Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10126 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3133 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shohruz Norxonov: "Babayanning «Obod»ga kelishi haqida eshitdim"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Oliy ligada birinchi davra yakuniga yetgan pallada turnir jadvalining quyi qismida yaqqol autsayder deyarli oydinlashib qoldi.

O‘tgan yili oliy ligada debyutini nishonlab, mavsum oxirida kuchlilar safidagi o‘rnini saqlab qolgan «Obod» hozircha 9 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. Qolaversa, jamoaning ikkinchi davrada qatnashishi ham dargumon.

Ushbu klubning yetakchi futbolchilaridan biri, o‘tgan yili oliy ligada 14ta gol urgan Shohruz Norxonov bilan uyushtirgan suhbatimiz chog‘ida ushbu gap-so‘zlar bejiz tarqamaganiga amin bo‘ldik.

- Shohruz, birinchi davraning so‘nggi turini «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazib, yirik hisobda yutqazdinglar. «Obod» shunday mag‘lubiyatga loyiqmidi?

- Menimcha, unday emas. Shunchaki, o‘sha kuni «Paxtakor» yaxshiroq o‘ynadi va yuzaga keltirilgan vaziyatlardan bizga qaraganda unumli foydalana bildi. Qaysidir ma’noda, mag‘lubiyatga o‘zimiz ham sababchi bo‘ldik. Raqib jamoa futbolchilariga erkin harakat qilishlari uchun imkoniyat berdik.

- «Obod» birinchi davrani omadsiz o‘tkazdi. Bu avvaldan kutilganmidi yoki?..

- Ochig‘i, bunday bo‘lishini, shu darajada ko‘p ochko yo‘qotishimizni kutmagandik. Lekin jamoamizdagi mavjud sharoitda ham yigitlar astoydil harakat qilishdi. Har bir o‘yinda ijobiy natija uchun maydonga tushdik. Ya’ni, zimmamizdagi professionallik burchini ado etishga intildik.

- Sharoitlar rostdan ham yaxshi emasmi?

- Boshqa jamoalar bilan taqqoslaganda, yaxshi sharoitda emasdik, demoqchi bo‘ldim.

- Maoshlarni vaqtida olyapsizlarmi?

- Kechikib bo‘lsada olyapmiz.

- Oxirgi marta qaysi oyning maoshini berishdi?

- Hammasini desam ham bo‘ladi.

- Maoshlar berilayotgan ekan, unda muammo nimada?

- O‘ziga yarasha boshqa muammolar bor. Bir tomondan omad ham bizga kulib boqmayapti. Ba’zi o‘yinlarda raqibga nisbatan ustunlikka ega bo‘l-yapmiz-u, lekin buni yakuniy natijada aks ettira olmayapmiz. Qolaversa, tan olish kerak, raqiblar real holatda bizdan kuchliroq.

- «Obod» oliy liganing qolgan jamoalaridan kuchsizmi?

- Bir qarashda buni turnir jadvaliga qarab ham aytish mumkin. Lekin birinchi davrada bizga ko‘proq omad yetishmadi. Asosiy muammolardan biri ham shunda bo‘ldi.

- «Obod»ning ikkinchi davrada o‘ynamasligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu ma’lumot qanchalik haqiqatga yaqin?

- Ushbu masalani klub rahbariyati hal qiladi.

- Shunday gap bormi?

- Matbuotda, ko‘chada, odamlar orasida men ham shu haqida eshitdim. Yuqorida aytganimdek, bu masalani jamoamiz rahbarlari hal qilishadi.

- Demak, hozircha vaziyat jiddiyligicha qolmoqda, shundaymi?

- Ha.

- Samvel Babayan jamoani qabul qilib olishi mumkinligini aytish-yapti. Bu xabarni siz ham eshitdingizmi?

- Eshitdim. Bu so‘nggi paytda milliy terma jamoadan so‘ng eng ko‘p muhokama qilinayotgan masalalardan biri. Hamma uchun juda qiziq mavzu.

- Agar shunday bo‘lib chiqsa, bu klub uchun yaxshi xabar bo‘ladimi?

- Menimcha, shunday. «Obod» oliy ligadagi ishtirokini davom ettiradi va ikkinchi davrada o‘zini ko‘rsata oladi, deb o‘ylayman.

- «Obod»da qolasizmi yoki jamoadan ketishingiz aniq bo‘lib ulgurdimi?

- Katta ehtimol bilan ikkinchi davrani boshqa klubda boshlayman. O‘zim uchun bir qarorga keldim.

- Lekin klub rahbariyati bunga osonlikcha rozi bo‘lmasa kerak?

- Hozirgi holatda ketishimga qarshilik ko‘rsatishmaydi, deb o‘ylayman.

- Mavsum boshida Toshkentning 3ta jamoasi - «Bunyodkor», «Paxtakor» va «Lokomotiv» sizni o‘z safiga chorlagandi. O‘sha takliflar hali ham o‘z kuchidami?

- Ha, kuchida deb o‘ylayman. Takliflar yetarlicha bo‘lyapti. Hammasini taroziga qo‘yib, yaqinlarim bilan maslahatlashib, bir qarorga kelaman.

- Shartnomaning hali ikki yili bor, shundaymi?

- «Obod» bilan 3 yillik bitim imzolaganman. Keyingi yil so‘nggida erkin agentga aylanaman. Ayni payt transfer huquqim «Obod»ga tegishli.

- Klub rahbarlari bundan foydalanib, transfer bahosini juda oshirib yuborishlari mumkin. Bundan xavotirga tushmayapsizmi?

- O‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, oldinga qadam tashlashda davom etishim shart. Bunday holatda klub rahbariyati ham meni tushunib, qo‘llab-quvvatlasa kerak. Aytishim mumkinki, «Obod» rahbariyati kuchliroq jamoaga o‘tishim tarafdori.

- Demak, ular bunga qarshilik qilishmaydi?

- Xuddi shunday.

- Qaysi jamoaning taklifi jiddiyga o‘xshab ko‘rinyapti?

- Muxlislar buni vaqti kelib bilib olishadi.

- «Bunyodkor»ga o‘tishingiz haqida ham xabar chiqdi...

- Ha, bu ma’lumotni tasdiqlayman. Fikrimcha, hozirgi holatda aynan «Bunyodkor» men uchun eng to‘g‘ri tanlov bo‘ladi.

- Sizni shaxsan Mirjalol Qosimovning o‘zi jamoada ko‘rishni istayaptimi?

- Bilmadim, buni ham vaqt ko‘rsatadi.

- «Bunyodkor» ustozi bilan gaplashdingizmi?

- Hali hech narsa hal bo‘lmadi. Lekin shaxsan o‘zim «Bunyodkor»ga o‘tish tarafdoriman.

- Bu yilgi chempionatimiz bahslari avvalgilaridan farq qilyapti. Turnir jadvaliga e’tibor qaratsangiz, yetakchi jamoalar bir necha tur mobaynida autsayderlar safida yurishdi. Siz o‘tishingiz kutilayotgan «Bunyodkor»ning hozirgi o‘rni o‘ziga umuman mos emas. Aksincha, o‘rtamiyona klublar peshqadamlar safida borishyapti. Nima deb o‘ylaysiz, bu vaqtinchalik holatmikan?

- Mazkur masalada bir narsa de-yish qiyin. «Qo‘qon-1912» birinchi davrani ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi. Jamoa bejizga ikkinchi o‘rinni egallab turgani yo‘q. Bu yerda murabbiylarning ishi ham ko‘rinib turibdi. «Olmaliq»ning maqsadi ham jiddiyga o‘xshayapti. Ikkinchi davrada chempionatimiz o‘yinlari hozirgidek qiziqarli kechsa kerak. Balki, bu borada adashayotgandirman. Lekin shaxsiy fikrim shunday. Ikkinchi davrada «Paxtakor» ham, «Bunyodkor» ham hali o‘z so‘zlarini aytishadi, deb o‘ylayman. Bu jamoalarda davralar oralig‘ida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Ishonchim komilki, chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun kurash yanada keskinlashadi. Grand klublarimizda ijobiy tomonga o‘zgarish yuz bergan taqdirda ham, «Navbahor», «Qo‘qon-1912», «Mash’al», «Olmaliq», «Dinamo» kabi jamoalar shunchaki tomoshabin sifatida qarab turishmaydi. Ular o‘yinlarda ochkolarni jamlashda davom etishadi.

- Millionlar o‘yinida «yulduzlik kasali» degan tushuncha bor. Ayniqsa, bu yosh futbolchilarimizga tegishli...

- Siz aytgan illatdan yiroqda yuraman. «Yulduzlik kasali» degan tushuncha men uchun faoliyatimning so‘nggiga qadar begona bo‘lib qolishiga intilaman. Ustozlarimning o‘gitlarini hech qachon unutmayman. Shu bilan birga ishlashdan, mehnat qilishdan to‘xtamayman.

- Oliy ligada tajriba to‘pladingiz va bu jarayon davom etmoqda. Lekin chempionatimiz elitasi siz uchun so‘nggi bekat bo‘lib qolmasligi kerak...

- Shu yoshimgacha hech qanday xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaganman. O‘tgan yili oliy ligada debyut qildim. Chempionatda 14ta gol bilan to‘p-urarlar poygasida uchinchi bo‘ldim. Bu bilan siz aytgandek, katta tajriba to‘pladim. Albatta, hamma futbolchilarda bo‘lgani kabi menda ham Yevropa chempionatlarida o‘ynash istagi bor. Buning uchun astoydil harakat qilishim kerak. Hech qachon mehnat qilishdan qochmayman. Shu orqali orzularimga yetishimni juda yaxshi bilaman. Jarohat olish haqida o‘ylamaslik lozim.

- Qaysi murabbiy qo‘l ostida ishlashni istardingiz?

- Murabbiy tanlamayman. Har bir mutaxassisning o‘ziga yarasha tajribasi va o‘yinni tashkil qilish uslubi bor. Ularning hammasidan nimanidir o‘rgansa bo‘ladi.

- Futbolchi bo‘lishingizda asosiy sababchi sifatida Vohid Xolboyevni ko‘rsatgan bo‘larmidingiz?

- Aynan shu murabbiy qo‘l ostida «Oq-tepa» jamoasida o‘ynadim. Ke-yin Vohid akaning o‘rniga boshqa murabbiy keldi. Buning natijasida o‘yinimda pasayish kuzatildi. Bir yil davomida maydonga tushmadim. Faqat mashg‘ulot o‘tkazish bilan cheklandim. Shunday holatda ham tushkunlikka tushmadim. O‘zim uchun mash-g‘ulot o‘tkazib turdim. Ko‘proq jismoniy holatimga e’tibor qaratdim. «Istiqlol» jamoasida bir yil asosiy tarkibda to‘p surdim, so‘ng «Obod» safiga borib qo‘shildim. Bu jamoada bosh murabbiy Bobur Zuhriddinov edi. Bugungi holatga kelishimga aynan Bobur aka sababchi bo‘lganlar, desam yanglishmayman.

- Turli ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda muxlislar tomonidan yozilayotgan izohlarga qanday fikr bildirasiz?

- Menga bo‘lgan ishonch uchun ularga katta rahmat aytmoqchiman. Biz faqat haqiqiy ishqibozlar uchun o‘ynaymiz. Fikrlarning aksariyati ijobiy ruhda ekanligidan xursand bo‘laman. Ba’zida tanqid ham uchrab turadi, ularni, agar o‘rinli bo‘lsa, to‘g‘ri qabul qilaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:26, 04.07.2017. O'qildi: 8102 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.