Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FF prezidenti Jizzax viloyati FFdagi umumiy holat bilan tanishdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avval xabar berganimizdek, bugun 5 yanvar kuni O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov maxsus ishchi guruh bilan birgalikda, Jizzax viloyati Futbol federasiyasidagi umumiy holatni o‘rganish uchun Jizzax shahriga tashrif buyurdi.

Dastavval, O‘zbekiston futbol federasiyasi rahbariyati Jizzax futbol federasiyasi prezidenti, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev bilan uchrashib, viloyatda futbolni ommaviylashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida suhbatlashishdi.

Keyin Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh "So‘g‘diyona" PFK stadioniga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Stadionda mashg‘ulot olib borayotgan Yangi mavsumda klublar oldiga qo‘yiladigan talabalarda bolalar futbolini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilgan bo‘lib, har bir klub qoshidagi turli yoshdagi bolalar guruhlari ishtirokida Respublika birinchiliklari o‘tkazish ko‘zda tutilgandi.

Umid Ahmadjonov Jizzax viloyat futbol federasiyasi prezidenti Ergash Soliyev va "So‘g‘diyona" PFK prezidenti O‘ktam Mahmudjonov bilan birgalikda klub qoshida mashg‘ulot olib borayotgan bolalar guruhlari a’zolari bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan zarur shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So‘ngra bolalar guruhlariga sovg‘a sifatida to‘plar taqdim qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Futbol federasiyasi prezidenti "So‘g‘diyona" PFK qoshidagi ayollar jamoasi va a’zolari bilan ham uchrashib, ularning mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi. So‘ngra ularga ham to‘plar sovg‘a qilindi.

Keyin Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh "So‘g‘diyona" PFK qoshidagi mini-futbol jamoasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot va o‘yinlar o‘tkaziladigan zallar, suzish havzasi joylashgan sport inshooti bilan tanishdi.

Shundan so‘nga, "So‘g‘diyona" PFK qoshida tashkil etiladigan akademiya uchun ajratilgan yerga borib, u yerdagi holatni ko‘zdan kechirdi. Klub rahbariyati tez orada bu yerda muhtasham futbol akademiyasi qad rostlashi haqida aytib o‘tishdi.

Keyin esa O‘FF vakillari "So‘g‘diyona" PFK sport bazasiga tashrif buyurishdi. U yerda bosh murabbiyi Aleksandr Mochiniov boshchiligida mashg‘ulot olib borayotgan jamoa a’zolari bilan suhbat qurildi. Mashg‘ulotlar kuniga necha mahal, qay tartibda olib borilayotgani Aleksandr Mochinov tomonidan O‘FF rahbariyatiga ma’lumot berildi.

Kunning ikkinchi qismida Umid Ahmadjonov Jizzax viloyati futbol federasiyasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda viloyat futbol federasiyasining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. O‘FF prezidenti tomonidan Jizzax FFdagi kadrlar masalasini qayta ko‘rib chiqish alohida topshiriq sifatida berildi. Shuningdek, yil davomida bolalar musobaqalarini ko‘proq tashkil qilish zarurligi uqtirildi. Viloyatdagi futbol maktablari va futbol internatlari faoliyatini jiddiy nazoratga olish, u yerdagi murabbiylar saviyasini alohida baholab borish, futbolchilarni qabul qilish jarayonida O‘FF vakillari ishtirokini ta’minlash borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.

Umid Ahmadjonov bilan birgalikda ishchi guruh tarkibida Jizzaxga tashrif buyurgan O‘zbekiston futbol federasiyasi boshqarma boshliqlari viloyat FFdagi ishlarni tartibga keltirish borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yordam berishlari ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan Jizzax viloyati FFga uyushtirilgan safar nihoyasiga yetdi. Qayd etish kerakki, shaxsan O‘FF prezidenti tomonidan bunday safarlar boshqa viloyatlarga ham uyushtirilib, joylardagi holatlarni o‘rganish rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:47, 06.01.2018. O'qildi: 3208 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик