Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kimga shodlik, kimga g‘am yoxud kuchli beshlik chempionatlarining so‘nggi turiga nazar solamiz

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Navbatdagi «uik-end» turli-tuman voqealarga boy bo‘ldi: Angliyada jamoalar o‘rtasidagi murosasizlik ayrim fanatlarga ham yuqdi, Ispaniyada kasbdoshlari o‘z vazifalarini ado etayotgan paytda Messi rafiqasining «xet-trik»iga «assistentlik» qildi. Italiyada Davide Astorining bevaqt vafoti tufayli to‘xtab qolgan chempionat davom ettirildi.

Angliya. Qit’aning markaziy qarama-qarshiligi

«Old Trafford»da bo‘lib o‘tgan «MYU»-«Liverpul» o‘rtasidagi bahs nafaqat APL, balki barcha top-chempionatlarda haftaning markaziy uchrashuvi sifatida e’tirof etildi. Biroq sovrinlar borasida yaqqol yetakchilik qilayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi bahs ishonchni to‘la oqlamadi. Ya’ni, Yurgen Kloppning hujumkor uslubi Joze Mourinyoning «avtobus»i qarshisida ojiz qoldi. Vaholanki, mezbonlar o‘yin arafasida Pogbadek mahorat sohibining xizmatidan foydalana olmaydigan bo‘lib qolishgandi. «Benazir» ta’biri bilan aytganda, fransiyalik yarim himoyachi oxirgi mashg‘ulotning so‘nggi daqiqalarida jarohat olgandi. Ammo bu yo‘qotish «qizil iblislar»ning samarali harakatlariga ta’sir etmadi. Birinchi bo‘limning o‘zida Reshfordning ikki aniq zarbasi Loris Kariusni dog‘da qoldirdi. Shundan keyin Mourinyo o‘z shogirdlariga «avtobus»ni puxta joylashtirish ko‘rsatmasini berdi. Natijada mehmonlar mustahkam himoyani yorib o‘ta olishmadi. Faqat Erik Bayining avtogolidan keyin o‘yinga bo‘lgan qiziqish jonlandi. To‘g‘ri, «Liverpul» Saloh va Mane yordamida bir qator xavfli hujumlarni uyushtirdi. Biroq ish aniq zarbagacha yetib bormadi. Qolaversa, uchrashuv hakami «MYU» darvozasiga penalti belgilashi mumkin bo‘lgan vaziyatda bunga jur’at etmadi. Avvaliga Valensiyaning jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynagani e’tibordan chetda qoldi. Keyin Manening Fellayni tomonidan yiqitilishi ham jazosiz qoldi. Xullas, «MYU» o‘z mav­qeini mustahkamlab oldi. Ajablanarli tomoni shundaki, Kloppdek izlanuvchan murabbiy hanuzgacha noshud darvozabonlarga ishonch bildirmoqda.

London jamoalaridan uchtasi («Chelsi», «Arsenal», «Tottenxem») nihoyat g‘alaba qozonishdi. «Vest Xem» esa o‘z maydonida «Bernli»dan yirik (0:3) hisobda mag‘lub bo‘ldi. Shu bois, stadionda g‘ayritabiiy voqealar kuzatildi - alamiga chidolmagan muxlislardan biri maydonga sakrab tushib, suyukli jamoasining yarim himoyachisi Mark Noublga tashlandi. O‘zini yo‘qotib qo‘ymagan futbolchi muxlisni kurash uslubi bilan maydonga qulatdi. Boshqa bir «shovvoz» burchak bayroqchasini yulib olib, maydon markazidan maxsus loja tomon yo‘l oldi. Uning sheriklari ham lojaga yaqinlashib, «Vest Xem» sohibidan klubni sotib yuborishni talab qila boshladilar. Mag‘lubiyat «bolg‘achilar»ni autsayderlarga yaqinlashtirib qo‘ydi.

Ispaniya. Messining oilaviy «xet-trik»i

La-liga peshqadami bu turda Malagaga safar uyushtirib, ortiqcha qiyinchiliksiz navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Qolaversa, o‘zining yorqin yulduzi - Lionel Messini uzrli sababga ko‘ra o‘yindan ozod qildi - hujumchining oilasida uchinchi o‘g‘il dunyoga keldi. Leo esa rafiqasining o‘ziga xos «xet-trik»iga «assistent»lik qildi. O‘sha oqshom uning o‘rniga Suares bilan Koutinyo «Malaga» darvozasini ishg‘ol etishdi. Parij safaridan horg‘in, lekin ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan «Real» bu turda yevrokubok yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Eybar»ni qiyinchilik bilan bo‘lsada, mahv etdi. E’tiborlisi, muhim g‘alabaga jamoa Ronalduning «dubl»­i evaziga erishdi. Joriy yilni sermahsul o‘tkazayotgan portugaliyalik mergan Primeraning sakkiz uchrashuvida 14ta gol urdi, faqat bir marta maydonni golsiz tark etdi. «Qirollik klubi»ga uchinchi pog‘onani bo‘shatib bergan, lekin ta’qibni to‘xtatmagan «Valensiya» ham safardan ishonchli g‘alaba (2:0) bilan qaytdi. Boz ustiga, «ko‘rshapalaklar» o‘zlarining eng yaqin ta’qibchilari - «Sevilya»ni yengishdi. Uchrashuvda Rodrigo «dubl»ga erishdi. «Atletiko» esa bu turda «Selta»ni qabul qilib, yirik (3:0) g‘alabani rasmiylashtirdi. Darvoqe, bahsda hisobni ochgan Antuan Grizmann oxirgi 4ta uchrashuvda sakkkiz marta raqib darvozabonlarini ranjitdi. U fevral oyida Primeraning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Germaniya. «Bavariya» shahdam odimlamoqda

Ortda qolgan har bir tur bundesliga grandini nurli cho‘qqiga yetaklamoqda. Bu gal Yupp Xaynkess shogirdlari «Alyans Arena»dagi 75000 muxlisga 6ta javobsiz gol sovg‘a qilishdi. Qizig‘i, «xet-trik»ka erishgan Levandovski o‘z hisobiga «poker»ni yozib qo‘yishi ham mumkin edi. Biroq u bitta penaltidan unumli foydalana olmadi. Riberi «dubl»ni qayd etgan bo‘lsa, Robben yagona gol bilan kifoyalandi. Myunxenda sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilgan «Gamburg» esa aftidan quyi divizionga tushib ketadigan ko‘rinadi. Shu paytgacha jamoa bunday omadsizlikka duch kelmagandi. Hozirda klub prezidenti va sport direktori direktorlar kengashining qaroriga ko‘ra klubni tark etishdi. Bu holat vaziyatni yanada chigallashtiradi. Chempionatda qatorasiga to‘rtinchi g‘alabaga erishgan «Shalke» ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Jamoa «Mayns» maydonidan muhim g‘alaba (1:0) bilan qaytdi.

«Borussiya» D.ning qiyin (3:2) g‘alabasida esa Mishi Batshuayi muhim rol o‘ynadi. Dortmundliklar safida olti marta maydonga tushgan hujumchi 5ta gol urdi. Debyutant uchun yuksak natija!

Italiya. Peshqadam o‘zgardi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:24, 14.03.2018. O'qildi: 4456 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик