Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5921 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2500 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.10.2025

      05:35 "Непобедимый".
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      20:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      01:10 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      03:10 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.10.2025

      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      09:35 Д/ф "Владимир Сальников: не надо спорить с тренером...".
      10:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      12:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      16:40 "Команда мечты".
      17:10 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Команды. Финал.
      19:20 Д/ф "17 часов до вершины".
      19:55 "Непобедимый".
      20:25 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
      22:55 "Лица страны". Анастасия Лоунова.
      23:10 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      00:35 "Команда мечты".
      01:05 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. 1/2 финала. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Динамо" (Москва).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Смешанные единоборства. ACA 193 в Грозном, Россия. Джамбулат Селимханов против Рустама Керимова.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Лыжный спорт".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      19:30 LIVE Мир РПЛ. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - "Новая генерация" (Сыктывкар). Прямая трансляция.
      23:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      07:00 Триатлон. supertri League. Этап 4 в Тулузе, Франция.
      08:30 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      09:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1. Прямая трансляция.
      14:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 13 в Вене, Австрия.
      15:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      16:30 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2. Прямая трансляция.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      22:00 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      22:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      00:30 Велоспорт. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      02:00 Велоспорт. Женщины. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      04:30 Велоспорт. Женщины. Гонка Бенш-Шиме-Бенш в Бельгии.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Konfederasiyalar kubogida o‘ynayotgan qochoq, model yoki repperni taniysizmi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Boshqa rasmiy turnirlar / Konfederasiyalar kubogi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Rossiyada JCH-2018 havosini yaqqol sezdiradigan turnir - Konfederasiyalar kubogi-2017 davom etmoqda. Tabiiyki, rus diyoriga kelgan jamoalar tarkibida jahon miqyosidagi futbolchilar ko‘p. Axir gap turli qit’alar va jahon chempionlari haqida bormoqda. Shuning barobarida  Konfederasiyalar kubogi-2017 qatnashuvchilari orasida yana shunday ajabtovur taqdirga ega yigitlar ham borki, ularning hayot yo‘llari xususidagi ma’lumotlar ko‘pchilikni befarq qoldirmasa kerak.

QOCHOQ

Milosh DEGENEK (23 yosh), Avstraliya terma jamoasi himoyachisi. Ajdodlari serbiyalik sanalgan avstraliyalik yigit Yaponiyaning «Yokogama Marinos» klubida o‘ynaydi. U 1991-1995 yillar oralig‘ida Xorvatiya hududida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Serb Kraina Respublikasi poytaxti sanalgan Knin shahrida tug‘ilgan. Degeneklar oilasi tor joyda o‘ta nochor ahvolda yashardi. Chunonchi, 45 kvadrat metr kattaligidagi uyda 8 nafar kishi istiqomat qilardi. Biroq notinchlik va urush shu xarobagina turar-joyni ham tashlab ketishni taqozo etadi. Xullas, 1995 yilga kelib, oila vakillari bitta traktorga o‘tirishadi va naq 9 kun yo‘l bosib, Belgradga yetib borib, qochoqlar holatiga tushishadi. Milosh o‘sha vaqt atigi 1,5 yoshli chaqaloq edi. Oradan ko‘p o‘tmay, oila boshlig‘i yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi sifatida ish boshlaydi.

Aytgancha, katta Degenek vaqtida yengil atletika bilan shug‘ullangan hamda bu sport turi bo‘yicha Yevropa chempionati bronza medalini yutgandi (800 metrga yugurish musobaqasida). 1999 yili esa sobiq Yugoslaviya poytaxti NATO aviasiyasi tomonidan bombardimon qilinadi va qanday dahshatli manzara yuzaga kelgani o‘sha payt 5 yoshda bo‘lgan Milosh miyasiga muhrlanib qolgan. Yana bir yildan so‘ng bo‘lajak futbolchining ota-onasi uzoq Avstraliya tomon yuz burishadi. Otasi u yerda qurilish ob’ektlarida ter to‘kkan bo‘lsa, onasi farroshlik qilib, oilaning oyoqqa turib olishiga ko‘maklashadi. «Biz nihoyat, baxtiyorlikni tuygandik, chunki yeyishimiz uchun nimadir bor edi»,- deya eslaydi Milosh o‘z bolaligini.

U har kuni ertalab soat 7,5da uyqudan turib, maktabga boradigan vaqtgacha futbol bilan jiddiy shug‘ullanardi. Milosh Degenek 18 yoshga to‘lgach, otasining do‘sti - Miroslav Stevich uning «Shtutgart» jamoasi safidan joy olishiga beminnat yordam beradi. Zero, vaqtida Yugoslaviya terma jamoasida o‘ynagan va «Myunxen 1860» klubida sport direktori sifatida faoliyat olib borgan Stevich qadrdon do‘stining o‘g‘li kelajagi uchun eski aloqalarini ishga solgandi. 

Biroq Milosh atigi 3 marta nemis klubi zaxirachilari qatoriga kirgach, kutilmagan jarohatga yo‘liqadi va ikkinchi jamoaga «qulaydi». Degenek mavsum-2015|2016da ikkinchi bundesligada «Myunxen 1860» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, qishda Yaponiyaga ko‘chib o‘tdi. Eng qizig‘i, u 17 yoshga to‘lgunicha Avstraliya o‘smirlar termasida o‘ynagan va keyin 2 yil davomida Serbiya yoshlar jamoasi sharafini himoya qilgan. Mana, asosiy jamoani tanlash zarurati tug‘ilganida, yana «sokkeruz»ni ma’qul ko‘rdi.

OLIMPIYA SARALASHI MASHMASHASI

Deklan UINN (22 yosh), Yangi Zelandiya terma jamoasi himoyachisi. Yoxannesburgda tug‘ilgan Deklan  2010 yili 14 yoshida ota-onasi bilan uzoq safarga chiqadi: JAR - Yangi Zelandiya. Umuman olganda, Janubiy Afrikadagi ko‘plab oq tanlilar ulkan siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng muqim yashash uchun Avstraliya yoki hayot tarzi bo‘yicha shu o‘lkaga yaqin mamlakatlarni tanlagandilar.

Ya’ni nisbatan kenglik sari talpinishadi - yam-yashil o‘tloqlar, qo‘ylar (aniqrog‘i, chorvachilik), regbi... Qarangki, JARdan borgan yigitcha ko‘p o‘tmay, mojaro markaziga tushdi. Aniqroq aytsak, 2015 yilning yozida Yangi Zelandiya terma jamoasining Rio-de-Janeyro Olimpiadasi yo‘lidagi kurashdan chetlatilishiga sababchi bo‘ldi.  Vaholanki, u bungacha aynan kivilar yurtida tashkillashtirilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida xotirjam to‘p surgandi. Biroq Olimpiadaning futbol musobaqasiga saralash vazifasini ham o‘tab bergan Tinch okeani o‘yinlari-2015da qo‘qqisdan janjalli munozara kelib chiqdi.

Ya’ni Vanuatu termasi yarim final raundida zelandiyaliklarga 0:2 hisobida yengilgach, mamlakat futbol federasiyasi Uinning o‘yindagi ishtiroki yuzasidan OkFKga shikoyat yozdi. Vanuatuliklar o‘z arizalariga 2ta asosli sababni qo‘shimcha qilishdi. Birinchisi - Yangi Zelandiyada Deklanning ajdodlari yo‘qligi. Ikkinchisi - 18 yoshga to‘lib, fuqarolik pasportini olganidan so‘ng mamlakatda 5 yil yashashga ulgurmagani.

Chunonchi, FIFA qoidalariga ko‘ra, begona yurt vakili qaysidir mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘lish uchun uning hududida kamida 5 yil muqim yashashi kerak. Xullas, barchasi Yangi Zelandiya termasiga texnik mag‘lubiyat yozilishi bilan tugadi. 2016 yilning yanvar oyiga kelib, FIFA Deklan Yangi Zelandiya termasida o‘ynashga haqli ekanligi haqida qaror chiqardi, biroq bu vaqtda olimpiya poyezdi ketib bo‘lgandi. Shu tariqa Braziliya-2016da zelandiyaliklar emas, balki finalda Vanuatu termasini yenggan fijilik olimpiyachilar ishtirok etishdi.

VAQTINCHA CHETDA YURISH VA...

Storm RU (24 yosh), Yangi Zelandiya terma jamoasi himoyachisi. Bu futbolchi ham xuddi Deklan kabi uzoq JARda tug‘ilgan. Aniqroq aytsak, Storm diniy urushlardan bezigan fransiyalik qochoqlar tufayli vino sohasi rivojlangan Keyptaun rayonida ulg‘aygan. Futbolchining familiyasi ham aynan fransuz millatiga mansubligidan dalolat. Rular oilasi Yangi Zelandiyaga ko‘chib o‘tganida, bo‘lajak futbolchi atigi 3 yoshda edi. U keyinchalik mamlakatning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida bamaylixotir o‘ynadi. Ammo «Uinn ishi» ko‘tarilgach, Runi darhol terma jamoalar ro‘yxatidan «o‘chirishdi». Lekin FIFAning Uinn  haqidagi yakuniy  qaroridan keyin Stormni ham jamoa safiga qaytarishdi.

MODEL

Tamati Andre UILYAMS (33 yosh),  Yangi Zelandiya terma jamoasi darvozaboni. Tamatining otasi Yangi Zelandiyada birinchi raqamli sport turi sanalgan regbi bilan shug‘ullangan. O‘zi esa futbolchi barobarida maneken sifatida namoyon bo‘lishni istadi. Aytish joiz, erkak-model rolidagi yutuqlari chakki emas. Deylik, hozirga qadar Calvin Klein va Esprit bredlarini ko‘z-ko‘z qildi, AQSH, Fransiya, Italiya va Avstraliyada ishlashga ulgurdi. To‘g‘ri, Uilyams futbolga mudom birinchi raqamli mashg‘uloti sifatida qarashini bot-bot ta’kidlagan.

Chunonchi, 5 yoshidan millionlar o‘yiniga mehr bergan bo‘lsa, yana 4 yildan keyin darvozabon roliga ixtisoslashgan. «Avvalo, futbolchi sifatida tanilishni istayman. Qolaversa, bunga model biznesiga nisbatan ko‘proq vaqt ham ajrataman»,-deydi Tamati. U maneken rolini ilk marta bajarganida 19 yoshda edi.

E’tiborlisi, Yangi Zelandiya terma jamoasi JCH-2006 yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmagach, Tamati ma’lum muddat butunlay model biznesiga sho‘ng‘idi. Puerto-rikolik model Jaslin Gonsales bilan hamkorlikda ishlagani - futbolchining ikkinchi sohadagi yutuqlaridan biri. Darvozabon tomirlarida maorilar qoni bor, kelib chiqishi yana bir tomondan Gollandiyaga borib taqaladi. Tamati shuning uchunmi, yoshligidan Yevropada yashashni orzu qilgan, niderlandlarga mehri baland. Xususan, hozirda Gollandiyaning «Valveyk» klubi darvozasini qo‘riqlamoqda.

REPPER

Karl TOKO-EKAMBI (24 yosh), Kamerun terma jamoasi hujumchisi. Asli kamerunlik «fransuz». Uni «bo‘ysinmas sherlar» safiga 2 yilcha oldin germaniyalik murabbiy Folker Finke tashabbusi bilan jalb etishdi. O‘sha vaqt «Pari» FK tarbiyalanuvchisi «Sosho»da o‘ynar va ikkinchi divizionda eng yaxshi futbolchi maqomini olishga da’vogarlik qilayotgandi. Karl yakunlangan mavsum sezilarli yuqorilab, elit ligada «Anje» uchun to‘p surdi. Qizig‘i, Toko-Ekambi yoshligida futbol va musiqa mashg‘ulotlarini uyg‘un holda olib borgan. To‘g‘rirog‘i, Fransiyada ancha mashhur sanalgan MZ (Mafia Zeutrei - «Mafiya 13») guruhida rep-ijrochi sifatida chiqish qilardi. Bu guruh asosan Parijning 13-okrugi vakillaridan tuzilganini aytish o‘rinli. Xususan, MS LOKA laqabiga ega futbolchi guruhning dastlabki 3ta albomi yozuvida faol ishtirok etgan. Ammo u 3 yilcha oldin «Sosho» bilan shartnoma tuzishi arafasida musiqiy faoliyatiga chek qo‘ydi. Natijada  MZ o‘tgan yili yopildi.

TALABALIK - IKKINCHI MASALA

Mikael NGADE-NGAJYUI (26 yosh),  Kamerun terma jamoasi himoyachisi. Mikael yoshligida «Kanon» (YAunde) klubida o‘ynagan va 2010 yili o‘qish maqsadida Germaniyaga yo‘l olgan. Biroq afrikalik yigit nemislar yurtida darhol 9-divizion ishtirokchisi bilan shartnoma tuzadi. Xullas, futbol bahona onasining oliy ta’lim olish haqidagi talabini sekin-asta unutadi.

Muhimi, futboldagi ishlari binoyidek yurishadi va qisqa vaqt ichida «Nyurnberg»ning ikkinchi jamoasida o‘ynash darajasigacha ko‘tariladi. Keyin Ruminiyaning «Botoshani» klubi safida o‘ynadi va o‘tgan mavsum «Slaviya» (Praga) bilan Chexiya chempioni bo‘ldi. Chexlar kamerunlikni oppoq «Mersedes» bilan taqdirlashgani uning «oltin» yo‘lida katta xizmat qilganidan dalolat. Ngade-Ngajyui Kamerun milliy jamoasidagi debyutini o‘tgan yilning sentyabrida nishonladi.

Muhimi, u qisqa vaqtda tajribali Nikolya Nkulu («Lion»)ni asta-sekin asosiy tarkibdan «siqib» chiqardi. «Ko‘cha futboli vakiliman,-deydi Mikael o‘z haqida. - Deylik, futbolga darvozabon sifatida kirib kelganman va keyinchalik markaziy hujumchi va yarim himoyachi rolida ham maydonga tushdim. Faqat «Nyurnberg»da meni sof markaziy himoyachiga aylantirishdi-qo‘yishdi».

TENGQUR QARINDOSH DARVOZABONLAR

Andre ONANA (21 yosh) va Fabris ONDOA (21 yosh), Kamerun terma jamoasi darvozabonlari. Kamerun termasi «zayavka»sidan joy olgan ikki kiper yaqin qarindoshlar hisoblanadi (amakivachchalar). Shubhasiz, Onana ancha mashhur. U oxirgi mavsum «Ayaks»ning Yevropa Ligasi finaliga chiqishida katta rol o‘ynadi. Aytish joiz, Andre Gollandiya klubida asosiy golkiper ekanligini tasdiqlash uchun Afrika kubogi-2017da ishtirok etishdan ham voz kechib,  qit’a chempioni bo‘lish imkoniyatini boy berdi. Zero, turnir tarkibi keskin yoshartirilgan «bo‘ysinmas sherlar»ning kutilmagan va yorqin g‘alabalari bilan tugadi. Millatlar kubogida Kamerun termasi darvozasini Ondoa  ishonchli tarzda qo‘riqladi. «Barselona» futbol maktabi chig‘irig‘idan o‘tgan Fabris ayni payt ikkinchi divizion vakili - «Ximnastik» (Tarragona)ga tegishli.

Ondoa avvalgi mavsum «Sevilya» o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynadi (ijara asosida). Umuman, yevroarenadagi kamtarin maqom uning xalq qahramoni bo‘lishiga xalaqit bergani yo‘q. Misol uchun, Fabris Afrika kubogi chorak final o‘yinidan keyingi penaltilar seriyasida jasorat ko‘rsatib, g‘oliblik uchun asosiy favorit sanalgan Senegal termasini shunchaki, yig‘latdi. Ya’ni Sadyo Mane zarbasini bartaraf etish asnosida jamoasini yarim final sari olg‘a boshladi va o‘zi turnirning ramziy termasi tarkibidan joy oldi. Kamerunlik xonanda Gi Zambo keyinchalik qahramon darvozabon sharafiga hattoki, qo‘shiq yaratdi - «Fabris Ondoa, sen eng yaxshisi». Jamoa bosh murabbiyi Xugo Brosning aytishicha, Ondoa hamon birinchi raqamli kiper bo‘lsa, Onana uning zaxirachisi sanaladi.

Konfederasiyalar kubogi-2017: 10 nafar eng qimmatbaho ijrochi

1. Krishtianu RONALDU (Portugaliya) - 100 mln. yevro

2. Aleksis SANCHES (CHili) - 65 mln. yevro

3. Bernardo SILVA (Portugaliya) - 40 mln. yevro

4. Arturo VIDAL (CHili) - 37 mln. yevro

5. Yulian DRAKSLER (Germaniya) - 35 mln. yevro

6-7. Shkodran MUSTAFI (Germaniya) - 30 mln. yevro

6-7. Joau MARIU (Portugaliya) - 30 mln. yevro

8. Uilyam Karvalyo (Portugaliya) - 28 mln. yevro

9-10. Adriyen SILVA (Portugaliya) - 25 mln. yevro

9-10. Mark-Andre ter SHTEGEN (Germaniya) - 25 mln. yevro

-- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- -- --

P.S.: transfermarkt.de ma’lumoti bo‘yicha.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:10, 26.06.2017. O'qildi: 10705 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.