Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • 0:0
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • 1:0
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • 4:0
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • 3:2
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • 3:0
      • Napoli
      • 26.01.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Milan
      • 27.01.2026 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Udineze
  • La-liga
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • 3:0
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Selta
      • 26.01.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Betis
      • 27.01.2026 01:00
      • Jirona
      • -:-
      • Xetafe
  • APL
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • 0:2
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • 0:2
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 1:3
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:3
      • Man. Yunayted
      • 27.01.2026 01:00
      • Everton
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 20 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 21 25
10 Elche 21 24
11 Sevilya 21 24
12 Atletik Bilbao 21 24
13 Jirona 20 24
14 Valensiya 21 23
15 Rayo Valyekano 21 22
16 Malyorka 21 21
17 Xetafe 20 21
18 Alaves 20 19
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka
21-тур Barselona 3-0 Real Ovyedo
21-тур Real Sosyedad 3-1 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hamid Aktamov: «Aksariyat futbolchilarning ta’bi nozik bo‘lib qolgan»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Yangiliklar
A A A

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi hamda OFK kubogida ishtirok etish uchun lisenziyadan o‘tganlar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Bu yil O‘zbekistondan 17ta klub lisenziyalash bo‘yicha hujjatlarni OFKga taqdim etgandi.

Ulardan 13tasi tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, 4ta klub - «Qizilqum», «So‘g‘diyona», «Obod» va «Sho‘rtan» talabni bajara olishmadi. Bu jamoalarning bari yakuniga yetgan mavsumda oliy liga bahslarida ishtirok etgandi.

Aksincha, birinchi liga chempioni sifatida elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Sementchi» ham tekshiruvdan o‘tganlar safida qayd etildi. Biz ushbu ma’lumot e’lon qilingach, «Qizilqum» bosh murabbiyi Hamid Aktamov bilan uchrashib, undan turli masalalar yuzasidan intervyu oldik.

Hamid akaning aytishicha, klub faqat OFK lisenziyalashidan o‘ta olmagan va bunga klub xodimi Samandar Boborajabovning hujjat topshirishda «dedlayn»ga ulgurmagani sabab bo‘lgan. E’tiborlisi, rahbariyat bu xodimni darhol ishdan bo‘shatgan.

- Hamid aka, «Qizilqum» OFK lisenziyalashidan o‘ta olmadi. Aynan qaysi yo‘nalishlarda muammolar aniqlangan?

- Lisenziyalash masalasida hech qanday kamchilik yo‘q. Mazkur jarayon shu ishlarga mas’ul bo‘lgan xodimimiz Germaniyaga o‘qishga ketgan vaqtga to‘g‘ri kelib qoldi. O‘sha payt OFK oynasi ochiq edi. Afsuski, u olmon o‘lkasidan turib zarur hujjatlarni internetga joylashtirishda biroz kechikdi.

Aynan shu, aytish joiz bo‘lsa, e’tiborsizlik sabab OFK lisenziyalashidan o‘tolmadik. Lekin PFL o‘tkazgan lisenziyalashdan muvaffaqiyatli o‘tganmiz. Shundan kelib chiqib aytishim kerakki, «Qizilqum» Superligada ishtirok etadi.

OFKning bu qarori PFLga ta’sir o‘tkazmaydi, chunki u asosan kelasi mavsum OCHLda ishtirok etadigan «Lokomotiv», «Nasaf» va «Paxtakor»ga tegishli. Nasib qilsa, 2018 yilning mart oyida lisenziyalashdan o‘tolmagan klublar uchun qayta tekshiruv o‘tkaziladi. O‘shanda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etamiz.

- Jamoangizda yechimini kutayotgan muammolar borligini juda yaxshi bilasiz. Ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerak?

- Muammolar yo‘q hisobi. Hamma sharoitlar bor. Faqat bosh homiyimiz kelasi mavsum uchun smetani tasdiqlab berishi hamono ishlarni boshlaymiz.

- Taxminan qancha mablag‘ evaziga sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan raqobatbardosh jamoa tuzish mumkin?

- Uzr, bu savolga javob berolmayman.

- O‘tgan mavsum jamoa o‘z imkoniyati darajasida o‘ynay olmadi. Lekin «Qizilqum»ning ichki potensiali yuqori edi...

- Buning o‘ziga yarasha ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Mavsumga yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rgandik. Tarkib borasida hech qanday muammo yo‘q edi.

Siz aytgandek, raqobatbardosh jamoa shakllantirgandik. Afsuski, 1-turdayoq «Paxtakor»ga yutqazib, chempionatni omadsiz boshladik. Ilk o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarning ruhiyati tushib ketdi.

- Jamoaning omadsiz ishtirokiga faqat 1-turdagi mag‘lubiyat sababmi?

- Qaysidir ma’noda, shunday desa ham bo‘ladi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoldi, negadir ichki muhit o‘zgardi. Yigitlarimiz o‘zlariga kelganda esa «Qo‘qon-1912»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydik.

Keyin esa o‘zi shundoq ham tarang bo‘lib turgan vaziyat yanada chigallashdi. Boz ustiga, muxlislarning biroz o‘rinsiz haqoratlari o‘yinchilarga ruhiy tomondan salbiy ta’sir qildi.

- Bosh murabbiy sifatida vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga intildingizmi? Balki bu yo‘lda sizga biror narsa to‘sqinlik qilgandir?

- Qo‘limdan kelganicha harakat qildim. Qator mag‘lubiyatlardan so‘ng «Bunyodkor»ni o‘z uyida yengishni uddaladik. Buning natijasida oz bo‘lsada o‘zimizga kelib olgandik. Ammo aksariyat futbolchilar yulduzga aylanib qolishdi. Ana shundan keyin omad yana bizdan yuz o‘girdi. Boz ustiga, har kuni bosim ostida ishladik.

- Mavsum yakunlari jamoada muhokama qilindimi? Boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun o‘sha siz aytgan «yulduzlar»ga nisbatan jazo qo‘llandimi?

- Yig‘ilish qildik, yigitlar bilan gaplashib oldik. Foydasi bo‘ladi, degan umidda ularga vaziyatni tushuntirdik. Lekin mashg‘ulotda boshqa muhit, o‘yinda esa mutlaqo boshqa muhit saqlanib qolaverdi.

Hozir o‘shanda bajarilgan har bir ishimizni tahlil qilyapmiz. Ha, xatolarimiz ham yo‘q emas. Yildan-yilga tajribamiz oshib boryapti. Nasib qilsa, 2018 yilda hammasi boshqacha bo‘ladi.

- Balki qaysidir futbolchilar ichki muhitni buzishgandir?

- Ha, shunaqasi ham bor. Qisqacha aytganda, bizga ko‘z tegdi. 2016 yili 6-o‘rinni egallagandik. O‘shanda yigitlar juda yaxshi o‘yin namoyish etishgandi. Bu mavsum esa ular nima uchun o‘ynayotganliklarini unutib qo‘yishdi.

Aksariyat futbolchilarimizning ta’bi nozik bo‘lib qolgan. Qisqasi, mehnatni tashlab qo‘yishgan. Bunday bo‘lishiga yoshlikdagi tarbiya sabab, deb o‘ylayman. O‘FFning yangi rahbariyati aynan shu jihatga e’tibor qaratyapti. Ya’ni, klublardan futbolchilarni yoshlikdanoq yangicha ruhiyatda tarbiyalashni talab qilmoqda.

Federasiya juda to‘g‘ri ish tutdi. Juda ko‘p narsa yoshlikdagi tarbiyaga bog‘liq ekanligiga o‘z tajribamda guvoh bo‘ldim. Bu yil zo‘rg‘a kuchlilar safidagi o‘rnimizni saqlab qoldik. Mana shunday holatda kimga qiyin, albatta, klub rahbarlari va murabbiylar shtabiga.

- Jamoa o‘sha ta’bi nozik futbolchilar bilan xayrlashdimi?

- Bu savolingizga hozir javob berolmayman.

- Yakuniga yetgan mavsumda «Qizilqum» hakamlardan aziyat chekmadimi?

- Bizda bu mavzuda gapirish uchun huquq yo‘q. Xatoni hamisha o‘zimizdan izlab kelganmiz. Qaysi o‘yinlarda yutqazgan bo‘lsak, unda hakamlarning xatosini ko‘rmadim. Demak, jiddiy e’tiroz yo‘q.

- Artur Gevorkyanning o‘yini haqida qanday fikrdasiz? «Qizilqum» sardori o‘z imkoniyati darajasidan past o‘ynamadimi?

- Artur tajribali, o‘z ishiga professional tarzda yondashadigan futbolchi. Shuni aytishim kerakki, uning o‘tgan mavsumda bizga ko‘p yordami tegdi.

- U bilan shartnoma uzaytiriladimi?

- Agar bitim bandlari bo‘yicha kelishib olsak, uzaytiriladi.

- Bu masalada uning o‘zi bilan gaplashdingizmi?

- Ha. Nasib qilsa, u yangi mavsumda ham «Qizilqum» sharafini himoya qiladi.

- Legionerlar ishonchni oqlashdimi?

- Faqat Artur!

- Qolganlarda adashdik, deb o‘ylaysizmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:46, 06.01.2018. O'qildi: 4062 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Барселона Rafinya 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Барселона Lamin Yamal 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.