Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ulkan orzular sari odimlayotgan Son Hyon Min

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

APLning o‘tgan mavsumi Son Hyon Min uchun ancha muvaffaqiyatli kechib, «Tottenhem»ning barcha turnirlarda 20tadan ortiq gol urgan uch futbolchisidan biriga aylandi.

Bombardir.ru bundesliga va Angliya premyer-ligasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, mahalliy muxlislar yoqimtoyiga aylangan osiyolik yarim himoyachi haqida so‘z yuritadi. JCH-2018 saralashida J.Koreya termasining O‘zbekiston milliy jamoasiga raqib ekani inobatga olinsa, bu futbolchi haqidagi ma’lumot mamlakatimizdagi muxlislarni befarq qoldirmasligi tayin.

Ha, tumanli o‘lkada navbatdagi Janubiy koreyalik yulduz paydo bo‘ldi. Pak Ji Sun ketgach, uning joyi uzoq vaqt bo‘sh turmadi - «MYU» legionerining o‘rnini Son Hyon Min egallab, «shporlar»ning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylandi.

Dastlab uning ishlari unchalik qovushmadi, ammo jarohat olgan Xarri Keynning pozisiyasini egallagach, murabbiy ishonchini to‘liq oqladi.

Koreyslarga xos bo‘lmagan baland bo‘yga ega Son o‘smirlik chog‘laridayoq ko‘pchilikning yodida qoladigan o‘yin namoyish etib, J.Koreya futbol federasiyasining maxsus dasturida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Rejaga ko‘ra, mahalliy futbolchilardan uch nafari bundesliga klublarida ko‘rikdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishardi. Sinovdan esa mazkur trio ichidagi eng yaxshisi - Hyon Min muvaffaqiyatli o‘tdi. Shu tariqa u «Gamburg» akademiyasiga qabul qilindi.

Koreyalik iqtidor egasi bu voqeani o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida nishonlab, o‘z termasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. «Gamburg»ga qaytganidan so‘ng Son raqib jamoa futbolchilarini birin-ketin aldab, darvozani ishg‘ol qildi. Biroq Germaniya muhitiga ko‘nikishda qiynaldi. «Evropaga 16 yoshimda ko‘chib o‘tdim.

Albatta, avvaliga qo‘rqdim. Shu yoshda bu yerga qanday moslasha olganimni o‘zim ham tushunolmayman. Lekin chin ko‘ngildan orzumni ro‘yobga chiqarishni xohlardim. Aftidan, buni olmon yurtiga men bilan birga tashrif buyurgan ikki hamyurtimdan ko‘ra ko‘proq istadim, shekilli, natijada Germaniyada qoldim».

Asosiy jamoadagi debyut o‘zini ko‘p kuttirmadi. O‘sha paytlari «dinozavrlar»ga ustozlik qilgan Armin Fe jarohatlar ko‘payib ketgani bois, 18 yoshli koreysni tarkibga kiritdi.

Mavsumoldi yig‘inlarda gollar urdi, ammo «Chelsi»ga qarshi kechgan bahsda shikastlanib, ikki oyga safdan chiqdi. Jarohatdan tiklangach esa «Kyoln» darvozasini qoyilmaqom tarzda ish-g‘ol qilib, afsonaviy Manfred Kalsning rekordini yangiladi: eng yosh gol muallifiga aylandi.

«Iqtidor», «Yangi Cha Bum Kun», «koreyalik Myuller» - matbuotda yigitchaga shu kabi taxalluslar qo‘yildi. Son jamoasiga nafaqat o‘z gollari, balki moliyaviy jihatdan ham foyda keltirardi.

Aniqrog‘i, Janubiy Koreyaning Kumho Tyres hamda Hanwha kompaniyalari iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan «Gamburg»ga homiylik qilib, uni jar yoqasidan olib chiqishdi. Klub hisobiga o‘tkazilgan millionlab yevrolar juda asqotdi.

Son Germaniya futbolidan huzurlanardi: «J.Koreyadagi futboldan zerikkanman, bu yerda esa o‘sishga erishishim mumkin. O‘z yurtimda kuniga 3-4 soat shug‘ullanardim, talabchanlik yuqori edi.

Olmon yurtida esa hammasi boshqacha: individual va jamoaviy mashg‘ulotlar, fitnes-testlar. Erkinlik birinchi planga chiqadi. Germaniyada futbolga nisbatan kuchliroq e’tibor qaratishadi. Umuman, bu yerda hamma narsa yaxshi. Umrbod bundesligada qolishga qarshi bo‘lmasdim».

Hyon Minning o‘yinlari «Bayer»ga yoqib qoldi. U Yevropaning top-4 chempionatlarida 10tadan ortiq gol urgan osiyolik to‘rtinchi futbolchiga aylangandi. 2013 yili «dorishunoslar» koreyalikni o‘z saflariga qo‘shib olishdi. Son hujumda Shtefan Kissling bilan ajoyib tandem hosil qilib, nafaqat Germaniya, balki butun jahon hamjamiyatini «ko‘hna qit’a»ga uzoq vaqt va muvaffaqiyatli faoliyat yuritish maqsadida kelganiga ishontira boshladi.

Bolaligida otasi boshchiligida o‘tkazgan mashg‘ulotlari ham asqotdi: «Agar otam bo‘lmaganida, hozirgi darajamga chiqolmasdim. U har kuni men bilan ikki mahal shug‘ullanib, mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormasligimni ta’minlardi. Oson emasdi, qiynaldim, lekin otam futbol haqida ko‘p narsa bilgani holda, bilimini menga o‘tkazishga intilardi.

To‘pni qabul qilish va boshqa bazaviy jihatlarni o‘zlashtirishim lozimligini uqtirib, shu yo‘nalishda ko‘proq ishlardi. Busiz buyuk futbolchiga aylanib bo‘lmasligini bilardi».

Garchi Son ulfatchilikni yoqtirsada, befoyda ko‘cha kezgandan ko‘ra, yaxshisi, uyda yolg‘iz qolib, koreys filmlarini tomosha qilishni ma’qul ko‘rardi. Leverkuzenni yaxshi bilmasdi, ammo bazadan stadiongacha bo‘lgan yo‘nalishni bilsa, kifoya edi. Hozir Hyon Min Londonda yashamoqda, tez-tez piyoda yuradi.

Aprelda Son liganing eng yaxshi o‘yinchisi nomiga munosib ko‘rildi, chempionat yakunida esa Cha Bum Kunning uzoq yillik rekordini yangiladi: Yevropada bir mavsum davomida 21ta gol urdi.

Osiyoning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi Sonda o‘zining yoshligini ko‘rayotganini bildirdi: «Uning ajoyib driblingini kuzatarkanman, o‘z o‘yinlarim yodimga tushadi», deydi Cha Bum Kun. Hyon Minning o‘zi ham afsonaviy hamyurtining darajasiga chiqish niyatida ekanini yashirmaydi. Angliyada Son yangi jamoaga tezda moslashdi, hozir ham uning transferi uchun to‘langan 30 million haqida ko‘pchilik unutgan.

Vimmerga bergan intervyusi, koreyalik ishqibozi bilan uchrashuvi - Hyon Min OAVda ancha taniqli shaxs, demak o‘z yurtidagi investorlarni tez orada «Tottenhem»ga ham jalb etsa, aslo ajablanmaymiz. Hozircha esa Son yangi mavsum boshlanishini kutmoqda - uni yanada yaxshiroq o‘tkazish niyatida.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:49, 14.08.2017. O'qildi: 3697 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.