Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qit’adoshimiz Saudiya Arabistoni JCHga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

JCH-2018da OFKning 5 vakilidan biri bo‘lgan Saudiya Arabistoni milliy jamoasi mezbon - Rossiya termasi bilan bir guruhda bahs olib boradi. Shu bois, rossiyaliklar barcha jamoalar qatori bo‘lajak raqiblarini ham yaqindan o‘rganib chiqishmoqda.

Sayyohlar va Garri Potterga taqiq

Dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan hisoblangan Saudiya zaminiga yevropaliklar sayyoh sifatida tashrif buyura olmaydilar. Agar ularda biznes yoki talabalar vizalari bo‘lsa, Saudiyadagi qarindoshlaridan chaqiruv olishsa, borishlari mumkin. Shuningdek, sport sohasi vakillariga ham yo‘l ochiq.

Saudiyaliklar Moldova terma jamoasini o‘rtoqlik uchrashuviga taklif etishdi. Arablar bu uchrashuvni FIFA taqvimi tashqarisida o‘tkazishga qaror qilishgandi. Bunday vaziyatda sparring raqib topish qiyin bo‘lgani sababli, ular reytingning 166-pog‘onasida turgan jamoa bilan aloqaga chiqishdi.

Moldova uchun bo‘lajak JCHning ishtirokchisiga qarshi o‘ynash - tarixiy voqea. Chunki kuchliroq raqiblardan tayinli taklif ololmagan moldovaliklar doimo MDH davlatlari vakillari yoki Andorra va Malta kabi zaifroq jamoalar bilan kifoyalanishga majbur edilar.

Lekin arablardan kelgan rasmiy taklif yoki hamkorlik uchun berilgan vazifalar u yerdagi qonun-qoidalardan mehmonlarni forig‘ etmaydi. Masalan, har qanday spirtli ichimliklarni olib kirish mumkin emas, hatto shokoladga ham ruxsat yo‘q. Odob-axloq mezonlariga zid bo‘lgan adabiyotlar, sehr-jodu xususidagi kitoblar ham mumkin emas.

«Bir paytlari yurtimizga kelgan biznesmenning sumkasidan Garri Potter haqidagi kitobni topib olishdi. Uni sehr-jodu aqidalarini targ‘ib qilishda ayblab, ortga qaytarib yuborishdi. Demoqchimizki, sizlar ham Saudiyaga otlanayotganda juda ehtiyot bo‘ling», - deya ogohlantirdi moldovalik futbolchilarning ushbu yurtga uyushtirgan safariga mas’ul bo‘lgan elchixona xizmatchisi.

Saudiya Arabistonida siyosiy partiya yo‘q, prezident yoki parlament saylovlari hech qachon o‘tkazilgan emas. Mamlakatni qirol boshqaradi, uning vafotidan keyin hokimiyat voris ixtiyoriga o‘tadi. O‘g‘irlik uchun u yerda panjalar, qo‘llar, kerak bo‘lsa, boshlar tanasidan judo qilinadi.

Ayollar borasida ham qat’iy qonunlar joriy etilgan. Ular ishlash, yuzlari ochiq holda ko‘chaga chiqish, erkaklar iznisiz shifoxonaga yotish huquqlariga ega emaslar. Nozik jins vakilalariga bundan yarim yil avval avtomobil boshqarishga ruxsat berildi.

Kiyinish xonasi yo‘q do‘konlar va eng baland favvora

Moldova terma jamoasini Jiddada qabul qilishdi. Mamlakatning ikkinchi eng yirik shahri iqtisodiy jihatdan o‘ta rivojlangan va zamonaviy inshootlar, savdo markazlari bilan to‘lib-toshgan. Havo harorati yil bo‘yi 40 darajadan pastga tushmaydi. Shu sababli mahalliy aholi bo‘sh vaqtlarini kondisionerlar bilan jihozlangan binolar va kafelarda o‘tkazadilar.

Eng ajablanarli manzarani Jidda do‘konlarida ko‘rish mumkin - ularda libosni kiyib ko‘rish kabinalari yo‘q. Xaridorlar o‘zlariga yoqqan 20-25 xil libosni tanlab, uylarida kiyib ko‘radilar. Ma’qul kelmagan kiyim-kechaklarni 1-2 haftadan ke-yin qaytarib berishlari yoki bosh-qasiga almashtirishlari mumkin.

Albatta, shahar faqat osmono‘par binolar, do‘konlaru restoranlardan iborat emas. Jiddaning asosiy obidasi - Fahd favvorasi. Ginnes rekordlar kitobidan joy olgan inshootdan otilayotgan suv 312 metr balandlikka ko‘tariladi. Mo‘’jizaviy favvorani mehmonxonalarning so‘nggi qavatlaridan tomosha qilish mumkin. U ayniqsa, tungi chiroqlar shu’lasida o‘zgacha tovlanadi.

Shaharning ikkinchi ulkan obidasi - «Sport Siti» stadioni. Unga qirol Abdulla nomi berilgan. 2014 yilda foydalanishga topshirilgan arena 62 ming muxlisga mo‘ljallangan.

U yerda asosiy maydondan tashqari, bir nechta mashg‘ulot maydonchalari va mehmonxona majmuasi barpo etilgan. Stadion qurilishiga bevosita qirolning o‘zi rahbarlik qilgandi. U futbolning ashaddiy muxlisi edi.

Uchrashuvga kelolmaganfutbolchilar va JCH-2018dan chetda qolgan murabbiy

Moldova terma jamoasi Jiddaga yetakchi futbolchilarisiz tashrif buyurdi. Lekin yangi bosh murabbiy - Aleksand Spiridon rahbarligida keldi. Bu mutaxassis 13 yil Mircha Lucheskuning assistenti sifatida «Shaxtyor» va «Zenit»da faoliyat yuritgan.

Mezbonlar tarkibida ham muammolar yetarli edi. Ispaniya bilan imzolangan kelishuvga ko‘ra, jamoaning 9 nafar a’zosi Primero klublari safidan joy olishgandi. Yarim himoyachi Salim al Dosari «Vilyarreal»da, himoyachi Yahyo al Shahri «Leganes»da, hujumkor yarim himoyachi Fahad al Muvallad «Levante»da malaka oshirishmoqda.

Yana 6 nafar yosh futbolchi Segunda va La Liganing o‘rinbosarlari tarkibida tajriba to‘plamoqdalar. Tabiiyki, ular ham xorijiy chempionatlardagi moldovalik kasbdoshlari kabi o‘rtoqlik uchrashuviga kela olishmadi. Moldova bilan bo‘lgan bahs Saudiya uchun JCH-2018ga tayyorgarlik jarayonining yakuniy bosqichini boshlab berdi.

Uni samarali o‘tkazish mas’uliyati gollandiyalik Yan van Vinkelga yuklatilgan. Yevropaning aksariyat termalari turnir arafasida 5ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadilar. Saudiyaliklar esa kamida 8ta o‘yinda maydonga tushishni rejalashtirishgan.

Jamoa avvaliga Iroq, keyin Ispaniyada Peru va Ukraina, so‘ngra Italiya, Belgiya va Germaniya bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. «Iroqqa qarshi bellashuvning ahamiyati shundaki, uning uslubi Misrnikiga yaqin. Ukraina esa guruhdagi ikkinchi raqibimiz - Rossiyaga o‘xshash» - dedi van Vinkel.

Saudiya milliy jamoasi mundialga yangi bosh murabbiy - Xuan Antonio Pissi rahbarligi ostida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Avvalroq ispaniyalik mutaxassis Chili termasini Kopa Amerika-2016 turnirida shohsupaga olib chiqqandi. Bir yildan keyin esa u Konfederasiyalar kubogida portugaliyaliklarga final yo‘lida to‘siq bo‘ldi.

Lekin Messi va Ronalduning jamoalaridan ustun kelgan Chili JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Murabbiy esa Rossiyaga Saudiya termasi ustozi sifatida boradigan bo‘ldi. Chunki bu termani saralashdan olib chiqqan Bert van Marveyk yangi kelishuv shartlaridan qoniqmadi va jamoani tark etdi. Oqibatda uning o‘rnini Pissi egalladi.

Moldova termasiga qarshi nazorat bahsini mezbonlar shunchalik shiddat bilan boshlashdiki, go‘yo ispaniyalik murabbiy bor maoshini shogirdlarining tezkor goli uchun tikkandek tuyuldi.

Mehmonlar esa bunday bosimni kutmaganlari bois, unga tayyor emasdilar. Natijada mezbonlar 10 daqiqada hisobni ochdilar. Pissi o‘yin jarayonida 4-4-2 sxemasini 4-1-4-1ga almashtirib turdi, uning shogirdlari esa Ispaniyaga xos o‘yin namoyish etishdi.

Jamoa himoya chizig‘i xususida fikr bildirish qiyin. Chunki ikkinchi tarkib bilan maydonga tushgan Moldova 45 daqiqa ichida atigi 1 marta aniq zarba yo‘lladi. Xullas, bellashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jamoa saviyasini yanada oshirish maqsadida mamlakat rahbari 700 mln. yevro ajratdi. Tabiiyki, sarmoya o‘z samarasini beradi. Ehtimol, Rossiya mundialida o‘zgarishlar unchalik sezilarli bo‘lmas, lekin Qatardagi JCHda Saudiya munosib to‘p surishi turgan gap.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:59, 24.03.2018. O'qildi: 2735 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик