Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 10 23
2 Nasaf 10 22
3 Dinamo 9 19
4 Navbahor 10 17
5 Bunyodkor 10 16
6 Neftchi 9 16
7 Paxtakor 10 15
8 Surxon 10 13
9 Qo‘qon-1912 10 12
10 Xorazm 9 11
11 Qizilqum 9 11
12 Mash’al 10 11
13 Andijon 10 9
14 So‘g‘diyona 10 8
15 Buxoro 10 7
16 Sho‘rtan 10 5

O'tgan o'yinlar.

10-тур Surxon 2-1 So‘g‘diyona
10-тур Buxoro 2-2 Dinamo
10-тур Qo‘qon-1912 0-2 Nasaf
10-тур Sho‘rtan 1-0 Andijon
10-тур Bunyodkor 2-3 Navbahor
10-тур Xorazm 3-0 Mash’al
10-тур Qizilqum 0-3 Paxtakor
10-тур OKMK 2-2 Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.05.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. On-line.
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
      15:20 Чемпионат Германии. On-line.
      17:25 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Эльферсберг".
      19:30 Новости футбола.
      19:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      20:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Кайсериспор".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Кайзерслаутерн".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Айнтрахт Франкфурт".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Хольштайн Киль".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.05.2025

      05:25 Прыжки на батуте. Кубок сильнейших спортсменов в Сириусе, Россия.
      06:30 Велотрек. Гран-при Тулы.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Мужчины. 1/2 финала.
      10:05 "Легенды овального мяча".
      10:30 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      11:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 1.
      11:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 2.
      12:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP TCR. Гонка 2.
      12:35 "Парусный спорт".
      13:00 Падел. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала.
      14:55 Велотрек. Гран-при Тулы.
      16:05 "Непобедимый".
      16:30 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 2 в Иокогаме, Япония. Мужчины.
      18:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 2 в Шаосине, Китай.
      20:30 "Лучшие из лучших".
      21:00 Настольный теннис. Чемпионат России в Казани. Мужчины. 1/2 финала.
      23:10 "Что за спорт?". "Экстрим".
      23:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      00:05 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 1.
      00:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 2.
      01:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway". SMP TCR. Гонка 2.
      01:30 "Непобедимый".
      02:00 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Женщины. Индивидуальная гонка. 10 км. Классический стиль.
      03:20 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 2 в Иокогаме, Япония. Мужчины.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.05.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Германия - Чехия.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Канада - Финляндия.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:15 LIVE Хоккей. Чемпионат мира 2025. Швейцария - Казахстан. Прямая трансляция.
      17:40 Новости.
      17:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:45 "Что за спорт?". "Экстрим".
      19:15 LIVE Хоккей. Чемпионат мира 2025. Чехия - США. Прямая трансляция.
      21:40 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Словакия - Финляндия.
      23:15 LIVE Хоккей. Чемпионат мира 2025. Швеция - Канада. Прямая трансляция.
      01:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:25 Д/ф "Майк Тайсон. Железные кулаки".
      03:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      04:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 4 в Рабате, Марокко.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.05.2025

      05:15 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 9. Губбио - Сиена.
      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Женщины. Болдеринг. Финал.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 8. Джулианова - Кастельраймондо.
      09:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 9. Губбио - Сиена.
      10:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 4 в Куритибе, Бразилия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Бельско-Бяле, Польша. Женщины. Даунхилл.
      12:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Бельско-Бяле, Польша. Мужчины. Даунхилл.
      13:00 Теннис. "Ролан Гаррос" 2024. Лучшие моменты.
      14:00 Конный спорт. Royal Windsor Horse Show в Лондоне, Великобритания.
      15:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 9. Губбио - Сиена.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      20:45 Теннис. "Ролан Гаррос" 2024. Лучшие моменты.
      21:45 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 3. Il Golfo dell Isola в Ноли, Италия. Обзор.
      23:00 Теннис. Д/ф "Дворец короля". Рафаэль Надаль.
      00:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 2 в Варшаве, Польша. Обзор.
      01:00 Автоспорт. Формула E. Этап 6 в Токио, Япония. Обзор.
      02:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 10. Лукка - Пиза. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Reynadan keyin ikkinchi yoki Viktor Valdesning ajabtovur taqdiri

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda taniqli darvozabon Viktor Valdes 35 yoshini qarshiladi. Unga hech qachon katta iste’dod egasi sifatida qarashmagan. «Barselona»ning sobiq a’zosi faoliyati davomida turli xil kechinmalarni boshidan o‘tkazdi. Unikiga o‘xshagan taqdir hattoki kinotasmalar syujetida ham kam uchraydi. Birgina misol, kim ham «Barsa»ni ayni gullagan davrida tark etib, boshqa ish joyi qidirishga tushadi.. Xullas, Valdesning turlicha kechgan faoliyatiga bir nazar tashlab o‘tamiz.

10 yoshida Valdes «Barselona» akademiyasiga qabul qilinadi, ammo oradan bir necha oy o‘tib u yerni tark etadi. Boisi uning oilasi Tenerifega ko‘chib o‘tadi. U yerda yosh posbon vaqti-vaqti bilan mahalliy klub akademiyasida o‘ynab turardi. Uch yildan keyin Valdeslar sulolasi Kataloniyaga qaytadi. Viktor yana La Masiyada shug‘ullana boshlaydi-yu, lekin doim Pepe Reynaning soyasida qolib ketadi. Aynan Reyna «Barsa»ning barcha yoshdagi jamoalari zinasidan o‘tib, kelajakda klubning birinchi raqamli darvozaboni bo‘lishi haqida darak berib kelardi. Shunday bo‘ldi ham. 18 yoshda Pepe kutilganidek asosiy darvozabon darajasiga chiqdi, 19 yoshli Valdes esa bu paytda «Barselona B»da «sang‘ib» yurardi. Biroq Reyna bu yerdagi bosimga dosh berolmadi. «Vmlyarreal»ga sotilganidan so‘ng u haqiqiysiga yetildi va top-darajadagi darvozabonga aylandi. «Barselona»dagilar mana shu yo‘l qo‘yilgan xatodan hali ham afsus qilishayotgan bo‘lsalar ajab emas. Bu holat o‘z-o‘zidan Valdesga qo‘l keldi, deyish mumkin. U o‘zining esda qoladigan uzun sochlari, bilan tez-tez «Kamp Nou»da ko‘zga tashlanib turdi. To‘g‘risi, asosan zahira darvozaboni sifatida. «Ha, u yosh va extimol iste’dodlidir, lekin unda maqtashga arziydigan alohida jihatlar yo‘q» - deyishgandi u haqda ishqibozlar va murabbiylar.

Keyinroq Reyna o‘rniga Roberto Bonano xarid qilindi, biroz o‘tib o‘sha paytdagi eng zo‘r darvozabonlardan biri Ryushtu Rechber «Barsa» a’zosiga aylanadi. Biroq ularning birortasi «Barselona»ga kerakli odam ekanini isbotlay olmadi. Natijada, klubga bosh murabbiy bo‘lgan Frank Raykard Valdesni tanladi. Bu bilan Valdes karomat ko‘rsatib, faxriylarni tarkibdan chiqarib yubordi, demoqchi emasmiz. U darvozadagi kasbdoshlari qatori o‘yin ko‘rsatar, buning sababi esa boshqa joyda. Boshqalardan farqli ularoq uning xatolarini kechirishardi. Axir nima bo‘lgan taqdirda ham o‘z tarbiyalanuvchilari-ku. Aynan «o‘zimizning yigit» degan mavqe tufayli Valdes uzoq vaqt «Barselona»ning asosiy darvozaboni bo‘lib keldi. Ustiga ustak o‘sha zamonlarda Yevropa bozori mahoratli darvozabonlar shodasi bilan maqtana olmasdi. Sanoqli zo‘rlarga esa da’vogarlar yetarli edi.

Biroq faoliyati boshida hattoki Valdesning o‘zi ham xamma ishni uddalay olishiga unchalik ishonmasdi. 2006 yil Parij «may oqshomi» Chempionlar Ligasi finali. «Maydonga tushar ekanman, ertaga  «Barselona»ga darvozabon bo‘lolmasligim mumkinligiga amin edim. O‘shanda men tomon tanqidlar yomg‘iri yog‘ardi. Hech kim ko‘zlarimga qarab gap aytmasdi, lekin ketishga to‘g‘ri kelishini oldindan sezib turardim. O‘yindan rohat olish kerakligini tushundim, negaki u men uchun oxirgisi edi»,- degandi Valdes o‘sha may oqshomida. O‘sha oqshomda Viktor birinchi marta taqdirdan qarzdor bo‘lib qoldi - ikkita qoyilmaqom seyv, qo‘lga kiritilgan kubok, xissiyotlar jilosi. Valdes jamoa bilan birga g‘alabani tantana qilib, o‘sha erkinlik xissiyotini jilovlashni o‘rgandi. Ko‘pchilik yangi mavsumda «Barsa»da yangi darvozabon paydo bo‘lishini kutdi. Shunday bo‘ldi ham. Valdes o‘rniga «Selta»dan Pinto familiyali baquvvat darvozabon keldi. U rostdan ham Valdes o‘rnini egalladi. Faqat sakkiz yildan so‘ng.

Parijdagi finaldan uch yil o‘tib, Viktor yana Chempionlar Ligasi kubogini boshi uzra ko‘tardi. «Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonib, men «Barselona»da faoliyat yuritishni ham yutdim. Final xushtagidan so‘ng menda kelajakka boqish imkoniyati paydo bo‘ldi» - degandi u. Vaqt o‘tgan sayin u o‘rtamiyona darvozabon degan maqomini asta-sekin yo‘q qila boshladi. Boshqalardan biroz orqada bo‘lsada, jamoa bilan birga yuksalib keldi. To‘g‘ri, uning beso‘naqay o‘yini va kulgili xatolari hech qayerga ketmadi, biroq bularning evaziga u yangidan yangi sovrinlarni qo‘lga kiritaverdi. Asabiy va o‘ziga unchalik ishonmagan bolakaydan baquvvat hamda tartibli darvozabonga aylandi. Shu tariqa, Valdes ayrim kamchiliklariga qaramay bir necha mavsum tengsiz jamoa bo‘lib kelgan o‘sha buyuk «Barselona» tarixining bir qismi bo‘lib qolaveradi. Uning darajasi borasida uzoq tortishish mumkin. Statistika ham uni hech qachon top-saviyali darvozabon bo‘lmagani haqida darak berib turibdi. 2012G‘13 yillardagi mavsumda o‘ynagan eng zo‘r darvozabonlar orasida uning ko‘rsatkichlari past. Deyarli har jabhada «Barselona» darvozaboni kasbdoshlaridan ancha orqada qolib ketgan.

Valdes har qanday holat yuz berganida ham «Barselona»da o‘ynashni davom ettirishi mumkin edi. O‘z navbatida «Ko‘k-anorli»lar unga shunday imkoniyat yaratib beradigan yagona top klub hisoblanishardi. Xattoki iste’dodli darvozabonlarning yangi avlodi paydo bo‘lganida ham klubga boshqasi kerak bo‘lmasdi. Biroq uning o‘zi boshqa yo‘lni tanlab, 2013 yilda shartnomani uzaytirmoqchi emasligini ma’lum qildi. Na ishqibozlar, na rahbariyat, na jamoadoshlari uni ko‘ndira olishmadi. Bu qarori bilan Viktor bittagina klub darvozaboni emasligini va omadli taqdir taqozosi tufayli o‘ynamayotganini o‘zigi o‘zi isbotlamoqchi bo‘ldi. 2014 yilning 26 mart kuni u «Barselona» darvozaboni sifatida oxirgi uchrashuvini o‘tkazdi. O‘sha o‘yindagi jarima to‘pini qaytargan Valdes maydonga noqulay yiqildi va qo‘lini ko‘tarib bellashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Lekin hammasini tushunish uchun vrachlar tashxisi va tibbiy ko‘rikdan o‘tish unga kerak emasdi. Chunki, bu uning «Barselona» futbolkasidagi oxirgi seyvi edi.

Paylarning uzulishi uni «Monako»ga o‘tishiga to‘sqinlik qildi. Faoliyatini Ispaniya yoki Yevropadan tashqarida davom ettirish haqida Viktor eshitishni ham xoxlamasdi. Uning maqsadi Iker Kasilyasning o‘yinida kuzatilgan pasayishdan foydalanib milliy terma jamoa darvozasini egallash bo‘lgan. Bu paytda unga da’vogarlar ruyxati qisqarib borardi, toki birgina «Manchester Yunayted» qolgunga qadar. Maoshning ikki barobarga kamayishi ham, De Xea bilan raqobat qilolmasligi ham Valdesni to‘xtata olmadi. U xammaga biror narsaga arzishini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Biroq bunday bo‘lmadi. «U bizning falsafamizga qo‘shilmayapti» - degan hukm chiqqandi o‘shanda van Gal og‘zidan. Ispaniyalik legioner zahira o‘rindig‘ida qolib ketdi, o‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazildi, Lyejning «Standart»iga ijaraga berildi, keyin esa APLning yangi qatnashchisi «Midlsbro»ga arzon-garovga berib yuborildi. Uning o‘tishiga birinchi navbatda bir paytlar Mourinyo bilan «Real»da «Barselona»ni to‘xtatish g‘oyasini topishga uringan Aytor Karanka qiziqib qolgandi. Ispaniyadagi o‘tmish ular bir-birlariga yaqinlashlari uchun halaqit bermadi. Murabbiy darvozabon bilan bir necha marta shaxsan suhbat o‘tkazib, unga ishonch bag‘ishladi hamda asosiy tarkibdagi joyni topshirdi. Hozir 20 turdan keyin u 22ta to‘p o‘tkazib yubordi (Bundan kami «MYU», «Chelsi» va «Tottenxem»da). Agar «boro» hujumda bo‘sh o‘ynamaganida 16-o‘rindan yuqoriroqda bo‘lardi.

Valdesga kelsak, u yana o‘zi uchun qulay bo‘lgan muhitda o‘ynayapti. Eng asosiysi, bu yerda unga ishonishayapti. Gap faqat «o‘zlarining odami» ekanida emas. Valdes «Barselona»da qolganida uning taqdiri qanday kechardi, aytish qiyin. To‘g‘ri, u jahon miqyosidagi yulduzga aylana olmadi, biroq o‘z faoliyatidan eng zarur narsani oldi - erkinlik hissiyotini.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:38, 29.01.2017. O'qildi: 8272 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 8
2 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
3 Бунёдкор Luis Kachorri 5
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 4
6 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4
7 Нефтчи Zoran Marushich 4
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 4
9 Қизилқум Alen Mashovich 3
10 ОКМК Ali Abdurahmonov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.