Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 30.06.2025 01:00
      • Flamengo
      • 2:4
      • Bavariya
      • 30.06.2025 23:59
      • Inter
      • 0:2
      • Fluminense
      • 01.07.2025 06:00
      • Manchester Siti
      • 3:4
      • Al-Hilol
      • 01.07.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Yuventus
      • 02.07.2025 06:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Monterrey
  • Superliga
      • 30.06.2025 20:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Surxon
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 13 28
3 Navbahor 14 26
4 Bunyodkor 14 24
5 Neftchi 13 24
6 OKMK 14 24
7 Paxtakor 14 23
8 Andijon 14 17
9 Surxon 14 17
10 Mash’al 14 15
11 Xorazm 14 14
12 Qizilqum 14 14
13 So‘g‘diyona 14 13
14 Buxoro 14 12
15 Qo‘qon-1912 14 12
16 Sho‘rtan 14 9

O'tgan o'yinlar.

14-тур Xorazm 2-3 Andijon
14-тур Qo‘qon-1912 2-3 Dinamo
14-тур Nasaf 2-2 Paxtakor
14-тур Navbahor 6-0 Mash’al
14-тур Qizilqum 1-1 Neftchi
14-тур Bunyodkor 3-2 So‘g‘diyona
14-тур Buxoro 3-1 Sho‘rtan
14-тур OKMK 0-1 Surxon

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 01.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Истанбул Башакшехир".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/64 финала. "Эстремадура" - "Жирона".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Дженоа" - "Реджана 1919".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Газиантеп".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Кубок Испании. 1/64 финала. "Лас-Росас" - "Севилья".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Кубок Италии. 1/32 финала. "Сассуоло" - "Читтаделла".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Истанбул Башакшехир".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/64 финала. "Эстремадура" - "Жирона".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Дженоа" - "Реджана 1919".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 01.07.2025

      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 1 на трассе Ошерслебен, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии.
      09:20 "Регби. Сибириада". Специальный репортаж.
      09:40 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
      12:30 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. Финал.
      16:20 Д/с "Век нашего спорта".
      16:50 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 1.
      18:15 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 2.
      19:40 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии.
      21:00 "Страна спортивная".
      21:20 "Вопреки всему".
      21:50 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
      00:30 Д/с "Век нашего спорта".
      01:00 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. Финал.
      04:40 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 1.
  • MATCH-TV
    • Sana: 01.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Дзюдо. Fonbet Российский профессиональный тур. Этап в Челябинске.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Профессиональный бокс. Артуро Гатти против Микки Уорда.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани.
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      20:30 LIVE Футбол. Betboom Братский кубок. ЦСКА (Россия) - "Партизан" (Сербия). Прямая трансляция.
      23:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 Смешанные единоборства. UFC 317 в Лас-Вегасе, США. Илия Топурия против Чарльза Оливейры.
      02:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Д/ф "КОПА 71".
      04:40 Специальный репортаж.
      04:55 Профессиональный бокс. Артуро Гатти против Микки Уорда.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 01.07.2025

      07:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      09:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      10:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 1. Флоренция - Римини.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 4. Пинероло - Валлуар.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      14:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 5. Сен-Жан-де-Морьен - Сен-Вюльба.
      18:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 9. Труа - Труа.
      21:30 Велоспорт. "Велошоу".
      22:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап в Зальцбурге, Австрия. Обзор.
      23:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Кингстоне, Ямайка. День 3.
      00:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Этап 4 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Обзор.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 9. Труа - Труа.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 5. Сен-Жан-де-Морьен - Сен-Вюльба.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dilshod Nuraliyev: «Suriya termasini kuchli ishtiyoq evaziga yengish mumkin» (intervyu)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

2012 yili O‘zbekiston o‘smirlar (U-16) terma jamoasini Osiyo chempioniga aylantirgan taniqli murabbiy Dilshod Nuraliyev bugungi kunda «Paxtakor» akademiyasiga rahbarlik qilyapti. Sir emaski, ushbu klub akademiyasi yurtimizda yetakchi o‘rinda bo‘lib, turli yosh toifasidagi termalarga nomzodlarni yetkazib berishda peshqadam. Bu esa ushbu maskanda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan dalolat. Har bir yosh guruhida bolalarga tajribali murabbiylar millionlar o‘yini sir-asrorlarini o‘rgatib kelishyapti. O‘tgan yili «Paxtakor» akademiyasi Toshkent shahar chempionatida birinchi o‘rinni egalladi. Jamoaning bir nechta yosh toifasidagi guruhi shahar chempioni bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin «Bunyodkor» akademiyasiga nasib etdi. Shuningdek, tayyorlov guruhlari o‘rtasida o‘tkaziladigan mamlakat chempionatida ham yosh «sherlar» muvaffaqiyatga erishib kelishyapti. Bundan tashqari, «Paxtakor» akademiyasi jamoalari Rossiya, Qozog‘iston, Belarus kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda zafar quchishdi. Biz Dilshod Nuraliyev bilan shu va boshqa bir qator mavzular yuzasidan suhbatda bo‘ldik.

- Dilshod aka, oliy liga yangi mavsumi start oldi. Bu yilgi 26-milliy chempionat bahslaridan nimalar kut-yapsiz?

- Bu mavsumning kurashlarga boy o‘tishini kutyapman. Jamoalarning tayyorgarligini ko‘rib, kuzatib, shunday xulosaga keldim. Bir nechta klublarimiz xorij yig‘inlarida ishtirok etishdi. Ko‘zga ko‘ringan kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdi. Tarkiblarini sezilarli tarzda kuchaytirib olishdi. Chempionlik uchun 4-5ta jamoa kurash olib borishini taxmin qilyapman. Qolaversa, oliy ligada qolish uchun bahs ham keskin tus olishi tayin. O‘ylaymanki, stadionga keladigan muxlislar aslo zerikishmaydi. Hamma katta futbolni sog‘ingan. Ishonchim komil, tomoshabinlar tashrifi o‘tgan yillarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.

- «Paxtakor» ham chempionlik poygasida ishtirok eta olarmikan yoki tarkib borasida boshqa da’vogar klublarga yon beradimi?

- Albatta, ishtirok etadi. «Paxtakor»ning o‘z o‘rni va nomi bor. Har qanday holatda ham kuchli klublarga munosib qarshilik ko‘rsatgan. To‘g‘ri, o‘tgan mavsum jamoa uchun omadsiz keldi. Yakunda o‘ziga munosib bo‘lmagan 5-o‘rin bilan kifoyalandi. Lekin shu holatda ham «Lokomotiv» va «Bunyodkor»ni mag‘lub eta oldi. Ikki yil avvalgi chempionlik tarkibidan o‘rin olgan bir necha futbolchining jamoadan ketishi bunday salbiy natijaga sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman. Lekin bu yil natija ancha yaxshilanishi kerak. Himoya chizig‘iga o‘tgan mavsumni «Bun­yodkor»da o‘tkazgan Bulyat olindi. O‘ylashimcha, bu omadli transfer bo‘ldi. Yurisa yuqori saviyadagi futbolchi. «Paxtakor»ga aynan shunday tajribali himoyachi kerak edi. Bundan tashqari, o‘tgan yili o‘rinbosalarlar safida o‘zini ko‘rsata olgan iste’dodli yoshlarning bir guruhi ham asosiy jamoaga jalb qilindi. Ularning potensiali juda yuqori. Bu futbolchilarni yaqindan bilganim uchun shunday fikr bildiryapman. Endi hamma gap ularning o‘zida qolgan. Nimalarga qodirliklarini to‘laqonli namoyon eta olishsa, faoliyatlarida keskin burilish yasashga muvaffaq bo‘lishadi. Yana yuqoridagi fikrimga qaytaman, bu yil «Lokomotiv», «Nasaf», «Bunyodkor», «Paxtakor» jamoalari chempionlik uchun kurash olib borishadi. «Metallurg», «Qizilqum», «Olmaliq» klublarini ham esdan chiqarmaslik kerak. Bekobod jamoasi mana necha yildirki, bir xil tarkib bilan o‘ynab kelyapti. Olmaliqda Viktor Kumikov raqobatbardosh jamoa shakllantiryapti. Navoiyliklar ham tarkibni kuchaytirishga erishdilar.

- 23 mart kuni milliy termamiz JCH-2018 3-saralash bosqichining 2-davrasidan o‘rin olgan o‘yinlardagi ishtirokini boshlaydi. Samvel Babayan jamoasining hozirgacha o‘tkazgan uchrashuvlari haqida qanday fikrdasiz?

- Eron terma jamoasi bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsni inobatga olmasa, qayd etilgan natijalarimiz chakki emas. Afsuski, forslarga qarshi kechgan o‘yinda tashabbusga ega bo‘la turib mag‘lubiyatga uchradik. Eronlik futbolchilar yuzaga keltirilgan bitta vaziyatdan gol urishdi. O‘sha vaziyatni ham o‘zimiz ularga taqdim etdik. Janubiy Koreya bilan mehmondagi uchrashuvdan sensasiya kutish qiyin edi. Koreyaliklar tajriba va mahorat evaziga o‘z niyatlariga yetishdi. Hali hammasi oldinda. Eng muhimi, futbolchilarimizda g‘alabaga bo‘lgan ishonch bor. Oxirigacha kurashishyapti.

- Oldinda termamizni Suriyaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bu jamoani nimaning evaziga mag‘lub etish mumkin?

- Terma jamoadagi murabbiylik faoliyatim davomida Suriya o‘smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushish nasib qilgan. Jumladan, 2002 yili BAAda o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida to‘qnash kelganmiz. Keyin 2012 yilda Eronning Taxti shahri mezbonlik qilgan qit’a birinchiligida ham suriyalik o‘smirlar bilan uchrashganmiz. Eronda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritganmiz. Suriya terma jamoasining barcha yoshdagi futbolchilari maydonda katta ishtiyoq bilan harakat qilishadi. Ularda yulduzlar yo‘q. Lekin aynan ishtiyoq va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch evaziga ular kuchli raqiblardan ham ochko tortib olishadi. Buni o‘z tajribamda ko‘rganman. Suriya milliy terma jamoasi haqida xuddi shunday fikr bildirish mumkin. Agar bizning futbolchilardagi ishtiyoq ularnikidan yuqori bo‘lsagina ko‘zlangan maqsadga erisha olamiz. Maqsad esa Malayziyada o‘tkaziladigan bahsda uch ochko olish. Eng katta umidimiz xorij klublarida to‘p surayotgan legionerlarimizdan. O‘yin kuni bu futbolchilarimizning sport formasi qanday bo‘lishi ham juda muhim.

- Keling, endi siz rahbarlik qilayotgan «Paxtakor» akademiyasi haqida suhbatlashsak. Turli yosh guruhlarining erishayotgan muvaffaqiyatlari siri nimada?

- Biz birinchi navbatda asosiy urg‘uni murabbiylarga qaratganmiz. Chunki iste’dodli yoshlarning kashf etilishida ularning o‘rni katta. Bizda tajribali va shu bilan birga iste’dodli murabbiylar shtabi shakllangan. Bolalarni olti yoshdan qabul qilamiz. Ular 7-sinfgacha «Paxtakor» futbol maktabida tahsil olishadi. Aynan shu yoshdan akademiyaga qabul qilinishadi. Akademiyamiz bevosita Respublika olimpiya zaxiralari kollejida joylashgan. Tayyorlov guruhlaridagi eng iste’dodli yoshlar kollejga qabul qilinadilar. Bundan tashqari, murabbiylarimiz Respublikamiz bo‘ylab seleksiya ishlarini olib borishadi. Buning natijasida kashf qilingan futbolchilarni ham o‘qishga joylashtiramiz. Futbol maktabida bir mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Akademiya tarbiyalanuvchilari esa kuniga ikki mahaldan shug‘ullanishadi. Vazifamiz «Paxtakor» klubiga iqtidorli, texnik-taktik, psixologik tomondan mukammal futbolchilarni yetkazib berishdan iborat. Misol tariqasida aytishim mumkinki, bu yil akademiyamizning 1999 va 2000 yillarda tavallud topganlar guruhidan 18 nafar futbolchi «Paxtakor» o‘rinbosarlari safiga o‘tkazildi. Yoshlar jamoamizning murabbiylari bundan xursandlar. Albatta, ijobiy natijalar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Barchasining zamirida katta mehnat yotibdi.

- Mavsum davomida turli yosh toifasidagi jamoalar o‘rtasida Respublika hamda Toshkent shahar chempionati o‘tkaziladi. «Paxtakor» futbol maktabi hamda akademiyasining o‘tgan yilgi natijalari qanday bo‘ldi?

- Toshkent shahar chempionatida birinchi o‘rinni egalladik. Ta’-qibchilarimizni ochkolar bo‘yicha juda katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldik. Toshkent shahar chempionatida beshta jamoamiz o‘z yosh guruhida chempionlikni nishonladi. Bu juda yaxshi natija. Qolaversa, Respublika miq-yosidagi musobaqalarda ham faxrli o‘rinlarni band etdik. Lekin shu narsani aytishim kerak, bizning asosiy maqsadimiz jamoalarimiz ishtirok etadigan turnirlarda o‘rin olish emas. Bosh maqsadimiz «Paxtakor» klubi hamda turli yosh toifasidagi terma jamoalarga munosib nomzodlarni yetkazib berishdan iborat. Yuqori o‘rinlarni egalladik, deb mag‘rurlanib ketmasligimiz ham kerak. E’tibor bersangiz, O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibida eng ko‘p nomzod aynan «Paxtakor» akademiyasidan. Ularni ko‘rib biz murabbiylar xursand bo‘lamiz.

- Akademiya va futbol maktabi murabbiylarining malakalarini oshirish bo‘yicha qanday ishlar olib borilyapti?

- Murabbiylarimiz O‘FF tomonidan tashkil etiladigan «A», «V», «S» toifalari bo‘yicha o‘quv kurslarida tahsil olishadi. Bundan tashqari, bir hafta va o‘n kunlik seminarlarda ishtirok etishadi. Yaqinda «Paxtakor» va «Bunyodkor» stadionida oliy va birinchi liga murabbiylari, futbol akademiyalari hamda maktablari rahbarlari uchun ham seminarlar o‘tkazildi. Shaxsan o‘zim ham ularda qatnashib, bilim va ko‘nikmalarimni boyitib oldim. Seminarlarni FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov boshqardi. Biz murabbiylar ko‘p narsa o‘rgandik. Endi bilim va ko‘nikmalarimizni akademiya va futbol maktablaridagi faoliyatlarimizda amaliyotga tatbiq etyapmiz.

- Bugungi kunda o‘zini ko‘rsatayotgan yoshlardan kimlarni alohida ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

- O‘tgan yili Jasur Abduraimov boshqargan O‘zbekiston yoshlar termasi juda iliq taassurot qoldirdi. Bu jamoa tarkibida iste’dodli yoshlar bisyor. Ular orasida «Nasaf» klubiga tegishli bo‘lgan yosh futbolchi G‘a-niyev, «Paxtakor» jamoasidan Avilov va Ibragimovni alohida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. Bu futbolchilar o‘tgan mavsumda o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Menimcha, ular joriy mavsum kashfiyotlariga aylanishadi. Bu futbolchilarning potensiali yuqori. Faqat murabbiylar ularga ishonch bildirishsa, kifoya. Masalan, Avilov «Paxtakor»ning ikkala xorij yig‘inida ham ishtirok etdi. O‘rtoqlik uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ibragimov haqida ham shunday fikrdaman. G‘a-niyevga Yevropa klublaridan taklif tushayotgan ekan. Bu yoshlar o‘z ustilarida ishlashdan to‘xtab qolishmasa, ishonchim komil, yanada katta yutuqlarga erishishadi.

- Dilshod aka, siz O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyisiz. Bu yilgi rejalar qanday? Osiyo chempionatiga tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilganmi?

- Har oyda kamida bitta o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazamiz. Yaqinda o‘zimizning bir yillik ish rejamizni O‘FF Terma jamoalar markaziga taqdim etdik. Ular ko‘rib chiqib, bu rejani tasdiqlab berishlari kerak. Mart oyidagi ilk yig‘inimiz Toshkentda tashkil etiladi. Aprel oyida xorijda qisqa muddatli yig‘in va uning doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqishni rejalashtirganmiz. Bu yig‘inlarimiz yil mobaynida o‘tkaziladi. Shu orqali sent-yabr oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rib boramiz. O‘z o‘rnida bir narsani aytib o‘tishim kerak. O‘FF nafaqat bizning, balki qolgan barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimizning qit’a birinchiliklari, jahon chempionati saralash bosqich bahslariga har tomonlama mukammal tayyogarlik ko‘rishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beryapti. Xorijda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, o‘rtoqlik o‘yin­lari o‘tkazilyapti. Endi bunga munosib tarzda javob qaytarishimiz shart. O‘smirlar jamoasi harakatlari milliy termamiz natijalarida aks etishi lozim. Tan olish kerak, avvallari bu kabi yuqori e’tibor bo‘lmagan. Terma jamoa murabbiylarining xorijda yig‘in tashkil etish yoki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha bergan taklif va talablari federasiya mutasaddilari tomonidan ijobiy hal qilinyapti. Endi shunga yarasha natija ham bo‘lishi shart. O‘z nomimdan shuni aytishim kerakki, o‘smirlar termasi Osiyo va nasib qilsa, jahon chempionatida ham munosib tarzda ishtirok etadi.

- Murabbiylik faoliyatingiz davomida ko‘plab futbolchilarni tarbiyaladingiz. Ular esa, o‘z navbatida, bugungi kunda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan klublarda o‘ynashyapti. Birgina Vitaliy Denisovni eslash kifoya bo‘lsa kerak. Haligacha eslab, sizga qo‘ng‘iroq qilib turishadimi?

- Albatta. Shogirdlarimdan minnatdorman. An’anamiz bor, yil so‘ngida Toshkentda to‘planamiz. Bu uchrashuvimizga Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Akmal Shorahmedov, Sadriddin Abdullayev va boshqalar ham kelishadi. Xursand bo‘lganim, haligacha maslahat so‘rashdan uyalishmaydi. Ana shunday futbolchilarga ustozlik qilganimdan xursandman.

K.ALIMOV suhbatlashdi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:26, 14.03.2017. O'qildi: 10777 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Насаф Husayn Norchayev 8
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
5 Бунёдкор Luis Kachorri 6
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.