Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Grand klublarning omadli va omadsiz xaridlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ish bor joyda xato ham kuzatiladi, albatta. Angliya elit ligasining atoqli ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan transferlar bilan tanishib chiqish asnosida ham bu gap ayni haqiqat ekanligiga amin bo‘lish mumkin. Zero, har bir klub hayotida katta samara keltirgan xaridlar barobarida «pulning havoga sovurilishi» sifatida tavsiflanadigan kelishuvlar ham bor.

«CHELSI»

Eng omadli xarid: Frenk Lempard. 2001 yili «Vest Xem» libosini «ko‘klar»niki bilan almashtirgan yarim himoyachi yakunda jamoa afsonasiga aylandi. Lempard - «Chelsi» tarixidagi eng yaxshi to‘purar! U London klubi safida naq 649 marta maydonga tushib, jami 211ta gol urdi. Eng muhimi, «aristokratlar»ning 11ta sovrin (!) yutishlariga baholi qudrat hissa qo‘shib, muxlislar yoqimtoyiga aylandi. Aytaylik, «Bavariya»ga qarshi kechgan YECHL finalida «ko‘klar»ni sardor sifatida maydonga aynan Lempard boshlab tushdi va «shalpangquloq» kubokni birinchi bo‘lib, boshi uzra baland ko‘tardi.

Eng omadsiz xarid: Uinston Bogard. «Barselona»dan sotib olingan gollandiyalik himoyachi bilan qiymati 10 million funtga teng 4 yillik shartnoma rasmiylashtirilgandi. Endi diqqat qiling, futbolchi shu 4 yil davomida bor-yo‘g‘i 12 marta maydonga tushdi. Eng e’tiborli jihati shuki, Bogard bemalol boshqa jamoa safiga qo‘shilib, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi ham mumkin edi. Biroq u har safar bunday taklifdan bosh tortib, kelishuv muddati tugaguncha «Chelsi»da qoldi. Himoyachining shuncha vaqt oralig‘ida biror umumiy mashg‘ulotni o‘tkazib yubormaganiyu, hattoki, yoshlar   jamoasi vakillari davrasida shug‘ullanishga ham ko‘nganini alohida ta’kidlash o‘rinli. Ammo fakt shuki, ushbu transfer samarasi - «0».

«ARSENAL»

Eng omadli xarid: Tyerri Anri. Bu hujumchi ortiqcha ta’rifga muhtoj emas. Anri - «to‘pchilar» tarixidagi eng yaxshi to‘purar (228ta gol). Uning mavsum-2002|2003da chempionat doirasidagi o‘yinlarda samarali uzatmalar soni bo‘yicha qayd etgan rekordi (23ta golga assistentlik) hamon eng yuksak natija bo‘lib turibdi.

Eng omadsiz xarid: Jervinyo. Muxlisu mutaxassislar tomonidan «professor» maqomi bilan e’zozlanadigan Arsen Venger ham xatolardan xoli emas, albatta. Misol uchun, fransiyalik murabbiy o‘sha vaqt «Lill»da o‘ynagan Eden Azarni taklif etish imkoniyatiga ega bo‘la turib, Kot-d~ivuarlik hujumchiga ishonch bildirdi. Bu uning uzoq faoliyatidagi eng yirik xatosi sanalsa, ajabmas. Chunonchi, Azardan ustun qo‘yilgan Jervinyo debyut uchrashuvidayoq qizil kartochka oldi. Naq 2 yil davomida kutilgan darajada o‘yin namoyish etolmaganidan keyin esa, londonliklar uni «Roma»ga sotishdi va qutulishdi.

«MYU»

Eng omadli xarid: Erik Kantona. Agar ser Aleks Fergyuson 1992 yilning noyabrida «Lids»dan Erik Kantonani sotib olishni talab qilmaganida, «qizil iblislar»ning yangi tarixi qanday yozilardi - buni hattoki, tasavvur etish ham qiyin. E’tibor qarating, hozirda ham manchesterlik muxlislar tilidan tushmaydigan «qirol» uchun o‘sha vaqt atigi 1,2 million funt sarflangandi.

Eng omadsiz xarid: Bebe. Bu futbolchini eslay olasizmi? Ajablanadigan tomoni yo‘q, biz ham zo‘rg‘a esladik. Chunki braziliyalik hujumchi «qizil iblislar» tarkibida atigi 2 marta maydonga tushgan. Vaholanki, manchesterliklar uni Portugaliyaning «Vitoriya» jamoasidan 7,2 million funtga sotib olishgandi. Bebening o‘zini ko‘rsatolmagani kamlik qilgandek, oradan 2 yil o‘tgach, mazkur transfer huquq-tartibot organlarida shubha uyg‘otdi va «MYU» vakillarining tegishli idoralardan yoqimsiz savollarga javob berishlariga to‘g‘ri keldi.

«MANCHESTER SITI»

Eng omadli xarid: Yaya Ture. Ulkan g‘alabalar umidida tarkibni kuchaytirishga sezilarli darajada ko‘p sarmoya ajratgan «shaharliklar» zanjiridagi hal qiluvchi halqa vazifasini aynan shu futbolchi ado etdi. Deylik, Angliya kubogi-2011 finalida Ture tomonidan urilgan gol «Siti»ga so‘nggi 30 yil mobaynidagi dastlabki jiddiy sovrinni taqdim etdi. Yaya jamoaning 2014 yili chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishida ham katta rol o‘ynadi. Aniqrog‘i, u Vensan Kompani bilan qoyilmaqom tandem hosil qildi. Oltin medal yutilgan mavsumda Turening 20ta gol urgani diqqatga sazovor - markaziy yarim himoyachi uchun yuksak natija!

Eng omadsiz xarid: Jo. «Braziliyada ishlab chiqarilgan» yorlig‘i ostidagi «mahsulot» har doim ham sifatli chiqavermaydi. «Siti» Joni o‘z tarkibida ko‘rish uchun naq 19 million funtdan voz kechdi. Futbolchi bunga javoban 15ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i 3ta gol urdi. Shundan keyin Jo uchun ijara kelishuvlari asosida sarguzashtlar boshlandi. Xullas, havoga sovurilgan sarmoya...

«LIVERPUL»

Eng omadli xarid: Kenni Dalglish. Ajabtovur tanlov. Albatta, Dalglish - «Liverpul» afsonasi, jamoa bilan ham futbolchi, ham murabbiy sifatida chempionlikka erishgan. «Qizillar» uzoq 1977 yili uning uchun «Seltik»ka 440 ming funt sanab berib, transfer olamida Britaniya rekordini o‘rnatishgandi. Sarmoya o‘zini ming chandon oqlaganiga aslo shubha yo‘q. Eng qizig‘i, APL davriga nazar solsak, «Liverpul» tarkibida bu borada Dalglishga raqobat taqdim etadigan nomzod yo‘q.

Eng omadsiz xarid: al Hoji Diuf. «Qizillar» 2002 yili Nikolya Anelkani o‘z saflariga qo‘shib olishlari mumkin edi. Biroq yakunda J.Koreya va Yaponiyada tashkillashtirilgan JCHda yorqin o‘yin ko‘rsatgan senegallik hujumchini afzal ko‘rishdi. Diuf klub mutasaddilarini shunchalik maftun etgandiki, ular transfer uchun 10 million funt ajratishni paysalga solishmadi. Senegallik futbolchi «Liverpul» tarkibiga qo‘shilganidan ke-yin nafaqat raqiblari, balki muxlislar va jamoadoshlari bilan ham yoqalashishdan nariga o‘tmadi. Xullas, 2 yil ichida bor-yo‘g‘i 3ta gol urdi - tamom.

«TOTTENXEM»

Eng omadli xarid: Garet Beyl. «Taqachilar» 2007 yili nozikkina so‘l qanot himoyachisi uchun 10 million funt sarflashdi. Oradan 6 yil o‘tgach, ana shu yigit futbol olamining eng yaxshi hujumkor yarim himoyachisi darajasiga ko‘tarildi. Uning chap oyog‘i esa APL darvozabonlari uchun chinakam dahshatga aylandi. 2013 yil yozda Garet eng qimmatbaho futbolchi sifatida Madridga yo‘l oldi - «Real» uning uchun 85 million funt (100 million yevro) to‘ladi.

Eng omadsiz xarid: Sergey Rebrov. Ukrainalik hujumchi 2000 yili «taqachilar»ning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi. Londonliklar o‘shanda Kiyev «Dinamo»siga 11 million funt to‘lagandilar. Biroq Rebrov bildirilgan yuksak ishonchni oqlagani yo‘q - APLda 2 yil o‘ynab, 10ta gol urdi va oxir-oqibat, «Fenerbaxche»ga «surgun» qilindi.

«EVERTON»

Eng omadli xarid: Mikel Arteta. Unchalik tanilmagan ispaniyalik yarim himoyachi klub safiga atigi 2 million funt evaziga qo‘shilgan bo‘lsada, qisqa vaqt ichida nafaqat «Everton», balki butun chempionatning eng yaxshi pleymeykerlari safidan joy oldi. Natijada Arsen Venger nazariga tushib, «Arsenal»dan qo‘nim topdi.

Eng omadsiz xarid: Umar Nyasse. APLda «irislar» sharafini atigi 142 daqiqa himoya qilgan hujumchi loaqal bitta gol urgani yo‘q. Vaholanki, jamoaning senegallik hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish yo‘lida 13,5 million funtdan voz kechishiga to‘g‘ri kelgandi. «Everton» yanvarda Umarni ijara kelishuvi asosida «Xall Siti»ga yubordi va futbolchi nihoyat, biroz tetiklashib, Angliya premyer-ligasidagi gollari hisobini ham ochdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:46, 15.03.2017. O'qildi: 9646 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик