Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 15.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Бешикташ".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/16 финала. "Марбелья" - "Атлетико Мадрид".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Гёзтепе".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/16 финала. "Удинезе" - "Салернитана".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Аланьяспор".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/16 финала. "Альмерия" - "Севилья".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Кубок Италии. 1/16 финала. "Пиза" - "Чезена".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Бешикташ".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/16 финала. "Марбелья" - "Атлетико Мадрид".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Гёзтепе".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/16 финала. "Удинезе" - "Салернитана".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 15.07.2025

      07:40 Д/с "Сила воды".
      08:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины.
      09:20 Велоспорт. Альфа-Банк Первенство России в Пензе.
      10:45 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве.
      12:20 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 10 км.
      15:10 Д/с "Век нашего спорта".
      15:35 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство.
      17:45 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      18:05 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Женщины.
      19:45 "Вопреки всему".
      20:10 "Что за спорт?". "Экстрим".
      20:40 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 10 км.
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      01:25 Д/с "Век нашего спорта".
      01:55 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство.
      04:00 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      04:55 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. 10 км. Прямая трансляция.
  • MATCH-TV
    • Sana: 15.07.2025

      07:40 Специальный репортаж.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      11:25 "Культовые".
      12:30 Профессиональный бокс. Тим Цзю против Брайана Мендосы. Бой за титул WBO в 1-м среднем весе.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Д/с "Сила воды".
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Шахматы".
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:50 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      19:55 Смешанные единоборства. Shlemenko FC 11 в Омске, Россия. Александр Шлеменко против Гильерме Кадена.
      21:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      22:25 Новости.
      22:30 LIVE Мир РПЛ. Прямой эфир.
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Смешанные единоборства. ACA 179 в Краснодаре, Россия. Ислам Омаров против Курбана Тайгибова.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство.
      04:50 Новости.
      04:55 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. 10 км. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 15.07.2025

      05:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      06:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      07:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 2.
      08:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      09:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Даунхилл.
      15:00 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 7. Обзор.
      16:00 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 8. Обзор.
      17:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 2. Ловен-Планк - Булонь-сюр-Мер.
      18:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 5. Кан. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      20:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.
      21:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      23:00 Автоспорт. Формула E. Этап 9 в Берлине, Германия. Обзор.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Обзор.
      01:00 Автоспорт. TCR World Tour. Этап 4 на трассе Вила-Реал, Португалия. Обзор.
      01:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      02:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      03:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nabixon Abdug‘aniyev: «Normativlarning yo‘lga qo‘yilishi futbolchilarni «uyg‘otdi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan olib borayotgan islohotlar natijasida joylarda futbolga munosabat o‘zgarayotganligi, oddiylikdan murakkablikka, ommaviylikdan professionallikka qadar intilish bo‘layotganligi bor gap.

Ayniqsa, O‘zPFL tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi musobaqalar  Reglamentining joylarda hayotga tadbiq etilayotganligini sezish mumkin.  “Navbahor” klubining ijrochi direktori Nabixon Abdug‘aniyev bu boradagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Klublarga yangi Reglament taqdim etilganiga ham bir oydan oshdi. Shu davr ichida amalga oshirilgan ishlar nimalardan iborat bo‘ldi?

- Bundan bir oy ilgari O‘zbekiston futbol federasiyasining ishchi guruhi Namanganga tashrif buyurib, viloyat futboli bilan yaqindan tanishgan, O‘FFda yuz berayotgan yangiliklardan voqif etgan, yangi Reglamentni taqdim etgandi. Tabiiyki, talablarni bajarish bo‘yicha maslahatlarini, amaliy yordamlarini ham ayamagandi. Kuni kecha vaziyatni o‘rganish bo‘yicha O‘FFdan kelgan mutaxassis – Asqar Tolibjonov bu yerda qilingan ishlar bo‘yicha tanishar ekan, faoliyatimizga ijobiy baho berdilar. Aslida “Navbahor” klubida ish boshlaganimga ko‘p bo‘lganicha yo‘q, Namangan shahar sport bo‘limi bosh mutaxassisi vazifasida ishlayotgan davrimda viloyatimiz hokimi, viloyat futbol federasiyasi rahbari O‘FF talablari bo‘yicha klub tomonidan bajariladigan vazifalar nazoratini mening zimmamga topshirgan edi. Qisqa muddat ichida keng qamrovli  ishlar amalga oshirildi.

- Bajarilgan ishlar bo‘yicha aniqroq to‘xtalsangiz.

- Birinchi galda “Navbahor” Markaziy o‘yingohi chimini yaxshilashimiz talab etilardi. Sababi, mavsum boshlangunga qadar chimning to‘liq o‘sib chiqishi, yam-yashil holda futbolchilarga ham, muxlislarga ham manzur bo‘lishi lozim edi. Parvarishlash xalqaro talablar darajasida olib borildi, maxsus urug‘ sepildi, o‘g‘itlar bilan oziqlantirildi. Shu kunlarda plyonka ostiga olinadi. Har mavsum boshlanishida stadionimiz maysasi yashil-sariq rangda, ola-bula holatda bo‘lardi, nasib qilsa bu yil mavsumni yam-yashil maysa ustida boshlaymiz. Stadion atrofini ta’mirlash ishlari ham davom etyapti, faqat pardozlash ishlari qoldi. Stadion hududida futbolchilar uchun trenajer zali barpo etildi. Sport moslamalari viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ta’minlandi. Hozircha 10 ta turdagi moslamalar keltirildi, shu kunlarda ularning soni yana ko‘paytiriladi.   

- Yangi Reglamentda klub qoshida bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi bir necha yoshdagi guruhlar, shuningdek, ayollar va futzal jamoalari ham faoliyat yuritishi, rasmiy musobaqalardagi ishtiroklari ta’minlanishi nazarda tutilgan...

- Reglamentda qanday bandlar ko‘rsatilgan bo‘lsa barchasi ustida jiddiy ishlar qilinmoqda. Klub qoshida 14, 16 va 18 yoshdagi bolalar va o‘smirlar guruhlari avvaldan faoliyat olib borgan. Bularning ishi yanada shakllantirildi. Shahardagi 17-BO‘SM qoshida shug‘ullanadigan guruhlarimizga o‘z ishining usta murabbiylari biriktirilgan, ularga barcha sharoitlar yaratilgan. Namangan bundan 15-20 yil avval bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha Respublikada oldingi qatorda tilga olinardi. Ma’lum sabablarga ko‘ra keyingi yillarda orqada qola boshladik.

Shularni inobatga olgan holda klubimiz qoshidagi guruhlarni shakllantirish orqali viloyat bolalar va o‘smirlar futboli natijalarini ham yaxshilashni maqsad qilyapmiz. Ayollar futboliga kelsak, bolalar futboli kabi ayollar futbolida ham yutuqlarimiz bo‘lgan. Afsuski, keyingi 10-15 yil ichida ayollar futboliga e’tibor kamaygandi. Reglament talabi bahonasida bu sohani klub qoshida yanada rivojlantirishga kirishdik. Jamoaga shahardagi “Barkamol avlod” sport majmuasidagi uch ming tomoshabinga mo‘ljallangan o‘yingoh biriktirildi, Olimpiya zaxiralari kolleji bilan futbolchi qizlarni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari paytida yotib-turishlari, ovqatlanishlari bo‘yicha shartnomalar imzoladik. Jamoa Karima Yo‘ldosheva ustozligida 5 yanvardan mavsumga tayyorgarlik yig‘inini boshladi.

Tarkibni kuchliroq futbolchilar bilan to‘ldirish bo‘yicha seleksiya ishlari ham olib borilyapti. Bolalar va ayollar futboli kabi futzalda ham yuqoridagi ta’rifni keltirish mumkin. O‘z davrida O‘zbekistonda mini-futbolning shakllanishiga hissa qo‘shgan viloyat terma jamoamiz vaqt o‘tib inqirozga yuz tutgan edi. Mana, yana aynan Reglament talablaridan kelib chiqib oldingi shuhratimizni tiklashimizga imkon yaratilyapti. Bu jamoamizga ham “Barkamol avlod” sport majmuasidagi sport maneji biriktirildi. Ming tomoshabinga mo‘ljallangan yirik sport zalda yil o‘n ikki oy musobaqa o‘tkazish mumkin. Bosh murabbiy G‘ofurjon Samiyev tajribali futzalchi shogirdlari bilan allaqachon mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

- Muxlislar bilan ishlash borasida ham ham ikki og‘iz fikr bildirsangiz.

- Norasmiy tarzda ishlab kelgan muxlislar klubini rasmiylashtirish hujjatlari tayyorlanmoqda, belgilangan tartibda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazyapmiz. Stadion hududidan bu klub uchun bitta xona ajratildi. Nogironlar, bolalar va ayollar uchun stadionga bepul kirish ta’minlanadi. Bundan tashqari, mavsum davomida rag‘batlantiruvchi aksiyalar tashkil etishni ham rejalashtirganmiz.

- Umuman, O‘FF va PFL tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatingiz qanday?

- Chindan ham ijobiy. Birgina shu Reglamentni olaylik. Puxta ishlangan, boshlanishiga qiyindek tuyulgani bilan kelgusida ijobiy natija berilishiga shubha yo‘q bandlar kiritilgan. Qolaversa, Reglament klublarga ancha avval taqdim qilinyapti, toki kamchiliklarni bartaraf etishga vaqt qolsin.

Avvalgi Reglament chempionat boshlanishiga 10-15 kun qolganda tarqatilardi, tabiiyki shoshma-shosharliklar, ko‘zbo‘yamachiliklarga yo‘l qo‘yilardi. Endichi, ko‘p muammolar yengillashdi, topshiriqlarni bajarishga ulguryapmiz. Klublarning soni kamaygani ham ayni muddao bo‘ldi. Muxlislar kuchli va kuchsiz klublar o‘rtasidagi zerikarli o‘yinlarni ko‘rish o‘rniga, eng kuchlilar o‘rtasidagi bahslarni to‘rt marotaba tomosha qilish baxtiga erishishdi.

Bu esa, tabiiyki, terma jamoamizga munosib nomzodlarni tanlab olish imkonini ham beradi. Futbolchilardan qabul qilinadigan maxsus testlar, aytish mumkinki, nafaqat klublar, balki “uxlab yotgan” futbolchilarni ham “uyg‘otdi”. Oddiy misol, klubimizda tajribali deb bilgan aksariyat futbolchilarimiz dastlabki talablarni bajara olishmadi. Ayni paytda ikkinchi marotaba topshiriladigan normativlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishyapti.

Bilishadiki, yana dangasalik qilishsa futbolsiz qolishi aniq, bu esa uning yashash tarziga ta’sir ko‘rsatishi ham muqarrar. Shunday ekan, ikkinchi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga intilishadi, bu esa klubimiz, jamoamiz sha’ni uchun ham foydadan holi emas.  Bir so‘z bilan aytganda, “Navbahor” klubi Reglament talablariga javob berishga intilyapti.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:23, 10.01.2018. O'qildi: 2638 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.