Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vadim Abramov: «Baqoyev nomzodini «Buxoro»ga o‘zim taklif qildim…»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

23 yanvar, dushanba kuni «Buxoro» klubi murabbiylar shtabi iste’foga chiqarilgach, 25 yanvar, chorshanba kuni jamoa rahbariyati terma jamoamiz sobiq murabbiyi Vadim Abramovga taklif bilan chiqqani aytilgan edi. Bu borada «Erudit Sport» Vadim Karlenovich bilan suhbatlashib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

«BUXOROGA BORIB, BOSHQA REJAM BORLIGINI AYTDIM»

— Vadim Karlenovich, sizni yangi lavozim bilan tabriklasak bo‘ladimi?

— Yo‘q, yangi klub bilan meni tabriklay olmaysiz.

— «Buxoro» klubini boshqarishingiz borasidagi gap-so‘zlarga qanday izoh berasiz?

— Izoh bera olmayman. Chunki men hech qayerda ishlayotganim yo‘q.

— Buxoroga borib, klubdagi sharoitlar bilan tanishib chiqqaningiz rostmi?

— Mendan Buxoroga kelishimni, ayrim masalalarda suhbatlashishlarini so‘rashdi. Shunga Buxoroga borgandim.

— Sizga «Buxoro» klubidan taklif bo‘ldimi?

— Jiddiy taklif demagan bo‘lardim, shunchaki ular ayrim masalalarda men va mening fikrim bilan qiziqishdi.

— Xo‘sh, Buxoroga borib keldingiz, taassurot va xulosalaringiz qanday bo‘ldi?

— Umuman olganda, taassurotlarim yomon emas. Shunchaki, mening boshqa rejalarim bor. Bilasizmi, meni Buxoroga taklif etishganda, noto‘g‘ri tushunmasliklari uchun darhol yo‘q deya olmadim. Chaqirilgan joyga hali bormay, darhol rad etdi deb aytmasliklari uchun Buxoroga bordim, vaziyat bilan tanishdim, gaplashib oldim. Chiroyli shahar, muxlislar qiziqishi kattaligi xursand qiladi. Ammo mening boshqa rejalarim bor. Toshkentdan tashqarida ishlashim qiyin. Har holda taklifni qabul qilgandan so‘ng u yerga borib ishlashing kerak.

— Boshqa rejalaringizdan kelib chiqsak, sizda Toshkent klublaridan takliflar bormi?

— Yo‘q, ayni damda oldimda hech qanday taklif yo‘q. «Buxoro» klubi bilan gaplashdik, ularga mening boshqa rejalarim borligini ma’lum qildim. Bor gap shu.

«HOZIRCHA TOSHKENTDAN TASHQARIDA ISHLASHNI ISTAMAYMAN»

— «Buxoro» taklifini rad etganingiz jamoadagi so‘nggi jiddiy o‘zgarishlarga bog‘liqmi?

— Yo‘q, bu savolga javob bera olmayman, bu savol menga emas. Chunki men ular nima uchun, qaysi sabab tufayli iste’foga chiqarilganligini bilmayman.

— Aytmoqchimanki, klubdagi oldingi murabbiylarga bo‘lgan munosabat, yetakchi futbolchilarning jamoani tark etayotganligi sabab bo‘ldimi?

— Umuman olganda, bu ham qarorimga qandaydir ta’sir ko‘rsatdi, ammo aynan shu sabab tufayli rad etdim deya olmayman. Aytishim kerak, «Buxoro» boshidan mening rejalarimda yo‘q edi. Shu bois men bu haqda jiddiy o‘ylaganim ham yo‘q.

— Sir emas, terma jamoadagi faoliyatingiz orqali muxlislarda yaxshi taassurot qoldira olgansiz. Yangi mavsumda sizni klublarimizda ko‘rishimiz mumkinmi?

— Men ham shunga umid qilaman. Albatta, agar yaxshi va qiziqarli taklif bo‘lsa, ko‘rib chiqishga tayyorman.

— Taklif Oliy Liganing kuchli klublaridan bo‘lsa ko‘rib chiqasizmi yoki o‘rtamiyona jamoalar taklifini ham qabul qilasizmi?

— Men uchun buning farqi yo‘q. Eng asosiysi o‘sha klub Toshkentda bo‘lsa bo‘ldi. Hozircha Toshkentdan tashqarida ishlashni istamayman.

Ushbu suhbat 25 yanvar chorshanba kuni o‘tkazilgach, oradan bir kun o‘tib, «Buxoro» klubi rasmiy sayti klub rahbariyati qaroriga binoan, Ulug‘bek Baqoyev jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlashini, Vadim Abramov esa rasman maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat olib borishi haqida e’lon qildi. Shundan so‘ng biz yana Vadim Abramov bilan bog‘lanib, voqealar rivojiga oydinlik kiritishni istadik.

«BAQOYEVNI NOMZODINI O‘ZIM TAKLIF QILDIM, IMKONQADAR YORDAM BERAMAN»

— Vadim Karlenovich, kechagi suhbatimizda «Buxoro» taklifini rad etganligingiz haqida aytgan edingiz. Bugun esa klubning rasmiy ma’lumotida «Buxoro»da faoliyat boshlashingiz aytildi. Buni qanday izohlaysiz?

— Gap shundaki, kecha Buxoroda bo‘lganimda taklifni qabul qila olmasligimni aytib, bosh murabbiy lavozimiga, terma jamoadagi faoliyatimdan juda yaxshi bilganim Ulug‘bek Baqoyevni taklif qilgandim. Shunda ular aniq javob berishmagandi. Bugun esa qo‘ng‘iroq qilib, «Sizning taklifingiz bilan Ulug‘bek Baqoyev bilan ko‘rishdik, gaplashdik, endi bosh murabbiy sifatida tayinlayapmiz», deyishdi. O‘z o‘rnida men ham bundan xursandligimni, Baqoyev Buxoro futboli uchun begona emasligini, lozim bo‘lsa, imkonqadar qo‘limdan kelgancha yordamimni ayamasligimni aytdim.

«BUXORO»DA RASMAN FAOLIYAT YURITMAYMAN, TAKLIFLAR UCHUN OCHIQMAN»

— Demak, siz klubda maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritasizmi?

— Yo‘q, buni qanday tushutirsam ekan, men shunchaki Ulug‘bek Baqoyevga yordam beraman. Maslahatchi murabbiy bo‘lib ishlamayman. Klubda rasman faoliyat olib bormayman.

— Ya’ni «Buxoro»da ishlamaysiz?

— Yo‘q, men shunchaki Baqoyevga chempionat boshlanguniga qadar yordam beraman. Mavsum boshlanishiga oz vaqt qoldi, shu bois komplektasiya va boshqa istalgan savollarni yechishga yordam beraman.

— Agar sizga boshqa klublardan yangi taklif tushsa-chi?

— Men takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorman.

— Sizda «Buxoro» varianti qanday paydo bo‘lgandi?

— Klub rahbariyati taklifi bilan borgandim. Avvalo, menga ishonib taklif qilishgani uchun xursand bo‘lgandim. Taklifni darhol rad etmay, to‘g‘ri tushunishlari uchun, chaqirilgan joyga borib mening boshqa rejalarim borligini, u amalga oshsa, to‘satdan barchasini tashlab ketish noto‘g‘ri va noqulay bo‘lishini tushuntirdim. Chunki, boshqa taklif tushsa men aniq o‘sha taklifni qabul qilaman. Shunday ekan, men klubga ham, sizga ham to‘g‘risini aytayapman. Bilasiz, birovni aldash menga begona. Ayni damda Ulug‘bek Baqoyevga qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Yangi klublardan taklif tushgan taqdirda, ko‘rib chiqaman. Takliflar uchun ochiqman.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 12:21, 27.01.2017. O'qildi: 9630 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик