Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Q. Aslanov: «Ermatov, «Paxtakor»ni qutqaring!»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Paxtakor»ning oxirgi o‘yinlari ayniqsa hakamlik borasida o‘ziga xos munozaralarga sabab bo‘ldi. Buxoro va Jizzaxda belgilangan penaltilar, «Bunyodkor»ga qarshi o‘yindagi ofsayddan urilgan golning hisoblanishi – qisqaroq aytganda, hakam xatolarining faqat «Paxtakor»ning foydasiga sodir bo‘layotgani muxlislarda shubha uyg‘ota boshladi – «Paxtakor»ning «qulog‘idan kimdir tortmoqdami»?

Tanganing ikkinchi tomoni bor. «Xato» so‘ziga bekorga urg‘u bermadim, zero qaysidir hakamning bir jamoa foydasiga «adashishi» uning o‘sha jamoaga ataylab yon bosganini, tabiiyki, bu ishda o‘sha jamoaning ham qo‘li borligini anglatmaydi. Hech qanday isbot yo‘q bunga. Shu bilan birga, o‘sha penaltilarsiz ham balki «Paxtakor» g‘alaba qozonishi, «Bunyodkor»ga urilgan gol inobatga olinmaganda, o‘yin boshqa ssenariyda kechishi ham mumkin edi – har qanday jamoa 1:0 yutib turganida boshqacha, durang holatida boshqacha to‘p suradi, to‘g‘rimi?

Ammo o‘tib ketgan mana shu uchrashuvlar natijasida paydo bo‘lgan «bekgraund» keyingi o‘yinlarda «Paxtakor»ning zarariga ishlashi, jamoa oqibatda o‘sha go‘yoki «Paxtakor» foydasiga qilingan xatolardan zarar ko‘rishi ham mumkin.

2012 yilda «Manchester Yunayted»ning safarda «Liverpul»ga qarshi o‘yini oldidan Aleks Fergyuson qiziq gap aytgandi – «Enfild»da biror marta hakamlar bizning foydamizga penalti belgilamagan. Bunga ishonish qiyin, ammo bu fakt».

Murabbiy bu g‘alati faktni nega eslab o‘tdi, ko‘pchilik tushunmagan, ammo qizig‘i, o‘sha o‘yinda Valensiya bilan sodir bo‘lgan u qadar aniq bo‘lmagan qo‘pollikda hakam «Liverpul» darvozasiga penalti belgilaydi.

Ya’ni Fergyusonning maqsadi hakamga bosim o‘tkazish bo‘lgan, Mark Helsi esa, o‘sha vaziyatda penalti belgilamaslikdan qo‘rqib qolgandi, nazarimda. Bahsli vaziyatda «MYU»ning yana penaltisiz qolishi o‘yindan keyin murabbiyning e’tiborida bo‘lishi shubhasiz edi.

Bu voqeani nega esladim? 29-turda «Paxtakor» safarda «Nasaf»ga qarshi maydonga tushadi. Bu o‘yinni finalga qiyoslash mumkin, 2-o‘rin masalasini va balki OCHL yo‘llanmasini hal qiladigan uchrashuv kutib turibdi bizni. Endi mana shunday katta bosim ostida har qanday hakamni tasavvur qilib ko‘ring:

Misol uchun, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida qarshiliklar «Paxtakor» hujumchisini jarima maydonida chalib yiqitishadi. Rostanam chalib yiqitishadi yoki hakam ikkilanadigan holat sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatda penalti belgilash juda qiyin. Bilasizmi, avvalgi o‘yinlar natijasida shunday «stereotip» paydo bo‘ldiki, «Paxtakor» foydasiga belgilanadigan har qanday penalti hakamning «yon bosishi» o‘laroq talqin qilinadi. Bu esa, hakamga qo‘shimcha bosim yuklaydi, o‘zi bilmagan holda «Paxtakor» foydasiga penalti berishdan iloji boricha qochadi, ya’ni toshkentliklar yakunda vaziyat qurboni bo‘lib qolishlari ehtimoli bor.

Bu yerda O‘FF hakamlar qumitasiga murojaat qilmoqchiman. «Nasaf» – «Paxtakor» o‘yini xolis, toza o‘tishini ta’minlash kerak bo‘lsa, bu o‘yinga Ravshan Ermatovni tayinlashlari shart. Men boshqa hakamlarning saviyasiga, xolisligiga shubha qilish niyatim yo‘q – bu yerda masala, Ermatovning rostanam katta hakam ekani va aynan shu bosim ostida ham, avvalgi o‘yinlarni unutib, aynan o‘sha vaziyat uchun to‘g‘ri qarorni qabul qila olish kuchi borligidir. Shu bilan birga, Ermatovning saviyali va xolis hakam ekaniga ko‘p futbol muxlislari, jurnalistlar, jamoatchilik shubha qilmaydi, bu esa o‘yindan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli salbiy munozaralarning oldini ham oladi.

Ermatovning tayinlanishi bir o‘q bilan ikki quyonni urish bo‘ladi. Birinchidan, agar ilk abzasda yozilganidek, kimdir «Paxtakor»ning qulog‘idan tortayotgan (bunga isbot yo‘q) deb hisoblasak, Ermatov bunday o‘yinlarga bosh qo‘shmasligini bilamiz. Uning saviyasi ham o‘rtada. Ermatov «kimdirlar»ning o‘yinlarini buzib yubora oladi va

«Nasaf» jabr chekmaydi.

Ikkinchidan, agar oldingi o‘yinlardagi xatolarda «Paxtakor»ning qo‘li yo‘q ekanini (isbot yo‘q chunki) qabul qilsak, qabul qilishimiz shart, demak, Ermatovning tayinlanishi yana qo‘l keladi – yuqorida aytganimdek, avvalgi o‘yinlardan keyin paydo bo‘lgan bosimni yengish uchun eng saviyali va eng e’tiborli hakam ishlashi shart. Shu holatda har qanday vaziyatda adolatli qaror chiqariladi, natijada,

«Paxtakor» ham jabr chekmaydi.

Bilishimcha, «Nasaf» - «Paxtakor» o‘yini 22 noyabr kuni bo‘ladi. Xuddi shu kuni 6 nafar hakamimiz, jumladan, Ermatov, Kovalenko, Tantashev, Saidqosimov ham Yaponiyaga, OCHL finalini boshqargani jo‘nab ketishadi. Bir qaraganda imkonsiz vaziyat, bemalol istalgan hakamni tayinlash va yurtimizdagi FIFA referilarining Yaponiyaga jo‘nab ketishganini sabab qilib keltirish mumkin. Ammo asosiy maqsad, chempionatimizning eng markaziy o‘yinini adolatli o‘tkazish ekan, bu o‘yinni bir kun oldinga surish ham federasiyaning o‘z qo‘lida. Biz aytadiganimizni aytdik.

 

Qahramon Aslanov

Manba: trbuna.uz
Kiritildi: 15:14, 08.11.2017. O'qildi: 9567 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик