Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hasanali Qodirov blogida: Shukrona gaplarim

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Bloglar
Rukn: Intervyular
A A A

Yangi yil arafasida sayt orqali onlayn muloqat uyushtirgan edik. Bu tadbirda qatnashgan barcha qatnashchilardan minnatdorman. Sizlarga ming rahmat. Demak, futbolimiz taqdiriga Siz azizlarim, befarq emas ekansiz. Demak, Futbol o‘yini o‘z jozibasi bilan barchaning e’tiborini o‘ziga tortar ekan. Demak, bizlar tomoshabin bo‘la turib futbol rivojiga, futbol hayotiga daxldor ekanligimizni tushunar ekanmiz. O‘z navbatida peshvolar ham futbol bizlar uchun o‘ynalishini tushunsin deyman. Futbol bizlar bilan dunyoda borligini futbol amaldorlari tushunsin deyman. Biz tufayli futbol o‘yini yo arzanda, yo zormandaligini, yo xorligi-yu, ishqibozga zorligini hamma tushunsin deyman. Uning ishqi bilan bandi bo‘lganlarning e’zoziga, mehri yo g‘azabiga, yo quvonch-u qayg‘usiga, bilimi va tushunchasiga zor-u, zorligini futbol ichidagilar ham tushunsin deyman. Yangi yilda ular ishqiboz oldida kazolanmasin, orolanmasin deyman. Ishqibozchilik harakati o‘ziga ishonsin, o‘zini ko‘rsatsin deyman. Yangi yilda ishqibozchilik yanada uyushqoq, tirishqoq, yanada ovozli, baland sozli, yanada ma’noli-yu da’voli, yanada dardchilu xalqchil bo‘lsin deyman. Yanada sodiq, shodon-u do‘stlikka tortiq, birdamligi toshqinu, bugungidan ortiq bo‘lsin deyman. Ishqibozchilik harakati omadli olchin-u, barakati barchaga dolchin bo‘lsin deyman.

Sayt muloqotida qatnashgan har bir ishqibozning menga yo‘llagan har bir savoli cheksiz hurmatimga o‘raldi, menga dildosh bo‘ldi. Beshta savolga javob berishga ulgurmagan ekanman. Shularga yangi yilning birinchi kunlarida javob yozib yubormoqdaman.

MESSI VA BIZNES
(1.) Sattorjon, Messi haqida fikrimni so‘rabsiz. “Messini dunyo futbolidagi eng kuchli futbolchi deb bilasizmi?”, deb mening fikrimni so‘rabsiz. E’tibor bering, futbol yakkaxon sport turiga kirmaydi. Ruslan Nuriddinovni o‘z vaznida o‘z paytida dunyoning eng kuchli shtangachisi deyishimiz mumkin edi. Ammo, futbol, masalan, xokkey yo basketbol kabi jamoaviy sport turiga kiradi. Aytingchi, nega yilning eng zo‘r basketbolchisi yo xokkeychisi degan tanlov o‘tkazilmaydi. Chunki bu tanlov hammaga bema’ni tuyuladi. Jamoalarning murosasiz jangidan rohatlanib turgan paytimda (masalan, “Real” “Tottemxem”ga yutqazib turgan paytida) menga kimdir Messining yo Ronalduning dunyoning bu yilgi eng zo‘r futbolchisi deb atasa, bunday e’tirof menga xuddi shunday mazmunsiz tuyuladi. O‘tgan mundialdagi Argentina termasi tarkibidagi Messining o‘yini dunyoning eng zo‘r o‘yini bo‘lganmi? Yo‘q. Mahorati bilan Messi sheriklaridan ajralib turdi, xolos. Hamma narsa jamoa o‘yiniga bog‘liq. Shunday ekan, bunday tanlov nima uchun har yili o‘tkazila beriladi? Bu haqda o‘ylab ko‘rganmisiz? Javobi aniq. Kimnidir futbol orqali katta boylikka ega bo‘lishi uchun, futbol biznesi uchun o‘tkaziladi bunday tanlovlar. Bu ikki futbolchi nomiga reklama tufayli juda katta pullar tikilgan. Hatto tanlov marosimining o‘ziga ham katta pullar tikilmoqda va daromad ko‘rilmoqda. Shuning uchun hatto oddiy tanlovning hashamati yildan yilga ortib bormoqda. Daromad pullari o‘sib bormoqda. Biznesga tikilgan katta pullar tufayli bu ikki nom yildan yilga og‘izdan tushmay kelmoqda. Besh martalab dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishdi-ya. Zidan uch marta bo‘lgan. Men van Bastenning zarbalarini ko‘rganman. Pele Maydonning egasi edi. Shahanshohi edi. Braziliya SSSR termasini Moskvaga kelib 3:0ga yutib ketgan edi. Mesxi, Ivanov, Voronin Pelening sohir o‘yini oldida nol bo‘lib qolishgan.) 1998 yilda JCH finalida Zidanning Braziliya termasiga urgan gollarini unutib bo‘ladimi? 2006 yili Lippi Materassi bilan birgalikda Zidanga qarshi fitna tayyorlab tarixda qolishdi. Ronaldinyoning poy tortmay bergan aqlli va o‘ta aniq zarbalarini unutish mumkinmi? Masalan, Andriano juda kuchli zarbasini eslab qolganman. Messida bunday kuchli zarba yo‘q.

Messi boshqalardan, masalan Pele kabi, nimasi bilandir bunday katta darajada ajralib turmaydi. Lekin nima uchun u besh karra dunyoning eng kuchli yil o‘yinchisi deb topildi? Qay bir yili u emas, masalan, Riberi yo Robben yilning zo‘r o‘yinchisi deb topilganida edi, Messi nomi bilan, uning nigori bilan bog‘liq juda ko‘p biznes tugunlari yechilib ketgan bo‘lardi. Katta biznes ishtirokchilari bunga hech qachon rozi bo‘lishmaydi. Futbolda sportona xolislik anchadan beri yo‘q. Futbolda hamma narsani biznes o‘z nazorati ostiga olgan. Biznes pul topish niyatida butun dunyo ishqibozlar ommasining diqqatini Messi nomiga bog‘lab qo‘ygan. Sattorjon, Siz ham biron marta Ispaniyaga borib “Barsa” futbolini stadionda ko‘rmasdan turib, Messi haqida o‘ylashingiz, Yevropa futboliga qiziqishingiz, fikrimni tasdiqlaydi. Xitoydagi ishqiboz ham uxlab tushida faqat Messini ko‘radi. Biznes raqobatiga Messining raqobatchisi Ronaldu borligi mos kelgan. Biznes arboblari Messi nomi bilan ish yuritishi, unga umid bog‘lashi bejiz emas. Messi ularning rejasini poymol qilmaydi. Chunki Messi futbolga juda sodiq inson. Messi futbolga bor yo‘g‘ini bag‘ishlagan inson. Masalan, Andriano bor iqtidorini maishat qilib ichkilikka qo‘shib ichib, ... yuborgan.

Davomi Hasanali Qodirov blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:35, 07.01.2018. O'qildi: 3578 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик