Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • 1:1
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • 0:0
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Neftchi» so‘nggi muvaffaqiyatsizliklar borasida rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Neftchi
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

So‘nggi yillarda o‘z natijalari bilan muxlislarni mamnun eta olmayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasining omadsiz ishtiroki joriy mavsumda ham taqib etib kelayotgani bor gap.  Ayni paytda keng jamoatchilik va muxlislar  klubni keskin tanqid ostiga olgani bor gap. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham Farg‘ona viloyatining bosh jamoasi hamisha olg‘a intilishda davom etadi va mazkur qaltis vaziyatdan chiqish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Hozir esa jamoaning joriy mavsumdagi omadsiz ishtiroki borasidagi masalalarga to‘xtalib o‘tamiz

SUPERLIGAGA QAYTISH

Xo‘sh, o‘tgan yili 15-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Neftchi” qanday qilib yana 12 talik tizimga ega bo‘lgan Superligaga qaytdi ? Barchasidan xabaringiz bor. Yangi mavsum boshlanishiga 31 kun vaqt qolganda “Neftchi” jamoasining chempionatda ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Bu vaqtga kelib “Neftchi” safida atiga 2-3 nafar tajribali o‘yinchilar va yoshlar jamoasi vakillari vaqtincha shug‘ullanib turishgan edi. Yangi murabbiylar shtabi tasdiqlangach na Superligada na Pro-ligada ishtirok etishini aniq bilmagan, hali yetarli darajada seleksiya ishlarini amalga oshirmagan, “Sementchi” jamoasi ko‘rigida bo‘lib turgan ko‘plab o‘yinchilar “Neftchi”ga jalb qilindi... Shu tariqa yangilangan “Neftchi” Superligaga tayyorgarlikni boshladi!  

Aslini olganda, Oliy liga-2017ning ikkinchi davrasi davom etayotgan bir paytda ko‘plab klublar keyingi yilning g‘amini yeyishni boshlashadi. Kimlarni taklif etamiz, qayerda yig‘in o‘tkazamiz zamiridagi savollar bilan navbatdagi mavsum uchun rejalar tuzishni boshlashadi. Yuqori saviyali, jamoani chin ma’noda kuchaytira oladigan o‘yinchilar dekabr oyidayoq o‘zlariga yangi jamoa topishgan yoki bo‘lmasa amaldagi jamoalari bilan shartnoma imzolashga ulgurishadi. Gapni lo‘nda qilib aytganda,hamma jamoa tarkibini optimal holatga keltirib bo‘lgan va yangilangan Superliganing boshqa talablarini yakunlayotgan bir paytda Farg‘ona jamoasi hamon bo‘lg‘usi taqdirini kutayotgan edi...

YANGI MAVSUMGA TAYYORGARLIK VA SELEKSIYA

Sal kam bir yil davom etadigan katta bir mavsumga jamoalar 3 oy davomida tayyorgarlik ko‘rishadi. “Neftchi” ixtiyorida esa atigi bir oy muddat qolgan edi. Futbolimizda yilning fevral oyi seleksiya jarayoni uchun deyarli "to‘xtagan" muddatga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, saviyali o‘yinchilar allaqachon jamoasi bilan shartnoma tuzib, xorij yoki poytaxt yig‘inida ishtirok etayotgan bo‘ladi. Chiqmagan jondan umid deya, “Neftchi” ham seleksiya borasida bor imkoniyatlarini ishga soldi. O‘tgan mavsumda klub safida to‘p surib, o‘sha kunlari boshqa jamoalar safiga qo‘shilish arafasida bo‘lib turgan  Abdujamol Isroilov hamda Doston Tursunov singari farg‘onalik futbolchilar yana ortga qaytarildi. Shu o‘yinchilar misolida, o‘tgan yillar davomida Vodiyda to‘p surgan futbolchilar yana jamoaga chorlandi. Qisqa fursat ichida, “Neftchi” faqatgina bitta “Hokim Kubogi” va Toshkentda 10 kunlik yig‘inda ishtirok etdi xolos. Bu esa yangi tuzilayotgan jamoa o‘yinini shakllantirish va futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazib olish uchun juda oz muddat edi. Bu holatni esa nafaqat mutaxassis, oddiy futbol muxlisi ham yaxshi tushunsa kerak.

LEGIONERLAR

“Neftchi” qisqa fursatli seleksiyada 5 nafar legionerni ko‘rikdan o‘tkazdi va ulardan ikki nafari Vyacheslav Sushkin va Vitaliy Mirniylar murabbiylar shtabiga ma’qul keldi. Hujjatlari bilan bog‘liq muammo tufayli, ukrainalik darvozabon ilk turni o‘tkazib yubordi. Hujumchi Sushkin bilan esa kutilmagan voqealar sodir bo‘lib ketdi. Ya’ni, yig‘inlar va o‘rtoqlik o‘yinlari chog‘ida o‘zini ijobiy taraflama ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan rossiyalik o‘yinchi mavsum boshlanishiga keskin o‘zgardi. 1-turda “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda 45 daqiqagina harakatlangan futbolchi, yo‘q joydan jarohatlanganlar qatorini to‘ldirdi. Emishki, o‘yinchi yig‘in chog‘ida jarohat olgan hamda to‘liq sog‘ayib ketishiga vaqt kerak bo‘ladi. Yurtimizdagi tibbiyot xodimlarining tekshiruv natijasiga ko‘ra, Sushkin O‘zbekistonga eski, ya’ni,qaytalanib turadigan jarohati bilan kelgan. Hozircha, rossiyalik o‘yinchi jiddiy davolanish bilan band. Afsuski, uning to‘liq o‘ynab ketishiga ishongan vakillarimiz yig‘indagi boshqa hujumchilarning xizmatlaridan voz kechishdi va ularga javob berib yuborishgandi.

 

SAFAROV VA A’ZIMOV

Samarqandning “Dinamo” jamoasidan Farg‘onaga taklif qilingan hujumchi Amirjon Safarov va universal yarim himoyachi Jasur A’zimovlar “Neftchi”ga kelishi jamoani ancha kuchaytirgan edi.  Ayniqsa Safarov “Neftchi”ning oldingi chizig‘ida juda ham muvaffaqiyatli to‘p surdi. “Hokim kubogi” va o‘rtoqlik uchrashuvlarida barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Hattoki, klub Safarov va A’zimovni yangi mavsum uchun “zayavka” ham qildi. Ushbu futbolchilar jamoamizning poytaxtdagi va Farg‘onadagi barcha yig‘inlarida tarkibimizda to‘liq ishtirok etdi. Shu sababli ushbu ikki futbolchining jamoamiz safida qolishiga deyarli hech kimda shubxa yo‘q edi. Shu jumladan, murabbiylar ham ishongan va ularning hisobini ham olib bo‘lgan edilar! Afsuski, chempionat boshlanishiga bir kun qolganda yangicha formatdan aziyat chekkan “Dinamo” ushbu ikki futbolchilar bilan amaldagi shartnomasi tugamaganligini sabab qilib,o‘yinchilarni qo‘yib yubormadi va qaytarib oldilar. Hujum chizig‘ida harakat qiluvchi Safarov, Kuboki, Shevchuk, Derebchinskiy, Bobojonov, Berdiyev, Yusupov singari o‘yinchilarning taqdiri ijobiy hal bo‘lishiga ishongan va hujumchilar soni ko‘pligi sabab murabbiylar shtabi o‘tgan mavsum “Sementchi” safida to‘purar bo‘lgan Davron Isaqovni boshqa klubga qo‘yib yuborishdi. Yakunda esa...  

JAROHATLAR

Bugungi kunda juda ko‘plab “Neftchi” futbolchilari jarohatlari bilan maydonda harakat qilishmoqda. Murabbiylar shtabi vaziyatdan kelib chiqib, mana shunday qaror qabul qilishga majbur bo‘lishmoqda. Masalan, hujum borasidakamchiliklarga duch kelayotgan “Neftchi” murabbiylari jarohatidan tiklanib, endigina mashg‘ulotga chiqqan Murod Bobojonovni hali o‘yinga tayyor bo‘lmay turib maydonga  tushirishga majbur bo‘lishdi. Undan tashqari Doston Tursunov, Alisher Samatov, Shukur Po‘latovlar ham yengil jarohati bilan o‘ynamoqda. Bu kabi o‘yinchilar ko‘p. To‘g‘ri futbolchilar to‘liq tiklanmasdan, jarohati bo‘la turib o‘ynashda davom etishi ularning kelgusi faoliyatlari uchun xavfliligini bilsalarda jamoa manfaati uchun katta hoxish bilan maydonga chiqishmoqda. Buni shunchaki katta matonat, o‘z kasbimiga bo‘lgan yuqori sadoqatdan dalolat deyish mumkin.

BIRINCHI DAVRADAN KEYINGI REJALAR

“Neftchi” PFK rahbariyati o‘z murabbiylariga ishonishda davom etadi. Garchi jamoa natijalari ijobiy ko‘rinish olmayotgan bo‘lsada, jamoada muhimi o‘yin bor. Qisqa fursatda tuzilgan jamoa uchun “Neftchi” yomon o‘yin ko‘rsatmayapti. Ortda qolgan bahslar: “Nasaf”, “Buxoro”, “Metallurg”“So‘g‘diyona” va "Navbahor"ga qarshi bellashuvlarda jamoa hujumkor hamda chiroyli o‘yin ko‘rsatib,qanday kuchga ega ekanligini namoyish qildi. Birinchi davra yakunlanganidan so‘ng “Neftchi” tarkibni yanada keskin kuchaytirishga urg‘u beradi. Buning uchun jamoa murabbiylari allaqachon seleksiya ishlarini boshlab yuborishgan. Bu klubning ayni paytdagi eng ustuvor va birinchi raqamli rejasi bo‘lib turibdi.  

JAMOA MUXLISLARIGA MUROJAAT

Azaldan ishqibozlik borasida "Neftchi" milliy futbolimizda yetakchilik qilib kelgani hech kimga sir emas. Hamisha "Buyuk chinorlar"ning muxlislari o‘z suyukliklarini yolg‘izlatib qo‘yishmagan. Jamoa g‘alaba qozongan paytda ham  xattoki Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan pallada ham birdek "turib beradigan" muxlislarimizning borligi kishini quvontiradi. Gap aynan qaysi muxlislar haqida ketayotganini ushbu jumlalarni o‘qiyotgan fidoyi ishqiboz his etib turgan bo‘lsa ajab emas. 2018-yilda Qudratillo Mahmudov boshchiligida o‘zlari uchun "Jonkuyar muxlislar" nomini rasmiylashtirgan muxlislar guruhi joriy mavsumda jamoani yana jadallik bilan qo‘llab borishmoqda. Buniklubrahbariyati, murabbiylarshtabivafutbolchilarjudayaxshihis etib turishibdi. Ha, hozir aynan ularning daldasi "Neftchi"ga hammadan ko‘proq kerak! 

Barcha sog‘indi o‘sha chempion "Neftchi"ni?! To‘g‘rimi ? Farg‘ona "Markaziy" stadioniga yaqinlashib borib, "bugun "Neftchi" ijrosida nechta gol ko‘rar ekanmiz ?" deya qizg‘in muhokamalar bilan o‘yingohga boradigan kunlarni muxlislar qumsagani bor gap. O‘sha yillarda qayd etilgan natijalarda farg‘onaliklarning 12-o‘yinchisini hissasi ulkan edi. 13-sektordagi muhit butun boshli stadionni larzaga keltirar, "Neftchi"ni qo‘llab-quvvatlab turishga chorlardi. Ha, Farg‘ona jamoasiga ishqibozlarning mana shunday daldasi zarur. Hozirchi? "Istiqlol" sektorlarida jamoani qo‘llab-quvvatlash o‘rniga futbolchilarni keskin haqorat qilish yo‘liga o‘tishgan. Maydon tekis, to‘p yumaloq. Unda xar qanday o‘yinchi xato qilishi mumkin. So‘nggi paytlarda, "Neftchi"ning uy uchrashuvlarida shunday holatlar kuzatilyaptiki, muxlislar maydon egalarini hattoki 90 daqiqa davomida o‘z so‘z boyligidagi jamiki "ibora"lar dan foydalanib, o‘yinchilarga bosim qilishmoqda. Hozir futbolchilar maydonda nafaqat raqib bilan balki muxlislarning bosimiga qarshi ham kurashishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Maydonda Farg‘ona sharafini himoya qilayotgan o‘yinchilarni aynan viloyatlik ishqibozlar tomonidan yaqinlari, ota-onasi va qarindoshlaridan kelib bo‘ralatib so‘kayotgani alam qiladi. Bir marta xato qilgani uchun butun stadiondan so‘kish eshitgan o‘yinchi, ikkinchi marta to‘p uchun kurashda koptokka borishni ham istamay qoladi. Fikr zamirida, shu kabi muxlislar bosimi jamoaning ruhiyatini tushishiga yanada "ko‘mak" bermoqda.

Shu o‘rinda “Neftchi” jamoasining ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi “muxlislari”ga murojaat qilmoqchimiz! Siz jamoani shunday og‘ir kunlarida qanday qo‘llab-quvvatlayapsiz? (agar qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsangiz), Jamoaga shunday pallada dalda bo‘lish uchun nimalar qila oldingiz? Omadsizlikning sababi nimada ekanligini hech o‘ylab ko‘rdingizmi?

“Muxlislik madaniyati” degan tushuncha bor. Ushbu masalaga, ayniqsa,joriy mavsumdan O‘FA tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Jumlaning aslida ma’nosi esa – har bir jamoa muxlislari uchrashuv vaqtida maydondagi xakamlarga, raqib futbolchilariga va raqib muxlislariga hurmatda bo‘lishi hamda o‘zini madaniyatli tutishi degan ma’noni anglatadi. Lekin raqib futbolchilarini emas, o‘z jamoasi futbolchilarini, murabbiylari va rahbarlarini uchrashuv davomida buralatib so‘kib, barcha yomon so‘zlarni o‘z jamoadoshlariga qarata, butun O‘zbekiston eshitadigan qilib hayqiradigan muxlislarni nima deb atash mumkin?!

Axir Siz emasmi o‘sha yanvar oyida 15-o‘rin bilan tarixda birinchi marta Oliy ligani tark etib, Birinchi ligaga ravona bo‘lgan  jamoangizni achinish bilan kuzatishdan boshqa narsa qo‘lidan kelmay turgan?

Siz emasmi Birinchi liga tugul, butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan va tarqatilib yuborilayotgan “Neftchi” jamoasini Pro-ligada bo‘lsa ham ishtirok etishiga rozi bo‘lib turgan?

Nahotki, o‘sha kunlarni esingizdan chiqarib yuborgan bo‘lsangiz? Nahotki, jamoangizni shunday omadsiz kunlarida dalda bo‘la olmasangiz?! Shundoq ham bosim ostida qolayotgan o‘z jamoangizga tanqid fikrlar bilan battar bosim qilsangiz?!  

Balkim bu gaplar kimgadir erish tuyular, lekin bir narsani unutmang!  Jamoaga kelgan yangi rahbarlar o‘z oldiga “Neftchi”ning oldingi mavqeini qaytarishni maqsad qilib kelganlar va bunga erishadilar ham inshoolloh. Lekin buning uchun eng avvalo ishonch, ishtiyoq va vaqt kerak. Oldimizda esa xali vaqt bor. Futbolchilarimizda esa ishtiyoq katta! Buni o‘tgan bir necha uchrashuvlarda ko‘rdik, lekin o‘ziga bo‘lgan ishonch bir oz yetishmayotganligi ham ko‘rinib turibdi. Kamchiliklar ustida ish olib borilmoqda.  

Yuqoridagi fikrlarni sizga bir bahona sifatida qabul qilishingiz uchun yozmadik. Buni jamoaga ishonchsizlik bilan qarayotgan va o‘zining jamoasini yerga urib, raqiblarni olqishlayotgan soxta muxlislarga shunchaki xalaqit qilmasliklarini so‘rab yozdik xolos.  Futbolchilarimizga o‘ziga bo‘lgan ishonchni ortishiga va bosimni yengib o‘tishlariga birgalikda ko‘maklashaylik deymiz!

“NEFTCHI” MATBUOT XIZMATI  

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 15:38, 30.04.2018. O'qildi: 5348 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.