Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sardor Sulaymonov: «Mo‘minjonov futbolchilarni ruhlantirishni biladi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Namanganlik muxlislar bu futbolchini Superliga 9-turi doirasidagi «Navbahor» - «Neftchi» jamoalari o‘rtasidagi «Vodiy derbisi»dan so‘ng yaxshi taniy boshlashdi.

Mazkur bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Sardor Sulaymonov 84-daqiqada mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib, muvozanatni tiklagandi.

E’tiborlisi, bu hujumchining joriy mavsumdagi ilk goli. Yaqinda Sulaymonovni suhbatga chorlab, turli mavzudagi savollarga javob oldik.

- Avvalo, Superligada gollar hisobini ochganingiz bilan tabriklayman. Ayting-chi, «Neftchi»ga qarshi kechgan «Vodiy derbisi»dan qanday taassurot oldingiz?

- Tabrik uchun rahmat. «Navbahor» safiga shu yil qo‘shildim. Jamoamizning «Neftchi» bilan azaliy raqibligi, farg‘onaliklarga qarshi bahslarning juda shiddatli o‘tishi haqida eshitgandim. Lekin shunday o‘yinda o‘zingiz ishtirok etsangiz, buning zavqi o‘zgacha bo‘larkan.

Derbida jamoalarning turnir jadvalida qaysi pog‘onani egallab turishganining ahamiyati yo‘qligi 29 aprel kungi uchrashuvda ham o‘z isbotini topdi. Mehmonlar bizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilib, uchrashuvda hisobni ochishdi. Shukrki, menga muvozanatni tiklash nasib etdi.

Bundan juda xursandman. Avval ham safarda «Qo‘qon-1912» hamda O‘zbekiston kubogi 1|16 finali doirasida «Andijon» klublari bilan bo‘lgan derbilarda qatnashdim. Lekin baribir, Superliganing muntazam ishtirokchisi bo‘lgan «Neftchi»ga qarshi uchrashuv menda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

- Bungacha «Navbahor» o‘z maydonida «Lokomotiv» (2:0) va «Bun-yodkor» (2:1) singari kuchli jamoalarni mag‘lubiyatga uchratgan, «Nasaf» bilan durangga imzo chekkandi. Joriy mavsum ishlari yurishmayotgan «Neftchi» ustidan g‘alaba qozonish uchun «Navbahor»ga nima yetishmadi?

- To‘g‘ri, jamoamiz farg‘onaliklarni mag‘lubiyatga uchratishga qodir edi. Lekin aytganimdek, bunga birinchidan, mehmonlarning derbiga o‘zgacha ishtiyoqda tayyorgarlik ko‘rishgani va maydonda oldingi bahslarga qaraganda boshqacha to‘p surishgani sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari, o‘sha o‘yinda diskvalifikasiya sababli, tajribali himoyachi Jahongir Mehmonov to‘p surmadi. Bu ham o‘yinimizga ta’sir o‘tkazdi va mudofaa chizig‘idagi birgina xato qimmatga tushdi. Endi keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonib, muxlislar ishonchini oqlashga intilamiz.

- «Navbahor» kutilmaganda O‘zbekiston kubogi 1|16 finali doirasidagi bahsda «Andijon»ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. O‘sha mag‘lubiyatni qanday izohlaysiz?

- O‘zbekiston kubogining ilk uchrashuvidayoq mag‘lubiyatga uchrab, kubok bahslarini tark etganimiz, boz ustiga, Pro-liga vakiliga yutqazganimiz alamli bo‘ldi. To‘g‘ri, mezbonlar quyi liga vakili edilar, ammo o‘yin «Vodiy derbisi» maqomiga ega edi, qolaversa, raqib o‘z maydonida o‘zgacha ishtiyoqda to‘p surdi.

Bizning esa biroz xotirjamlikka berilganimiz, shuningdek, jamoamizdan omad yuz o‘girganligi mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi, menimcha. Andijonliklar yuzaga kelgan kamsonli imkoniyatlardan birini golga aylantirishdi, biz esa... Nima ham qilardik, futbolda doimo g‘alaba qozonolmaysiz, tasodifiy mag‘lubiyatlar ham uchrab turadi.

- Joriy mavsum bahslari borasida nima deya olasiz?

- Oliy liga Superligaga aylantirilganidan keyin milliy chempionatimizda shunga yarasha kuchayish kuzatildi. Hozir birinchilikda yaqqol ajralib turadigan jamoa yo‘q. Barcha klublarning kuchi teng. Uchrashuvlar natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lyapti.

Masalan, «So‘g‘diyona»ning Qarshida «Nasaf»ni mag‘lubiyatga uchratishini kim ham o‘ylabdi, deysiz? Bundan tashqari, 9-turga kelib, Superligada mag‘lubiyatga uchramagan jamoa qolmadi. Bu ham joriy mavsumning qiziqarli tarzda kechayotganligidan dalolat.

- O‘z maydonida har qanday raqibni mag‘lubiyatga uchratadigan «Navbahor»ning negadir safardagi bahslarda omadi chopmayapti...

- O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi, deyishadi. Shunga bo‘lsa kerak, nafaqat «Navbahor», balki boshqa klublar ham o‘z maydonlarida yaxshi o‘yin namoyish etishga intilishadi.

Joriy mavsum startida safarda 4 ochkoni qo‘lga kiritgandik. Lekin keyingi bahslarda unchalik omadimiz chopmayapti. Asosiysi, qayerda o‘ynashimizdan qat’i nazar, raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga intil-yapmiz.

- Ilhom Mo‘minjonov haqida nima deya olasiz?

- Meni «Navbahor»ga Ilhom Ibrohimovich taklif qilgan. U yosh bo‘lishiga qaramay, kuchli mutaxassis. Barcha futbolchilar bilan munosabatlari yaxshi.

Mashg‘ulotlarni qiziqarli va rang-barang tarzda olib boradi. Uchrashuvlar oldidan kerakli so‘zlarni topib, bizni ruhlantiradi. Uning boshchiligida jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishimizga ishonaman.

- «Navbahor»da eng yaqin do‘stingiz kim?

- Butun jamoa ahil-inoq. Barcha bilan munosabatim yaxshi, hammamiz xuddi aka-ukadekmiz. Bir so‘z bilan aytganda, bahamjihatlikda harakat qilamiz.

SARDOR SULAYMONOV

1994 yil 5 avgustda Buxoro shahrida tug‘ilgan.

Futbol bilan 13 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Birinchi murabbiyi: Sulaymon Rahmatov.

Ampluasi: hujumchi.

O‘ynagan jamoalari: «Buxoro» (Buxoro) - 2011-2014 yillar, 2015 yilning 2-davrasi - 2016 yil, «Mash’al-2» (Muborak) - 2015 yilning 1-davrasi, «Dinamo» (Samarqand) - 2017 yil. 2018 yildan «Navbahor»da.

Ulug‘bek UMAROV suhbatlashdi

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:53, 10.05.2018. O'qildi: 2908 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик