Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga osmonida momoqaldiroq...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbol muxlislari ustozlar bayrami oqshomini o‘zgacha shukuh bilan qarshilashdi. Ustozni qutlash, uning sha’niga olqishlar aytish - shogirdlar uchun katta baxt. E’zozdan baxtiyor ustoz, qutlash imkonidan shod shogirdlar bayram oqshomi miriqib futbol tomosha qilishdi. Biz bu xulosani anchagina ishonch bilan aytmoqdamiz. Sezgan bo‘lsangiz, gap «Navbahor» - «Paxtakor» uchrashuvi haqida bormoqda.

«Sport» telekanali shu uchrashuvning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyasi misolida o‘zgarishlar sari yana bir qadam tashladi. Bo‘lar ekan-ku, shunday bahslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatsa. Ochig‘i, ham o‘yin, ham translyasiyadan yayradik. Go‘yo yevrofutbol tomosha qilayotgandek bo‘lishdi muxlislar. Albatta, bu kabi mubolag‘a uchun bizni ayblamaysiz. Negaki, Namangandagi bahsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi bilan qancha-qancha muxlislar orzulari ushaldi. Endi shu xayrli ish to‘xtab qolmasa, bas! «Sport» telekanali ijodkorlari ham o‘ziga xos «syurpriz» uchun aynan «Navbahor» - «Paxtakor» o‘yinini tanlab, g‘oyat oqilona yo‘l tutishdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular tanlagan taktika o‘zini oqladi. Bahs kutilganidek bayramona va qizg‘in kechdi. Boshqalarni bilmadik, ammo biz «Everton» - «Bernli», «Benevento» - «Inter», «Lokomotiv» - «Dinamo» uchrashuvlarini kuzatishga oshiqmadik. Ilk bor «Futbol-1», «Futbol-2», «Match- TV»larni tinch qo‘ydik. Negaki, Namangandagi bahs bilan ketma-ket efirga uzatilgan bu o‘yinlar u qadar qiziqtirmadi. Balki bu ham «Sport» telekanali taktikasining uzviy qismidir. Fakt shuki, «Navbahor» - «Paxtakor» uchrashuvi yevrofutboldagi markaziy bahslar soyasida qolib ketmadi. Xullas, hamma-hammasi «Sport»ning uzviy maqsadini qo‘llab-quvvatladi. Bu vaqtga kelib, muxlislar «Arsenal» - «Brayton» uchrashuvini kuzatib ulgurishgandi. O‘ylaymizki, ko‘pchilik «Barselona» - «Las-Palmas» o‘yini tomoshasini ham nari surgan. Nari surmaganlar esa keyinchalik afsuslangan bo‘lsalar, ajabmas.

Ha, yakshanba kuni «Navbahor» va «Paxtakor» ishtirokida katta harflar bilan yoziladigan O‘YIN ko‘rdik. «Sherlar» shijoati tom ma’noda sinovdan o‘tdi. Yo‘q, yo‘q, Shota Arveladze Namangan futboliga murabbiylik sinovini topshirdi. «Navbahor» bu o‘yinda borini berib to‘p surdi. Ilhom Mo‘minjonov butun borlig‘i bilan harakatni boshqardi. Namanganda «sherlar»ning g‘olibona na’rasi yangramadi. Shota Arveladze shogirdlari bir muddat tin olishdi. Namangan stadioni fusunkor muhiti unga Tbilisidagi futbol bayramlarini eslatdi. Gruzin mutaxassisi «Navbahor» timsolida o‘zbek futbolining shashtu-shijoati, nimalarga qodirligini ko‘rdi. Shuningdek, milliy terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlar aslida aldamchi taassurot ekanligiga iqror bo‘ldi, nazarimizda. Ha, barchamiz bosh jamoamizdan shunday shijoatni so‘ragandik. Afsuski, termamiz shijoat nimaligini oxirigacha anglab yetmadi. Hattoki, muxlislar ham milliy futbol makonimizda shijoat bilan kechadigan o‘yinlar bo‘lishiga asta-sekin shubhalana boshlashgandi. Shijoatning bari Angliya premyer-ligasiga taqsim qilib berilgandek edi, go‘yo. Hamma asta-sekin xotirjam o‘yinlar ruhiga ko‘nikayotgandi. Igor Sergeev ham o‘sha xotirjamlik qo‘ynida gollar urayotgandi. Shota Arveladze esa «Lokomotiv» ustidan qozonilgan g‘alaba sururi bilan «Tamom! Endi «Paxtakor»ga teng keng keladigan jamoa yo‘q oliy ligada!» deya g‘alaba kayfiyatini surayotgandi. Ayrimlar «Igor Sergeev va Otabek Shukurov qandaydir bosim ostida milliy  jamoamiz uchun astoydil to‘p surolmagan, nihoyat, barchasidan qutilib, o‘zlarini ko‘rsatishmoqda» qabilida xayolga cho‘mishgandi. Shunday pallada oliy liga osmonida birdan chaqmoq chaqdi. «Lochinlar»ning shiddatli parvozi barcha-barchani sergak torttirdi, umumiy xulosalarni o‘zgartirib yubordi.

Bir necha maqolamizda Shota Arveladze va «Paxtakor» o‘yiniga nisbatan juda ehtiyotkorona bildirgan tanqidiy mulohazalarimiz zamirida haqiqat izlari borligini «Navbahor» matonati bilan isbotladi. Kanyuk - Simich tandemi bu safar ish bermadi. Bu tandem shashtini «Navbahor» stadionidagi ajabtovur futbol shukuhi sindirdi. O‘rtamiyona ruhda o‘tayotgan o‘yinlarda gollar urayotgan Igor Sergeevning kuchli bosim qarshisida haqiqatan ham, dovdirab qolishi yana bir bora tasdiqlandi. Shu ma’noda «Navbahor» stadionidagi momaqaldiroq guldurosi «Paxtakor» mutasaddilari uchun saboq sadosidir! «Paxtakor»ning yorqin kelajagi bilan bog‘liq ulkan maqsadlar uchun har qanday bosimni maydondan chetga uloqtiradigan futbolchilar zarur. Mazkur mulohazalarni yozishga hozirlanish chog‘i «Qo‘qon-1912»ning «Sho‘rtan» ustidan qozongan g‘alabasiga alohida e’tibor qaratdik. Buning sababi muxlislarga ayon. Gap shundaki, No‘’mon Hasanov shogirdlari birinchi davrada G‘uzorda ham yutuqqa erishgandilar. Qo‘qondagi g‘alaba - oliy ligada murosasiz o‘yinlar ko‘payib borayotganidan darak. «Navbahor»ning «Paxtakor» uchun suv va havodek zarur 3 ochkoni hech ikkilanmay tortib olgani, mehmonlarga marhamat ko‘rsatmagani - yangi futbol havosi shodiyonasidir.

Shodiyonaga sherik bo‘lish - bizning burchimiz. Shu burch hurmati «Navbahor» klubi uchun yozilgan madhiyani e’tiboringizga havola etamiz. Buni takror-takror eslatgani uchun Abdulla Nurmonovga rahmat. 2ta go‘zal gol sharafiga madhiya ikki variantda yozildi.

 Birinchi variant

Yevromuxlis nari tur,

Biz emasmiz sendan kam.

Olg‘a, «Navbahor», gol ur,

Hujumga bor damba-dam.

 

Lochinlar! Parvoz! Parvoz!

Parvozga gollar pardoz!

 

Hech cho‘chima raqibdan,

Yodda tut shonli chog‘ing.

Bo‘shashmagin ta’qibdan,

Bizlar - ishongan tog‘ing.

 

Lochinlar! Parvoz! Parvoz!

Parvozga gollar pardoz!

 

Lochinlar yozing qanot,

Maydonda uchmoq uchun.

Unutmaymiz umrbod,

Olovga aylan, uchqun!

 

Lochinlar! Parvoz! Parvoz!

Parvozga gollar pardoz!

  Ikkinchi variant

  Maydon - keng osmon,

  Maydon muqaddas.

  Emasdir oson,

  Uchmoq basma-bas!

 

  O‘yna, «Navbahor»!

  Biz senga hamdam.

  Gol ur, «Navbahor»!

  G‘olib bo‘l hardam.

 

  Parvoz et xushbaxt,

  Shashting so‘nmasin.

  Lochinlar hech vaqt

  Mag‘lub qo‘nmasin!

 

  O‘yna, «Navbahor»!

  Biz senga hamdam.

  Gol ur, «Navbahor»!

  G‘olib bo‘l hardam!

 Jamoa madhiyasining yakuniy matnini qabul qilish muxlislar va mutasaddilar ixtiyorida, albatta. Muhimi, biz har ikki variantda futbolimizdagi quvonchni ifodaladik. Hozircha shu kifoya!

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:13, 04.10.2017. O'qildi: 6560 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик