Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shukurali Po‘latov: «Umid qilamanki omadsiz jamoa «Neftchi» bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

FIFA kunlari munosabati bilan oliy liga bahslarida kichik tanaffus yuzaga keldi.

O‘rtada O‘zbekiston kubogining yarim final javob uchrashuvlari o‘tkazilib, Billur sovringa da’vogar ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. 

Bu yoqda chempionatimiz finish chizig‘i ko‘rinib qolganidanmi, xalqaro «kichik tanaffus»da ham jamoalarimiz dam olishgani yo‘q.

Qaytaga, tayyorgarlikka zo‘r berishmoqda. Chunki oliy ligada haqiqiy kurash endi boshlanadi.  Ayniqsa «birinchi liga» xavf solib turgan hududda har bir uchrashuv 6 ochkolikka aylanishi muqarrar.

Biz «xavfli hudud»da yurak hovuchlab turgan jamoa vakilini emas, o‘rta pog‘onada joylashgan «Qizilqum» futbolchisi  Shukurali Po‘latovdan intervyu oldik.

- Shukurali,  suhbatimizni «Nasaf»ga qarshi o‘yindan boshlasak. Birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordinglar va yakunda 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat?

- «Nasaf»ga qarshi kechgan o‘yinga alohida ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘rgandik. Jamoamiz oldiga Qarshidan g‘alaba bilan qaytish vazifasi qo‘yilgan edi. Afsuski, himoyadagi xatolarimiz evaziga gol o‘tkazib yubordik.

- Siz ham mudofaa vakilisiz. Demakki, sizda ham ayb bor.

- Men o‘zimni oqlamoqchi emasman. Har safar bexato o‘ynashning iloji yo‘q. Boz ustiga, «Nasaf»dek kuchli jamoalarga qarshi safar o‘yinlarida.

Mag‘lubiyatda bir kishini aybdor sifatida ko‘rsatish yaramaydi. Menimcha, «Nasaf»ga qarshi yaxshigina qarshilik ko‘rsata oldik, deb o‘ylayman. Oson mag‘lubiyatga uchradik, degan fikrdan yiroqman.

- Nimaning evaziga Berdiyev shogirdlarini mag‘lub etmoqchi edinglar? Real qaraganda bu imkonsiz emasmiz?

- Albatta imkoniyat bor edi. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Jamoaviy o‘yin namoyish etib, himoyada bexato o‘ynaganimizda, albatta Qarshidan uch ochko bilan qaytardik.

To‘g‘ri, qarshiliklar tarkibidagilar mahorat bobidan bizdan ustundirlar. Lekin biz ham so‘nggi uchrashuvlarda yomon ko‘rinmayapmiz.

- Mendagi fakt sizda ham bor bo‘lishi mumkin. «Qizilqum» oxirgi marta 18-turda «Qo‘qon - 1912» jamoasini mag‘lub etgan ekan. O‘shandan beri g‘alaba sizlarga begona. Buning sababi nimada?

- Siz aytganday 3 uchrashuvda uch ochko ishladik.  Ammo, bu mag‘lubiyatimizni bildirmaydi.  Ketma-ket mag‘lubiyatlar yoki duranglar - futbolda bunday holatlarning bo‘lishi tabiiy. Bu oliy liga o‘yinlarining murosasiz o‘tayotganidan darak.

- Jamoa a’zolarida kayfiyat qanday? Ishqilib, muhit yaxshimi?

- Muhit ham, kayfiyat ham yaxshi. Faqat shu duranglar iskanjasida qolib ketdik. Bitta g‘alaba vaziyatni ham, kayfiyatni ham ijobiy tomonga o‘zgartirib yuboradi.

-  «Qizilqum» tarkibidagi futbolchilari bilan bemalol yuqori o‘rinlar uchun kurashishi mumkin» Mutaxassis shunday degandi. Ammo sizlar o‘rtamiyonalikdan qutulib ketolmayapsizlar?

- Yuz foiz qo‘shilaman. Aksariyat o‘yinlarda keraksiz vaziyatda ochkolarni boy berdik. Buning natijasida o‘zimiz istagan o‘ringa ko‘tarila olmadik. Yigirma uchta o‘yindan 27 ochko jamg‘ardik, xolos. Bu «potensiali»mizga nisbatan sezilarli darajada oz.

Turnir jadvaliga e’tibor qaratsangiz, jamoalar juda ham zich joylashishgan. Bitta g‘alaba jamoangizni turnir jadvalida 2-3 pog‘ona yuqorilashiga zamin yaratadi. Mag‘lubiyat esa aksincha.

- «Obod» oliy liga bahslaridan chetlatildi. Biroz kutilmagan voqelik. Bu holatga munosabatingiz qanday?

- Bir tomondan federasiyaning qarorini qo‘llab-quvvatlayman. Sport prinsiplariga amal qilish kerak, degan fikrdaman. Shu yo‘l bilan chempionatimizda tartib-intizom kuchayadi. Bu esa qolgan klublarga saboq bo‘ladi.

- Hozirgi holatda oliy ligada nechta jamoa qatnashishi tarafdorisiz?

- Mamlakatimiz barcha viloyatlarining oliy ligada o‘ynaydigan klublari bo‘lishi tarafdoriman. Negaki, futbol muxlislar uchun.

Shunga yarasha har bir jamoa tomoshabon o‘yin ko‘rsatsa, maydonda borini berib  kurash olib borsagina oliy ligamizning saviyasi ko‘tariladi.

Bu esa o‘z navbatida terma jamoalarimizning kuchayishiga zamin hozirlaydi. Zo‘rma-zo‘raki jamoani ushlab turishdan foyda yo‘q.

- Siz aytgandek, son emas, sifatga e’tibor qaratadigan vaqt allaqachon kelgan. Lekin savolimizni javobsiz qoldirdingiz?

- Futbolchilar uchun qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Lekin bitta shart bilan: bu saviyaga ta’sir o‘tkazmasligi kerak. O‘FF va PFL oliy ligadagi klublar soni qancha bo‘lishini hal qiladi. Balki, 12 ta jamoa qolib, ikki bosqichli chempionatga o‘tilar.

- Taxmin qilib ko‘ring-chi, mavsum yakunida oliy ligani qaysi jamoa tark etishi mumkin?

- Hali 7ta tur bor.  Lekin umid qilamanki, bu omadsiz jamoa «Neftchi» bo‘lmaydi.

- «Neftchi» siz uchun qadrli jamoa. Bir paytlar ushbu klub safida to‘p surgansiz. Harholda, uning bugungi taqdiriga ham befarq emassiz. Nima uchun nomdor klub bunday holatga tushib qoldi?

- To‘g‘risi, «Neftchi» klubining ichki olamidan butunlay bexabarman. Qolaversa, uning hozirgi tushkun holatini muhokama qilmoqchi emasman.

Faqat «Obod» chetlatilgach, so‘nggi o‘rinda Farg‘ona jamoasi turganligiga achinaman. Bir paytlar faqat chempionlik ko‘zlagan klub, nahotki autsayderlikni o‘ziga ep ko‘rsa.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:41, 17.10.2017. O'qildi: 2957 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик