Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Конкенсе" - "Реал Сосьедад".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Адана Демирспор" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/16 финала. "Барбастро" - "Барселона".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Фенербахче".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Кубок Италии. 1/16 финала. "Лечче" - "Сассуоло".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.07.2025

      05:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Вышка.
      06:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 3 м.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 10 в Монако.
      10:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России 2025.
      10:35 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани. Групповая гонка. Мужчины.
      12:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды. Прямая трансляция.
      15:00 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 "Небесная грация".
      17:00 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      17:55 LIVE Велоспорт. Альфа-Банк Первенство России в Пензе. Прямая трансляция.
      19:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:45 Д/с "Сила воды".
      21:00 "Вопреки всему".
      21:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Женщины. Прямая трансляция.
      22:45 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство.
      00:55 Д/с "Век нашего спорта".
      01:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды.
      03:30 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины.
      04:50 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Fight Night 32" в Бангкоке, Таиланд. Аллиссия Хеллен Родригес против Йоанны Перссон, Владимир Кузьмин против Стефана Короди. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      13:25 LIVE Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP TCR. Гонка 1. Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      16:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:10 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Финал. Прямая трансляция.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Новости.
      19:00 LIVE Футбол. OLIMPBET Суперкубок России. "Краснодар" - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:30 Смешанные единоборства. Shlemenko FC 11 в Омске, Россия. Александр Шлеменко против Гильерме Кадены.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Нэшвилле, США. Предварительный кард. Крис Кёртис против Макса Гриффина, Чиди Нжокуани против Джейка Мэттьюса. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.07.2025

      07:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      10:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      12:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Шорт-трек кросс-кантри.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль. Прямая трансляция.
      20:45 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 7. Обзор.
      21:45 BMX. Чемпионат Европы в Валмиере, Латвия.
      23:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Кракове, Польша. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      00:00 LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. Прямая трансляция.
      01:05 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Soyada qolayotgan iste’dod – Skott MakTominay

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi paytlarda ro‘y bergan voqyealar shuni ko‘rsatmoqdaki, «Manchester Yunayted» tarkibida Pol Pogbadan ko‘ra, Skott MakTominayning nafi ko‘proq bo‘lyapti.

Ha, bu hazil emas. Ushbu futbolchi haqida ma’lumot olishni istasangiz, quyidagi maqola bilan tanishishni maslahat beramiz.

Kim u?

Skott MakTominay «Manchester Yunayted» asosiy tarkibida 2017 yilning mayiga kelibgina debyutini nishonladi, ammo bir necha oy mobaynida jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘ldi, Chempionlar Ligasida maydonga tushdi, «Sevilya» bilan muhim bahsda qatnashib, Shotlandiya termasidan tushgan taklifga rad javobini berishga ham ulgurdi.

Skottning otasi shotlandiyalik bo‘lgani sababli MakTominay Shotlandiya va Angliyadan birini tanlashi kerak edi. Inglizlar unga termadan joy berish haqida o‘ylashmadi, yaqinda shotlandlar milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Aleks Maklish esa birinchi navbatda Skott bilan uchrashib, uni termaga jalb etish bo‘yicha muzokaraga kirishdi. Mart boshida nihoyat, MakTominay Shotlandiya termasida o‘ynashga roziligini bildirdi.

Skott 6 yoshidan buyon «Manchester Yunayted» tizimida, Markus Rashford bilan bir jamoada o‘ynagan, ammo uni bo‘yi bilan bog‘liq muammo qiynardi. 2015 yilning boshida MakTominayning bo‘yi taxminan 167 sm. edi. Keyingi ikki yil ichida ushbu ko‘rsatkichni 193 sm.gacha oshirdi - ajablanarlisi, bu nafaqat tabiiy o‘sish jarayoni, balki mashg‘ulotlar samarasi ham hisoblanadi.

«Tanam kattalar futbolida o‘ynashga tayyor emasdi. Uorren Joys va Pol MakGinness (MakTominayning murabbiylari) menga yuklamalar berib, mashg‘ulotlar sessiyasi o‘tkazishgani sababli o‘ynashga vaqtim qolmagandi», - deya eslaydi Skott.

Yosh futbolchining jismoniy holatini yaxshilashga kirishgan murabbiylar bir yarim yil mobaynida unga «MYU»ning turli yoshdagi jamoalarida o‘ynash imkoniyatini berishmadi. «MakTominay haqiqiy agressiv yarim himoyachi bo‘lishi muqarrar edi», - degandi Joys Skottni asosiy tarkibga kiritganidan keyin.

Futbolchining organizmi bilan bog‘liq muammolar ortda qolib, MakTominay trenajyorda shug‘ullanishni boshlagach, uning o‘yinni o‘qiy olish xususiyatlariga jismoniy barkamollik ham qo‘shildi. «Mendan baquvvatroq yigitlar bilan kurashda hamisha yutqazardim. Hozir esa kuchli, chaqqon bo‘lishga intilyapman va ularga raqobat tug‘dirishga tayyorman», - deydi Skott.

MakTominay «MYU»ning o‘smirlar jamoasida ba’zan Rashfordning hujumdagi o‘rnini egallar, ikkinchi bo‘limda esa Markus bilan pozisiyasini almashtirib, biroz orqaroqda to‘p surardi. «Hujumda o‘ynash orqali hujumchining bo‘sh hududga ochilishi va to‘pni qabul qilishi borasida ko‘nikmalarga ega bo‘ldim», - deydi MakTominay.

Endilikda maydon markazida javlon urayotgan bu futbolchi nafaqat sheriklariga ajoyib uzatmalar beradi (hozircha hadeb tavakkalga qo‘l urmayapti), balki o‘zi ham qulay pozisiyaga ochilyapti. To‘g‘ri, hozircha Skottning oldingi chiziqdagi to‘p so‘rashi ko‘pincha e’tiborsiz qolyapti.

Ayni payt MakTominay Pol Pog­baning pozisiyasini to‘ldiruvchi vazifasini bajarmoqda. Joze Mourinyo fransuzning taktik rolidan qoniqmay, unga zaxiradan joy ajratib berdi. Skottning esa to‘psiz harakatda (aynan TO‘PSIZ -Pogbadagi to‘p bilan o‘ynash salohiyati Joze tomonidan yuksak qadrlanadi) ko‘proq foyda keltirishiga ishonchi komil.

«Xaddersfild» va «Sevilya»ga (dastlabki uchrashuv) qarshi bahslarda (ikkisida ham Pogba zaxirada qoldirildi) Mourinyoning MakTominaydan ko‘ngli to‘ldi. E’tiborlisi, «Chelsi» va «Liverpul» bilan o‘yinlarda ham Skott 90 daqiqa yuqori saviyada to‘p surdi.

Nega u Mourinyo uchun shunchalik muhim?

Ikkita sabab bor. Birinchisi - taktik nuqtai nazardan: MakTominay «MYU»ga balans berish uchun kerak. Pol Pogba «Manchester Yunayted» to‘pni nazorat qilgan bahslarda top-darajada o‘ynaydi (buni Joze Mourinyo ham, Antonio Konte ham tan olishgan), to‘psiz qolganda esa dangasaga aylanadi.

Go‘yoki, Pogbaga yulduzlik maqomi xalal berayotgandek - Kontening «Yuventus»ida Pol to‘pga yaxshiroq intilardi. Hattoki, sevimli sxemaga moslashish ham naf keltirmayapti. Yaqinda Mourinyo Pogbani tanqid qilgan ekspertlarga e’tiroz bildirdi: «Uning sevimli sxemasini bilasizlarmi? 4-3-3. Uning yarim himoyadagi yoqtirgan pozisiyasini-chi?

Chapda. Ayrim ekspertlar millionlab daromad ko‘rishadi, ammo yaxshisi, safsata to‘qimasliklarini istardim».

Mourinyo «Sevilya»ga qarshi dastlabki uchrashuvda Pogbani zarur sxema asosida kerakli chiziqqa joyladi. Bu qaror foyda bermadi - fransuz ko‘p hollarda noto‘g‘ri pozisiya tanlash oqibatida bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Pog­badagi dangasalik taktik uquvsizlikdan ko‘proq. Bunga misol keltirishimiz ham mumkin: Pogba Banegaga yaqinlashib, pressing yordamida uning diagonal to‘p uzatishiga qarshilik qilmoqchi bo‘ladi... biroq raqibiga yaqinlashganda harakatini yakunlamay, epizoddan chetga chiqib qoladi.

Aleksis Sanchesning transferi esa Mourinyoning hayotini yanada murakkablashtirmoqda. Avval-boshdanoq chililik hujumchining «MYU»ga o‘tishi xatodek ko‘ringandi, yakunda xavotir to‘g‘ri bo‘lib chiqdi - Aleksis jamoa tizimini buzishni boshlab yubordi. «Manchester Yunayted» to‘pni nazorat qilayotganda, Sanches boshqa bir insayd - Mata singari markazga joylashadi.

Buning natijasida hujumdagi muvozanat yo‘qolib, qanotlar ta’siri va tezlik pasayadi (Martial va Rashfordning holatida bir insayd bilan o‘ynash boshqacha kechardi). «MYU» to‘psiz qolganda, Pog­ba va Sanches birgalikda muammoli hududni vujudga keltirishmoqda - har ikkisi to‘psiz sust harakatlanadi.

Aleksisning transferi Mourin­o­­ga pand berdi, bunday vaziyatdan chiqishning ikkita yo‘li bor - futbolchilardan birini boshqa pozisiyaga surish yoki birini zaxiraga olish. Sanchesni o‘rindiqqa joylash mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi, zero Pogba «MYU» to‘p bilan harakatlanganda ko‘proq foyda keltiradi.

Boz ustiga, chililikning dastlabki o‘yinlari o‘xshamagandi. Ammo bu yerda sof marketing ishga tushadi - katta maosh oluvchi obro‘li yangi o‘yinchini qisqa muddatda zaxira futbolchisiga aylantirish mumkin emas. Ayniqsa, uning pozisiyasida o‘ynab, muammoni bartaraf etishga shay futbolchi turganda. Xuddi MakTominay kabi.

Ikkinchi talqin Britaniya OAV tomonidan e’lon qilinmoqda. Mahalliy jurnalistlar Pogbaning Joze Mourinyo bilan chiqisha olmayotganini ta’kidlab, Skottga panadagi qahramon sifatida qarashmoqda.

Vaziyat Iker Kasilyasning «Real»dagi holatini eslatadi: asosiy o‘yinchiga tegishli saboq berish uchun uni zaxira o‘rindig‘iga joylashadi, boshqasi, tajribasi kam, sifatlari kamroq o‘yinchi («Real»da Adan, «MYU»da MakTominay) esa maydonga tushiriladi. Futbolchiga to‘psiz harakatlanishni buyurib, uning futbol o‘ynashiga to‘sqinlik qilish - yumshoq qilib aytganda, g‘alati fikr.

Biroq Skott bir sherigini aniq chetga surib qo‘ydi. Joze Mourinyo bir yarim yil mobaynida Maruan Fellaynida o‘yinni ideal tarzda boshqara oladigan, istalgan paytda maydon markazini kuchaytiradigan, raqib jarima maydonchasiga kirib, zarur gollarni uradigan futbolchini ko‘rdi.

Belgiyalik yarim himoyachining shartnomasi yozda yakunlanadi - uning o‘rniga esa munosib nomzod topildi. Lekin MakTominay hozircha Pogbaning jo­yini egallashga tayyor emas. U ayni payt Mourinyoning pedagogik yurishlaridagi majburiy qatnashchiga o‘xshaydi. Mazkur holatda portugaliyalik mutaxassis qulay imkoniyatdan unumli foydalanmoqchi.

U haqda nima deyishyapti?

«Manchester Yunayted» sardori Maykl Kerrik ochiq-oydin MakTominayni o‘zining vorisi sifatida ko‘rmoqda. «Unda yaxshi faoliyat yuritish uchun hamma narsa bor. Skott o‘rganish va eshitishga tayyor. Ishga bunday munosabat - yosh yigit uchun eng muhim sifatlardan biri. Bilaman, bir kun kelib u mening o‘rnimni egallaydi va bundan qo‘rqmayapman.

Kelajak egalariga ko‘maklashish kerak. Unga yordam berish uchun qo‘limdan kelganini bajarish - mening vazifam. Yoshlarning tarkibga qo‘shilib, imkoniyatga ega bo‘lishlari menga yoqadi», - deydi Kerrik. Skott va Maykldagi eng asosiy o‘xshash jihatlar - tirishqoqlik va o‘yin intellekti: Kerrik bu xususiyatlarini «MYU»ga transfer qilinishidan oldin ko‘rsata boshlagandi.

Joze Mourinyo yosh shotlandiyalikni Pol Pogba bilan solishtirmoqda. «Uning soch turmagi oddiy, tatuirovkalari, qimmatbaho avtomobillari va soatlari yo‘q», - dedi «MYU» bosh murabbiyi «Xadder­s­fild»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng (qiziq, kimga sha’ma qildi ekan?).

«Sevilya» bilan dastlabki uchrashuvdan keyin esa Mourinyo yangicha nutq so‘zladi - Pogbaning zaxirada o‘tirayotganini gapirib, MakTominay va uning o‘yinini nazardan chetda qoldirishayotgani haqida.

«U ajoyib o‘ynamoqda. Bugun o‘z ishini to‘g‘ri bajardi. Banegaga pressing uyushtirib, unga bo‘sh hudud qoldirmadi. Ever esa «Sevilya»ning asosiy pleymeykeri hisoblanadi. Bu Skott uchun ajoyib o‘yin bo‘ldi», - dedi Mourinyo.

Aslida portugaliyalik murabbiy faktlarga tayanib hiyla ishlatyapti: Banega raqibning yosh futbolchisi ko‘rsatgan pressingga qaramay, YECHLning 2011|2012 yillar mavsumidan buyon xavfli uzatmalar soni bo‘yicha ajoyib natija ko‘rsatdi. Mourinyoning navbatdagi so‘zlari Pogbaga saboq berayotganiga yana bir ishora, xolos.

Afsuski, fransiyalik yulduzning soyasi o‘z imkoniyatiga mahkam yopishishga tayyor turgan yosh iqtidor sohibining salohiyatiga munosib tarzda baho berishga xalaqit qilmoqda.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 22.03.2018. O'qildi: 4110 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.