‘ynayapti. Ular bu yilgi mavsumda YECHLda o‘z darvozalaridan bor-yo‘g‘i 2 ta gol olib chiqishdi. «Barselona»ning MSN uchligi 180 daqiqa hujum qilib «Yuve» darvozasiga yo‘l topolmadi.

«Yuventus»ning mustahkam himoyasini tilga olar ekanmiz, shu o‘rinda braziliyalik himoyachilar-Dani Alvesh va Aleks Sandrolarni ham unutmaylik. Nima bo‘lganda ham «Yuventus» va BBBC Chempionlar ligasida bosh sovrinni maqsad qilishgan. Ammo boshqa jamoalar bunga ko‘narmikan...

Safarali Siddiqov

Kiritilgan sana: 09.05.2017 16:52. O'kildi: 16195 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик