Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • 3:0
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • 1:1
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • 0:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

31/12/25 Byornli - Nyukasl
31/12/25 Chelsi - Bornmut
31/12/25 Nottingem Forest - Everton
31/12/25 Vest Xem - Brayton
31/12/25 Arsenal - Aston Villa
31/12/25 Man. Yunayted - Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Islom Ahmedov: «Pul to‘lab, murabbiy bo‘lish tushunchasidan voz kechish kerak»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

FIFA va OFK yo‘riqchisi Islom Ahmedov so‘nggi yillarda qit’amizning bir qator davlatlarida tashkil etilayotgan murabbiylik kurslariga rahbarlik qilib kelyapti. 2017 yil ham Islom aka uchun shunday kurslar bilan boshlandi. Hamyurtimiz FIFA tashabbusi bilan Tailand va Qirg‘izistonda tashkil etilgan o‘quv-kurslarini olib bordi. Yetakchi mutaxassisimiz safardan qaytgach, u bilan mavzu va taassurotlari yuzasidan suhbatlashdik.

- Islom aka, dastlab Tailanddagi seminar haqida ma’lumot bersangiz. Unda kimlar ishtirok etishdi?

- Ushbu o‘quv-kurslari OFK tomonidan tashkil etildi va bo‘lajak murabbiylar «A» lisenziyasi uchun tahsil olishdi. Kurslarda jami 21 nafar tinglovchi qatnashdi - Tailand­dan 19 kishi, Indoneziyadan 2 kishi va Mo‘g‘ilistondan bir kishi.

- O‘quv-kurslari jarayonida ko‘proq nimalar ustida ishladinglar, ya’ni qaysi jihatlarga katta urg‘u qaratildi?

- Birinchi galda, tahsil yuqori saviyada tashkil etilganini aytishim lozim. Demoqchimanki, Tailand futbol assosiasiyasi tashkilotchilikni a’lo darajada bajardi. Assosiasiya o‘quv-kurslariga mamlakatdagi eng iste’dodli murabbiylarni jalb etibdi. O‘quv jarayoni har kuni ertalab soat 08:00dan kechki 19:00ga qadar davom etdi. Tabiiyki, zamonaviy futbolning bugungi talablariga katta e’tibor qaratildi. Zamon bilan hamnafas holda, mashg‘ulotlarni so‘nggi metodlar asosida olib bordik. Amaliy jarayonda o‘yinning borishiga qarab, taktikani o‘zgartirish ustida ko‘proq ishladik. Shuningdek, futbolchilarni o‘yinlarga qanday tayyorlash, mavsumlar va davralar oralig‘ida yig‘inlarni qanday tashkillash masalalariga ham jiddiy yondashdik. Zamonaviy futbolning asosiy talablaridan biri - himoyadan hujumga tez sur’atda o‘tish va to‘p yo‘qotilgan taqdirda uni sanoqli soniyalarda qaytarib olish. Murabbiylar mashg‘ulotlar chog‘i shular ustida jiddiy ishlashlari lozim.

- Xo‘sh, tailandlik yosh murabbiylar saviyasi qanday ekan?

- Tailand FA murabbiylarni tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratyapti. Buni seminar davomida ham ko‘rdik. Umuman, u yerda murabbiylik kurslariga munosabat o‘zgacha. Deylik, barcha xohlovchilarga kurslarda o‘qish ruxsatini beraverishmaydi, aksincha, ularni maxsus tanlov asosida saralab olishadi. Ya’ni «Pulni to‘la va bemalol o‘qib, murabbiylik qilaver» tushunchasi yo‘q. Xohlovchilarni saralash jarayonini esa Tailand FA prezidentining shaxsan o‘zi nazorat ostiga olgan. Zero, bunday kurslarda o‘qigan murabbiylar mamlakat futboli kelajagini belgilashda katta rol o‘ynashadi. Aynan shu nuqtai nazardan Tailandda murabbiylarni tayyorlashga jiddiy yondashilyapti. Men uchun bunday muhitda ishlash maroqli bo‘ldi. Endi o‘zimizda ham shunday tizimni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Umuman, biz jarayonda ko‘plab yangi mashqlarni sinab ko‘rdik va barchasini videotasmaga muhrladik. Endi ularni mahalliy murabbiylarga tarqatamiz. Darvoqe, Tailanddagi kurslarda angliyalik murabbiy ham ishtirok etdi.

- O‘zimizdagi murabbiylar va tailandliklar saviyasini o‘zaro taqqoslaganda, o‘rtada qanday farq bor? Balki qaysidir yo‘nalishlarda tayliklar kuchliroq ko‘ringandirlar...

- Yo‘q, bunday emas. Bizning murabbiylar saviya bobida ancha ustunlar. Aslida savolga boshqacharoq javob berishim ma’qul: ularda murabbiylik kurs­lariga yondashuv nisbatan professionalroq. Bu hol yana 5-10 yildan so‘ng o‘z mevasini beradi. Murabbiylarni tayyor­lashga bejiz Tailand futboli rahbarining shaxsan o‘zi e’tibor qaratmayapti. Axir iste’dodli futbolchilarni aynan murabbiylar kashf qilishadi.

- Islom aka, bilamizki, murabbiylik uchun «A», «V», «S» va PRO kurs­lari o‘tkaziladi. Ular o‘rtasida qanday far­q­­li jihatlar bor?

- Dastur va mavzu bir xil. Lekin ko‘p narsa o‘quv-kurslarini olib boradigan instruktorlarga bog‘liq. Eng muhim jihat - bu tinglovchilarga zamonaviy futbolning eng asosiy talablarini yetkazish.

- Bu yildan PRO lisenziyasi yo‘q mutaxassislarning oliy ligada bosh murabbiy sifatida ishlashlari taqiqlab qo‘yildi. Bunga munosabatingiz...

- OFKning talabi shunday. O‘tgan yilning noyabr oyida O‘FF va PFL tomonidan PRO lisenziyasiga ega murabbiylarimiz uchun 3 kunlik seminar tashkillandi. O‘shandayoq murabbiylarga talab mohiyati tushuntirilgandi. Bu masalada fikrim ijobiy. Qolaversa, OFK talablariga bo‘ysunishimiz shart.

- Tailanddan qaytgach, Qirg‘izis­tonda o‘tkazilgan kurslarda ham ishtirok etdingiz. Xo‘sh, qo‘shni yurtdagi ishlar qanday taassurot uyg‘otdi?

- Bishkekka OFK delegasiyasi tarkibida bordim. Qirg‘iziston futbol federasiyasi amaliy yordam so‘rab, OFKga murojaat qilgandi. Mamlakatda 4 yilga mo‘ljallangan futbol taraqqiyoti strategiyasi ishlab chiqilyapti. Ushbu tadbir aynan OFK tomonidan ilgari surilgan g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida tashkillashtirildi. OFK bu jarayonda muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajardi.

- Islom aka, endigi rejalar qanday?

- Dushanbe shahrida Tojikiston FF tomonidan «A» lisenziyasi uchun kurslar tashkil etiladi. U yerda ham tinlovchilar federasiya tomonidan saralab olingan. Bilishimcha, Tojikiston FF homiy topgan. Ya’ni kurslar xarajatini federasiya qoplaydi. Dushanbedan 8 aprel kuni qaytaman va ertasiga Ulan-Bator shahriga yo‘l olaman. U yerda FIFA tomonidan tashkillashtiriladigan o‘quv-kurslariga rahbarlik qilishim kerak. 18 aprel kuni Toshkentga qaytaman va ketma-ket 3ta o‘quv-kurslarini olib boraman.

Kamolidin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:17, 20.03.2017. O'qildi: 8163 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.