Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      •   Andijon
      • 0:0
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sanjar Tursunov: «Qatar jamoalari o‘rtasidagi tafovut katta emas»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Qatar yulduzlar ligasi qit’amizdagi eng kuchli milliy birinchiliklardan biri sanaladi. Hamyurtimiz Sanjar Tursunov ayni paytda ushbu birinchilik vakili — «Xaraytiyat» jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi mazkur klub yetakchilaridan biriga aylanib ulgurdi. Lekin uning jamoasi uchun chempionat u qadar muvaffaqiyatli boshlanmadi.

Yaqinda muxbirimiz Tursunov bilan suhbatlashib, turli mavzudagi savollarga javob oldi.

— «Xaraytiyat» uchun Qatar yulduzlar ligasining yangi mavsumi qanday boshlandi?

— Afsuski, u qadar muvaffaqiyatli start olmadik. Sababi, dastlabki 2ta bellashuvda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydik. 3-turda esa o‘yinning so‘nggi daqiqasida gol o‘tkazib, durang qayd etdik.

— Lekin jamoangiz qayd etayotgan natijalar tobora yaxshilanib bormoqda...

— Ha, shunday. Startni unchalik muvaffaqiyatli olmagan bo‘lsak-da, keyinchalik o‘yinimiz va natijalarimiz nisbatan yaxshilana boshladi.

Mashg‘ulotlarda kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Oldingi o‘yinlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni ke­yingilarida qaytarmaslikka intil­yapmiz. Sekin-asta musobaqa jadvalida ham yuqorilay boshladik. Lekin ko‘plab o‘yinlarda kutilmaganda gol o‘tkazib yuborib, yakunda durang qayd etayotganimiz achinarli bo‘lyapti.

— Chempionatda ishtirok etayotgan jamoalar o‘rtasidagi tafovut kattami?

— Yo‘q. Qatar yulduzlar ligasi ishtirokchilari o‘rtasidagi farq u qadar sezilarli emas. To‘g‘ri, musobaqa jadvalidagi yetakchilar ochko yig‘ish borasida autsayderlardan ancha o‘zib ketishdi.

Buning asosiy omili esa ushbu klublar safida Qatar fuqaroligini olgan xorijlik futbolchilar soni ko‘p ekanidadir. Boshqa jihatlar bo‘yicha jamoa­lar saviyasi bir-biriga yaqin, deya olaman.

Buni yetakchilar va quyi pog‘onada borayotgan klublarning o‘zaro o‘yinlarida kutilmagan natijalar tez-tez qayd etilishidan ham bilish mumkin.

Ko‘pincha favorit deb qaralgan jamoalar ham pastki o‘rindagilarga imkoniyatni boy berib qo‘yishadi. Bu Qatar chempionatida normal holat sanaladi.

— Ushbu mavsum oldidan «Al-Jaish» hamda «Laxviya» negizida yangi «Duhayl» klubi tuzildi. Aynan shu jamoa hozir yulduzlar ligasida peshqadamlik qilmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, «Duhayl»ning tashkil etilgani Qatar chempionatini kuchaytirdimi? Bu klub boshqa ishtirokchilardan ancha kuchayib ketmadimikan?

— Ha, mavsum oldidan «Laxviya» va «Al-Jaish» birlashtirilib, endilikda «Duhayl» nomi ostida chempionatda ishtirok etmoqda. Yangi tuzilgan jamoa har ikkala klubdan ham eng mahoratli futbolchilarni saralab oldi.

Hozir ularda juda kuchli tarkib mavjud, musobaqa jadvalini boshqarib borishayotgani ham bejiz emas. Lekin agar «Laxviya» va «Al-Jaish» bo‘lganida ham chempionat bundan zerikarli o‘tmasdi.

Shu bois «Duhayl»ning tuzilgani chempionatni kuchaytirdimi?», degan savolga hozircha aniq javob berishga shoshmaslik kerak, fikrimcha.

— Ayni payt o‘zingiz namoyish etayotgan o‘yindan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

— Agar futbolchi o‘z o‘yinimdan qoniqyapman, desa o‘sishdan to‘xtab qoladi. Men ham hozirgi holatim bilan cheklanmay, mashg‘ulotlarda astoydil ishlayapman. Buni murabbiylar shtabi ko‘ryapti va muntazam o‘ynash imkonini taqdim etyapti.

Men ham ular bildirayotgan ishonchni oqlashga urinyapman. Har bir uchrashuvda jamoamiz g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shishga intilyapman. Nasib etsa, joriy mavsum «Xaraytiyat» bilan yaxshi natijalarga erishmoqchiman.

— «Xaraytiyat» oldiga mavsumda qanday vazifa belgilangan?

— Jamoamiz sekin-asta o‘z infratuzilmasini yaxshilab bormoqda, raqobatbardosh jamoa shakllantirilmoqda.

Buning uchun murabbiylar shtabiga qulay sharoit va yetarlicha vaqt taqdim etilyapti. Shu sababli ham klub rahbariyati oldimizga o‘tgan yilgidan ko‘ra yuqoriroq o‘rinni egallash vazifasini qo‘ydi.

— Temurxo‘ja Abduxoliqov ham Qatarda faoliyat olib bormoqda. Uning tez-tez gol urayotgani sizni ham quvontirayotgandir?!

— Albatta! Temurxo‘ja — yaqin do‘stim. Uning yulduzlar ligasida to‘purarlar orasida borayotganidan juda xursandman. Abduxoliqov o‘ynayotgan jamoa o‘yinlariga ham befarq emasman.

«As-Sayliya» qayd etayotgan natijalar bilan qiziqib turaman. Ayniqsa, hamyurt bo‘lganimiz uchun ham Temurxo‘janing to‘purarlar poygasida yetakchilardan biri ekani quvonch bag‘ishlayapti.

— Qatar chempionatida 12ta jamoa qatnashadi. Kelasi mavsumdan boshlab O‘zbekiston elitasida ham shuncha ishtirokchi qoladi. Ushbu format ostidagi birinchilik qiziqarliroq o‘tadi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

— Ha, yulduzlar ligasidagi jamoa­lar 12tani tashkil etishi rost. Biroq O‘zbekiston hudud jihatidan va aholi soni bo‘yicha Qatardan ancha katta. Shu sababli ham avvaldan bizda ishtirokchilar ko‘proq bo‘lib kelgan.

Lekin endilikda qatnashchilar ro‘yxati qisqartiriladi. Shu tariqa raqobatbardoshlikni oshirish maqsad qilingani tayin. 12ta jamoaning barchasi kuch jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lsa, chempionat qiziqarli va tomoshabop kechishi aniq. Shunda har bir uchrashuv shiddatli tarzda o‘tadi.

Zokir Shoh suhbatlashdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:26, 02.12.2017. O'qildi: 3072 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик