Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temur Kapadze: «Kurashlarga tayyorman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Lokomotiv» klubi BAAda tashkil etilgan ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. «Temiryo‘lchilar» yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazishdi va har ikkala o‘yinda ham durang natija qayd etildi. Aniqroq aytsak, Saudiya Arabistonining «Al Qodisiya» va Rossiyaning «Zenit» klublariga qarshi kechgan uchrashuvlarda hisob ochilmadi. Shuningdek, jamoa tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Asosiy tarkib futbolchilari sanalgan Server Jeparov, Temurxo‘ja Abduholiqov va Sanjar Shoahmedovlar faoliyatlarini xorijda davom ettirishni lozim topishdi. Ketganlar o‘rni esa Kot-dIvuarning eng iste’dodli yosh futbolchilaridan biri deya e’tirof etilayotgan Junior Axissan Lendri bilan to‘ldirildi. «Temiryo‘lchilar» BAA safaridan qaytib kelishgach, muxbirimiz  jamoaning eng tajribali futbolchisi Temur Kapadzeni suhbatga tortdi.

- Temur, BAAda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini haqida nima deya olasiz?

- Menimcha, jamoamizning xorijdagi ilk yig‘ini ko‘ngildagidek o‘tdi. Unda biz asosiy e’tiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratdik. Shunday qilmasak ham bo‘lmaydi, zero OCHL doirasidagi ilk o‘yinga tobora oz fursat qolyapti. Dubaydagi yig‘in chog‘ida faqat ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bilan cheklandik. Ikkinchi xorij yig‘inimiz fevral oyida Turkiyada bo‘lib o‘tadi va o‘ylaymanki, unda ko‘proq nazorat o‘yin­lari tashkil etiladi. Bu uchrashuvlar orqali safimizga yangi qo‘shilgan futbolchilarning jamoa o‘yi­niga moslashib olishlarini ta’minlashimiz lozim. Eng muhimi, barchamiz murabbiylar bizdan nimalarni kutishayotganini bilamiz. Shunday ekan, kamchiliklar ustida ishlab, mavsumni yuqori tayyorgarlikda boshlaymiz.

- O‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlari, deylik, «Zenit»ga qarshi o‘yin haqida qanday fikrdasiz?

- Xabaringiz bor, ikkala o‘yinda ham hisob ochilmadi. Biroq bu bahslar mavsumga tayyorgarlik doirasidagi ilk o‘yinlar bo‘lgani uchun, shaxsan menda ijobiy taassurot qoldirdi. To‘g‘ri, hali optimal formadan uzoqroqdamiz va o‘z ustimizda hali ko‘p ishlashimiz kerak. Lekin «Zenit» bilan o‘tkazilgan o‘yin biz uchun har tomondan foydali bo‘ldi. Murabbiylar ham kuchli raqibga qarshi kechgan uchrashuvda futbolchilarning bugungi holatini ko‘zdan kechirib olishdi.

- Jamoa safiga qo‘shilgan yangi futbolchilar haqida fikrlaringiz...

- Agar siz mahalliy futbolchilarni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, Diyor Turobov va Shuhrat Muhammadiyevlar jamoa o‘yiniga tezda qo‘shilib ketishdi. Yangi mavsumda ularning jamoamizga faqat foydasi tegadi, degan umiddaman.

- Xo‘sh, legioner futbolchilar-chi?

- Legionerlar masalasida qat’iy fikr bildirish mushkul, hozircha. Bu savolga javobni yaxshisi, Turkiyada o‘tadigan ikkinchi yig‘inimizdan so‘ng bergan ma’qul, menimcha.

- Yangi mavsum arafasida «Lokomotiv»ni uch asosiy futbolchi - Temurxo‘ja Abduxoliqov, Server Jeparov va Sanjar Shoahmedovlar tark etdi...

- Ha, jamoamizni tark etgan bu futbolchilar «Lokomotiv»da o‘z o‘rinlariga ega edi. Deylik, «oltin dubl»ga erishishimizda ularning xizmatlari juda katta bo‘lgandi. Lekin sobiq jamoadoshlarimni ham to‘g‘ri tushunish kerak: taklif har tomondan qulay bo‘lsa, undan bosh tortishning hojati yo‘q. Albatta, agar ular jamoamiz qolishganida yaxshi bo‘lardi. Ammo, bu futbolda uchraydigan holat. O‘ylaymanki, tarkibga qo‘shib olingan yangi futbolchilar jamoamizni tark etgan o‘yinchilarning o‘rnini munosib tarzda to‘ldirishadi va murabbiylar hamda muxlislarning ishonchlarini oqlashadi.

- OCHLda «Lokomotiv» joylashgan guruh haqida nima deya olasiz? Sizningcha, qaysi raqib kuchliroq ko‘rin­yapti?

- OCHLda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. O‘ylashimcha, bu yil biz uchun o‘tgan mavsumdagidan ham qiyinroq bo‘ladi. Chunki, o‘tgan yili jamoamizning chiroyli g‘alabalari bilan o‘zimizni Osiyoga yaxshigina tanishtirdik. Shu bois, bu yilgi OCHL bahslarida raqiblar bizga qarshi ikki hissa kuch bilan tayyorgarlik ko‘rishadi. Biroq shaxsiy fikrimcha, «Al Ahli» boshqalarga qaraganda biroz kuchliroq.

- Bu yil 36 yoshni qarshi olasiz. Toliqish alomatlarini sezilmayaptimi?

- Ha, bu yil muchal yoshimni nishonlayman. Lekin to‘g‘risini aytsam, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Hech qanday charchoq alomatlari yo‘q, kurashga tayyorman. Boshqacha aytsam, katta futboldan ketish haqida sira o‘ylamayapman. «Lokomotiv» bilan yangi mavsumda katta yutuqlarga erishishni maqsad qilganman. O‘tgan yili O‘zbekiston chempioni bo‘ldik, mamlakat kubogini qo‘lga kiritdik. Endi bu unvonlarimizni himoya qilishimiz kerak. Buning oson bo‘lmasligini hozirdanoq his qilib turibmiz. Shuningdek, OCHLda ham o‘tgan yilgi natijamizni yaxshilashimiz lozim.

- Yaqinda do‘stingiz Server Jeparov bilan birga maxsus o‘quv-kurslariga qatnashdingiz. Murabbiylik - qiyin soha ekanini his qilyapsizmi?

- Ha, to‘g‘ri aytdingiz, murabbiylikdagi birinchi qadam qo‘yildi. Nasib qilsa, balki bizdan yaxshi mutaxassislar chiqar (kuladi)?! Albatta, buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo hozirdanoq murabbiylik qiyin kasb ekanligini sezyapman. Futbolchilik davrini murabbiylik faoliyati bilan aslo taqqoslab bo‘lmaydi. Murabbiy - natijaga javobgar shaxs, futbolchi esa faqat o‘ziga javob beradi.

- Milliy terma jamoamizning JCH-2018 3-saralash bosqichidagi bo‘lajak o‘yinlari haqida nima deya olasiz? Mundialga chiqish bizga nasib qilarmikan?

- Hozirdanoq shuni aniq aytish mumkinki, termamizga saralashning qolgan 5ta o‘yinida hecham oson bo‘lmaydi. Buni birinchi davra uchrashuvlari yaqqol ko‘rsatib berdi. Umid qilamanki, murabbiylar shtabi bu masalada to‘g‘ri xulosalarni chiqarib olishgan. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib, yagona maqsad sari intilishi shart. Aks holda, jahon chempionati yana armon bo‘lib qolishi mumkin.Muxlislarni ham futbolchilarimizga ishonib, ularni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:32, 25.01.2017. O'qildi: 6598 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик