Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 18 37
2 Neftchi 18 36
3 OKMK 18 34
4 Dinamo 18 34
5 Navbahor 18 31
6 Bunyodkor 18 31
7 Paxtakor 18 30
8 Surxon 18 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 18 21
11 So‘g‘diyona 18 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 18 15
14 Mash’al 18 15
15 Buxoro 18 14
16 Sho‘rtan 18 10

O'tgan o'yinlar.

18-тур So‘g‘diyona 2-0 Mash’al
18-тур Neftchi 1-0 Nasaf
18-тур Dinamo 1-1 Paxtakor
18-тур OKMK 0-0 Qizilqum
18-тур Andijon 0-1 Navbahor
18-тур Sho‘rtan 1-2 Qo‘qon-1912
18-тур Buxoro 1-1 Xorazm
18-тур Surxon 3-1 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1204 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 469 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - ТСЦ (Бачка-Топола).
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Коджаэлиспор".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Интернасьонал".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Коринтианс".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - ТСЦ (Бачка-Топола).
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.08.2025

      07:25 "Физруки. Будущее за настоящим".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Команды. Техническая программа.
      12:25 "Культовые".
      12:55 Д/ф "В поисках самой сложной трассы".
      13:55 Сёрфинг. Альфа-Банк Wakesurf Cup 2025 в Москве. Wakeskim. Мужчины.
      15:30 Борьба. Международный турнир в Венгрии.
      17:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:55 "Физруки. Будущее за настоящим".
      20:30 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      22:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      22:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло. Произвольная программа. Финал.
      23:45 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Техническая программа. Финал.
      01:00 "Культовые".
      01:30 Д/с "Век нашего спорта". Татьяна Казанкина.
      02:05 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 5 в Санкт-Петербурге. Женщины.
      03:20 "Формула-1. Гаснут огни".
      03:50 Стрельба из лука. Чемпионат России во Владивостоке.
      04:50 "География спорта". Красногорск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.08.2025

      05:00 Д/ф "Брюс Ли. Путь воина".
      06:00 Новости.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      12:50 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Роман Долидзе против Энтони Эрнандеса.
      14:55 Специальный репортаж.
      15:15 Новости.
      15:20 Есть тема! Прямой эфир.
      16:45 "Взойди на свой Олимп".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:35 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      19:35 Смешанные единоборства. UFC 312 в Сиднее, Австралия. Дрикус Дю Плесси против Шона Стрикланда. Реванш.
      21:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Пари Нижний Новгород" - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      23:30 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:40 Евротур.
      02:30 Смешанные единоборства. ACA 183 в Краснодаре, Россия. Магомедрасул Гасанов против Шамиля Абдулаева.
      03:30 "Взойди на свой Олимп".
      04:00 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 5 в Санкт-Петербурге.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.08.2025

      06:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      08:00 Велоспорт. Женщины. Тур Польши. Этап 2.
      09:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 2.
      10:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      11:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      12:00 Велоспорт. Женщины. Тур Польши. Этап 2.
      13:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 2.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      15:00 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      18:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 4 в Лондоне, Великобритания. Женщины, мужчины.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала.
      21:30 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 3. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      02:00 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 1.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала.
      04:30 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Braziliyalik futbolchilarning Yevropa maydonlaridagi sarguzashti

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Braziliya futbol maktabidan yetishib chiqqan bu futbolchilar yuksak iqtidorlarini namoyish etish hisobiga xorij klublari e’tiborini o‘zlariga tortishadi.

Qarabsizki, hech qancha muddat o‘tmay, ularni «ko‘hna qit’a»ning mashhur klublari o‘z saflariga qo‘shib olishadi. Bu o‘yinchilarning ayrimlari yulduzlik darajasiga chiqqan bo‘lishsa, ba’zilari legioner sifatida bildirilgan ishonchni oqlay olishmagan.

Ammo ularni bog‘lab turadigan bir jihat bor - vaqti kelib, barchalari ona yurtlari Braziliyaga qaytishadi. Quyidagi maqolada aynan shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.

JO

Yoshi: 30

Qayerda tanildi? SSKA, «Manches­ter Siti», «Everton»

Braziliyaga qaytgan yili: 2017

Hozirgi klubi: «Korintians»

Mavsumdagi statistikasi: 9ta o‘yin, 5ta gol}2ta assist

Jo faoliyatini «Korintians»da boshlagan. Bu klub libosida 81ta uchrashuv o‘tkazdi, keyin esa SSKA bilan shartnoma imzoladi. Rossiyada 18 yoshida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki mavsumda o‘zining ajo­yib jihatlarini ko‘rsatib, 30ta to‘p kiritishga erishgan hujumchi keyinchalik 18 million funt evaziga «Manchester Siti» safiga o‘tdi. Lekin shoshilinch qaror o‘zini oqlamadi. Jo «shaharliklar» tarkibida shunchaki «yo‘qolib qoldi», so‘ngra «Everton» va «Galatasaroy» kabi klublarda ijara asosida vaqtini o‘tkazib yurdi. Uning o‘z yurtiga birinchi qaytishi 2011 yilga to‘g‘ri keldi.

«Internasionale» va «Atletiko Mineyro»dagi besh mavsumdan so‘ng Jo yana legioner nomini oldi. Uning bu safargi sayohati Osiyoning BAA mamlakatiga bo‘ldi. 2015|2016 yillarni «Al-SHabab»da o‘tkazgan braziliyalik keyingi mavsumni yana boshqa bir klubda boshladi. Bu safargi jamoasi Xitoyning «Jiangsu Suning»i bo‘ldi. Chin yurtidagi sayohat ham uzoqqa cho‘zilmadi. Aniqrog‘i, bir mavsum davom etdi. Keyin esa 30 yoshli futbolchi o‘zining qadr­don jamoasi - «Korintians» safiga qo‘shildi. Hozir bu «xalq jamoasi» chempionat yetakchisi bo‘lib, o‘tkazilgan 9ta turda umuman mag‘lubiyatga uchramadi. Jo esa shu klub yetakchilaridan biri.

DIYEGO

Yoshi: 32

Qayerda tanildi? «Verder», «Volfsburg»

Braziliyaga qaytgan yili: 2016

Hozirgi klubi: «Flamengo»

Mavsumdagi statistikasi: 6ta o‘yin, 3ta gol}2ta assist

Diyegoni «Portu» Dekuga o‘rinbosar sifatida xarid qilgandi. Ammo braziliyalik futbolchining «ajdarlar» safida o‘yini ochilib ketmadi. Lekin uning «Verder»dagi faoliyati shunchaki tahsinga sazovor. Bundesligadagi har bir mavsumida Diyego 12-13tadan ko‘p gol urardi. Biroq bremenliklar turnir jadvalining kuchli o‘nligidan uyog‘iga o‘tolmasdilar. Ke­yinchalik braziliyalik futbolchi Turin grandi - «Yuventus» safiga qo‘shildi. Italiyadagi yillar haqiqatni tushunish uchun yetarli bo‘ldi: Diyego «A» seriyasi uchun yaralmagan. «Volf­s­burg»­da uning ishlari yanada yurishib ketdi, ammo bu kuchli jamoa emasdi. «Atletiko»dagi ijara va Turkiyada o‘tgan yillar Diyegoga shuhrat keltirmadi va futbolchi o‘z yurtiga qaytdi. «Flamengo» tarkibida samaradorlik yuqori bo‘lmasa ham o‘yin bobida barqarorlik joyida.

Ze ROBERTO

Yoshi: 42

Qayerda tanildi? «Bavariya»

Braziliyaga qaytgan yili: 2012

Hozirgi klubi: «Palmeyras»

Mavsumdagi statistikasi: 3ta o‘yin

43 yoshli Dmitriy Loskovning qarori xato bo‘ldi. Chunki shu yoshdagi Ze Roberto hali tinganicha yo‘q. O‘tgan yili u «Palmeyras» bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgandi. Bu yutuqda «qariya»ning xizmatlari yetarli darajada bo‘lgan. Futbolchi 6 yil oldin 37 yoshlik chog‘ida «Gamburg»dan Qatarga yo‘l olgandi. Bu esa uning xorijdagi so‘nggi safari bo‘ldi. Ke­yinchalik Ze Roberto o‘z yurtida moliyaviy jihatdan maqtana olmasada, shunga qaramay, kuchlilar safida boradigan «Gremio» va «Palmeyras»da ajoyib o‘yinlar o‘tkazdi. Ishonish qiyindir, ammo 20 yil oldin Ze Roberto Madridning «Real» klubi asosiy tarkibida maydonga tushardi.

Luis FABIANO

Yoshi: 36

Qayerda tanildi? «Sevilya»

Braziliyaga qaytgan yili: 2017

Hozirgi klubi: «Vasko da Gama»

Mavsumdagi statistikasi: 8ta o‘yin, 5ta gol}2ta assist

Bir paytlari Kanute-Luis Fabiano tandemidan uncha-muncha raqib cho‘chirdi. Aleksandr Kerjakov esa bu ikki futbolchining qaysi biridandir ustun kelishga qodir emasdi. Fabiano primeradagi 30ta o‘yin­da o‘z hisobiga 24ta gol yozdirib qo‘ygan. Braziliyalik futbolchining Ispaniyadagi oxirgi mavsumi 2011 yilga to‘g‘ri keldi. U muntazam ravishda asosiy tarkibda o‘ynadi, ke­yinchalik o‘z yurtiga qaytib, «San-Paulu» safiga qo‘shildi. Braziliyadagi besh mavsumdan so‘ng pullar uni Xitoyga chorladi va Chin yurti birinchi ligasida o‘ynadi. «Tyanjin Jianye» tarkibida 28ta uchrashuvda maydonga tushgan Fabiano 22ta gol urishga erishdi. Bu gollar klubning elitaga yo‘l olishida katta rol o‘ynadi. Shundan so‘ng 36 yoshli futbolchi yana o‘z yurtiga ravona bo‘ldi.

GRAFITE

Yoshi: 38

Qayerda tanildi? «Volfsburg»

Braziliyaga qaytgan yili: 2015

Hozirgi klubi: «Atletiko Paranaense»

Mavsumdagi statistikasi: 7ta o‘yin

Bu futbolchi «Volfsburg»ning bundesligadagi birinchi chempionligini nishonlashida eng asosiy qahramonlardan biri bo‘lgan. Jeko-Grafite juftligi o‘sha mavsum 54ta gol urgandi. Ularning statistikasida deyarli tenglik bo‘lgan: 28ta braziliyalikda, 26ta bosniyalikda. Bu paytga kelib Grafite 30 yoshni qarshilagandi. Keyinchalik yana yarim yil «bo‘rilar» tarkibida o‘ynagan braziliyalik futbolchi faoliyatini BAA va Qatar chempionatlarida davom ettirdi. Osiyodagi to‘rt yillik «izg‘ish»dan so‘ng Grafite yana o‘z vataniga - bu safar Braziliyaning ikkinchi ligasiga qaytdi. «Santa Kruz»­dagi 19ta o‘yinda o‘z nomiga 13ta gol yozdirib qo‘ygan futbolchining ke-yingi faoliyati «Atletiko Paranaense» bilan bog‘landi.

Felipe MELO

Yoshi: 33

Qayerda tanildi? «Fiorentina», «Yuventus», «Galatasaroy»

Braziliyaga qaytgan yili: 2017

Hozirgi klubi: «Palmeyras»

Mavsumdagi statistikasi: 4ta o‘yin

Yevropadagi faoliyatini Ispaniya­da boshlagan Felipe Melo «Malyorka», «Rasing» va «Almeriya»dagi «yurishi»dan so‘ng Italiyaning «Fiorentina» klubiga o‘tdi. U yerda o‘zini ko‘rsata olgan futbolchi 25 million yevro evaziga «Yuventus» a’zosiga aylandi. Ammo Melo Turinda o‘zini ko‘rsata olmay, borgan sari pastga sho‘ng‘ib, keraksiz o‘yinchiga aylanib qoldi. Keyinchalik ijara asosida «Galatasaroy»ga o‘tgan Felipe yuqori darajada o‘yinlar ko‘rsatib, ajoyib mavsum o‘tkazdi. Natijada turklar uning transfer huquqini to‘laligicha sotib olishdi. Ikki yil mobaynida o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan futbolchi yana Italiyaga qaytdi. Bu safar «Inter» tarkibiga. «Neradzurri» hozircha futbolchining Yevropadagi so‘nggi jamoa­si bo‘lib qolmoqda. Ayni payt Felipe Braziliyaning «Palmeyras» klubida faoliyat olib bormoqda.

Mishel BASTOS

Yoshi: 33

Qayerda tanildi? «Lill», «Lion»

Braziliyaga qaytgan yili: 2014

Hozirgi klubi: «Palmeyras»

Mavsumdagi statistikasi: 5ta o‘yin

«Lill»dagi fantastik mavsumi bilan tanilgan «Palmeyras»ning yana bir futbolchisi. Bastos o‘shanda gol}pas tizimi bo‘yicha 26 ballga sazovor bo‘lgandi. So‘ngra Fransiyaning o‘sha paytlardagi gegemoni - «Lion» safiga ko‘chib o‘tdi. Mishelning jamoadagi davri yaxshi kechdi va jami uch yarim mavsum «sherlar» sharafini himoya qildi. Uning «Shalke» safiga o‘tishi xato bo‘ldi va u yerdan BAAga yo‘l olgan futbolchi ijara asosida «Roma»da ham o‘ynadi. Keyinchalik o‘z vataniga yo‘l oldi. Navbatdagi uch mavsumni «San-Paulu»da o‘tkazgan vinger mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. 2017 yildan esa «Palmeyras» safiga qo‘shildi.

BRENO

Yoshi: 27

Qayerda tanildi? «Bavariya»

Braziliyaga qaytgan yili: 2015

Hozirgi klubi: «Vasko da Gama»

Mavsumdagi statistikasi: 9ta o‘yin

Breno yoshligidan juda iqtidorli bo‘lgan. «San-Paulu» tarbiyalanuvchisi «Bavariya»ga o‘tganida endigina 19 yoshda edi. Ammo Germaniyadagi to‘rt yilning ikkitasida taxminan 10 martadan maydonga tushdi. Keyinchalik ijara asosida «Nyurnberg» safiga qo‘shildi, biroq bu jamoadagi faoliyati ham yaxshi chiqmadi. Brenoning bunday taqdiriga alkogol ichimliklarning ham ta’siri bor, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Zero, 2011 yili futbolchi mana shu va boshqa bir qator salbiy odatlari tufayli 9 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. 2015 yili jonajon «San-Paulu»si orqali yana futbolga qaytdi. Hozirda ijara asosida «Vasko da Gama» sharafini himoya qilmoqda.

MAYKON

Yoshi: 35

Qayerda tanildi? «Inter»

Braziliyaga qaytgan yili: 2017

Hozirgi klubi: «Avai»

Mavsumdagi statistikasi: 1ta o‘yin

Maykon Mourinyo boshqaruvidagi «Inter»da yuqori darajadagi o‘yinlar ko‘rsatdi. O‘sha mavsum «qora-ko‘klar» «oltin dubl» qayd etib, Chempionlar Ligasi g‘olibligi va Italiya chempionligini qo‘lga kiritishgandi. Maykon esa dunyoning eng kuchli o‘ng qanot himoyachilaridan biriga aylandi. Keyinchalik Joze Mourinyo braziliyalik himoyachini «Real»da ham ko‘rishni xohlagandi. «Qaymoqranglilar» uni sotib olishga urinib ko‘rishdi. Ammo shayxlar braziliyalikni «Manchester Siti»ga chorlashdi. Futbolchining Angliyadagi faoliyati ko‘ngildagidek chiqmadi. Sabaleta bilan raqobatda yutqazgan Maykon bir yildan so‘ng «Roma»ga o‘tdi. Maydonga kamdan-kam hollarda tushsada, shartnomasining oxirigacha «bo‘rilar» safida qoldi. Keyin esa o‘z vataniga qaytib, «Avai» a’zosiga aylandi. Maykonning ishlari Braziliyada ham yaxshi kechayotgani yo‘q. Futbolchi joriy mavsum bor-yo‘g‘i bir marta maydonga tushgan, xolos.

FRED

Yoshi: 33

Qayerda tanildi? «Lion»

Braziliyaga qaytgan yili: 2009

Hozirgi klubi: «Atletiko Mineyro»

Mavsumdagi statistikasi: 7ta o‘yin, 2ta gol}1ta assist

«Lion»ning eng gullagan va Fransiya futbolida gegemonlik qilgan davrlarida uning tarkibida Fred ham bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi jamoaning uch marotaba mamlakat oltin medallarini olishida yordamlashgan. Ammo stadion bilan bog‘liq vaziyat tufayli futbolchi o‘z yurtiga qaytdi. «Fluminense»da o‘tkazgan ajoyib yetti yili mobaynida Luis Felipe Skolari uni terma jamoaning asosiy forvardlaridan biriga aylantirdi. 2016 yili «Atletiko Mineyro»ga ko‘chib o‘tgan hujumchi hozirda aynan shu jamoa sharafini himoya qilmoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:01, 29.07.2017. O'qildi: 6027 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Андижон Rustam Turdimurodov 5
10 Нефтчи Zoran Marushich 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.