Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasiga qanday murabbiy kerak ekanligini aytdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov tarix sahifalaridan joy olib ulgurgan 2017 yilning so‘nggi kunlari Xitoyga jo‘nab ketdi. Aslida «Shanxay SIPG» futbolchilariga 4 yanvargacha ta’til berilgandi. Lekin Andre Villash-Boash  bosh murabbiy vakolatini topshirgach, klub rejalari biroz o‘zgardi. Vaqtida «Myunxen-1860», «Portu», «Fenerbaxche» va «Olimpiakos» kabi klublarda ishlagan Vitor Pereyra shanxayliklar boshqaruvini qo‘lga olgach, tabiiy ravishda tayyorgarlik rejalarini qayta ko‘rib chiqdi. Xullas, «SIPG» muddatidan chamasi 10 kun avval yangi mavsum tadorigiga kirishdi.

- Odil, ta’til qanday o‘tdi? Oldindan mo‘ljallangan barcha ishlarga ulgurdingizmi?

- Yaxshi dam oldim, barchasiga ulgurdim, hisob. Faqat bir jihat ko‘ngilni biroz xira qildi - Yangi yil bayramini Vatanda o‘tkazishni xohlagandim. Lekin yangi bosh murabbiy qarori natijasida bu rejam amalga oshmadi. Aslida klub ixtiyoriga 4 yanvar kuni yetib borishimiz belgilangan edi. Ya’ni yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik ishlarini 4-sanada boshlashimiz aytilgandi. To‘g‘ri, ta’til qisqartirilgan bo‘lsada, o‘ylab qo‘ygan bir qator ishlarga vaqt topdim. Masalan, o‘zim tahsil olgan futbol maktab-internatida bo‘lib, yosh futbolchilarga mo‘ljallangan yangi maydon ochilishida ishtirok etdim. Qolaversa, Namangan shahridagi 12-umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashdim. Bundan tashqari, Namangan, To‘raqo‘rg‘on va Toshkentda faoliyat yuritayotgan Odil Junior bolalar klubi tarbiyalanuvchilari huzurida bo‘ldim. Bu klubni yaxshi niyatda tashkil qilganmiz. Mana, qisqa fursat ichida katta ishlarni amalga oshirdik. Xususan, Italiyaning «Karpi» klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Yaqinda jamoamiz Italiyada bo‘lib qaytdi. 2018 yili hamkorlik ishlarini yanada kengaytiramiz.

- «Shanxay SIPG»da qanday o‘zgarishlar bor?

- Bosh murabbiy almashgach, Karvalyu klubdan ketdi. Tarkibda yana o‘zgarishlar bo‘lishi tayin. Jamoa oldiga qo‘yilajak vazifalar ham jiddiylashadi, albatta. Bilishimcha, bizdan kamida Osiyo Chempionlar Ligasi finaliga chiqish talab etiladi. Avvalgi mavsum bu borada ozgina omad yetishmadi. Jamoamiz yangitdan shakllanayotganini ham esdan chiqarmaslik kerak. Har holda, asosiy raqibimiz hisoblangan «Guanjou» yetarli tajribaga ega va unga ayni shu holat qo‘l keldi, menimcha.

- Milliy futbolimizda ham katta islohotlar boshlandi. Yangiliklarga munosabatingiz...

- Faqat ijobiy. Chunki terma jamoa kuchini aynan ichki chempionat belgilab beradi. Afsuski, shu paytgacha oliy ligamiz maqtaydigan, terma jamoani kuchaytiradigan darajada emasdi. To‘g‘ri, bosh jamoaga oliy liga klublaridan futbolchilar qo‘shilishyapti, lekin o‘yinni yaqqol kuchaytiradigan biror yigit chiqqani yo‘q. Sifat juda past. 25 yoshda oliy ligadan ketgandim. Oxirgi vaqtlarda elit ligada o‘tkinchi o‘yinlar miqdori shiddatli uchrashuvlar sonidan ko‘p bo‘lgani hammaga ayon. Umuman, O‘FF boshlagan islohotlar natijasida futbolimiz yangi bosqichga ko‘tarilsa, ajabmas. Har holda, 12ta jamoa ishtirokidagi chempionat ancha murosasiz va shiddatli o‘tishiga shubha yo‘q. Ha, yana jahon chempionati ortida qolganimiz afsuslanarli holat. Ammo hayot kurashlardan iborat. Demak, xato va kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, faqat olg‘a intilish kerak. Oldimizda turgan eng muhim musobaqa - Osiyo kubogi-2019. Endi qit’a chempionatida sovrindorlar qatoriga kirishimiz shart. Bilishimcha, Superliganing ikkinchi bosqichida 6ta kuchli klub chempionlik masalasini hal qiladi, qolgan 6tasi elitada qolish uchun kurashadi. Menimcha, haqiqiy shiddat shu bosqichda kuzatiladi. Shaxsiy fikrimcha, endi legionerlar masalasiga ham jiddiy yondashish kerak. Zero, chempionatimizda o‘ynagan barcha legionerlar haqida ijobiy fikr bildirish mushkul. Misol uchun, men o‘ynagan davrda oliy ligada bir qator kuchli legionerlar to‘p surishardi. Deylik, «Paxtakor»da Boyan Miladinovich bor edi. Agar unga jarohati xalal bermaganida, bemalol Yevropaning ko‘zga ko‘ringan klubida o‘ynab ketardi. «Bunyodkor»ning o‘sha paytdagi legionerlari haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Hozirchi? Afsuski, bunday ijrochilar yo‘q. Chunki klublarda xorijdan futbolchi taklif etishda ko‘r-ko‘rona ish olib borilyapti. Katta mablag‘ havoga sovurilmayaptimi? O‘rtamiyona futbolchiga ketadigan pul yosh iqtidorlarni o‘stirishga sarflansa, foydasi ko‘proq bo‘ladi, menimcha. Yoki xorijlik kuchli seleksionerlar bilan hamkorlikda ishlash lozim. Chunonchi, mahalliy yigitlarning yangi darajaga chiqishlari uchun saviyali legionerlar kerak.

- Bugungi kunda milliy jamoa bosh murabbiyi masalasi diqqat markazida turibdi. Bu borada nima deya olasiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:19, 16.01.2018. O'qildi: 21540 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик