Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tajriba ehtirosga qarshi. Nega «Real» yana YECHLda g‘olib bo‘ladi?

Baho:
+ | -1
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 26 may, shanba kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida Madridning «Real» klubi Liverpulning «Liverpul» klubiga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi finalida maydonga tushadi. Ushbu to‘qnashuv arafasida qaysi klub qaysi jihatlari bilan g‘alabaga loyiqroqligi tahlili quyida keltiriladi.

Chempionlar ligasi. Final. Shanba. «Real» - «Liverpul». 23:45 (Toshkent vaqti)

«Real»ning final uchun zayavkasi:


Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Xesus Valyexo, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Teo Ernandes, Ashraf Hakimi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kasemiro, Markos Loryente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich, Dani Sebalyos.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

«Liverpul»ning final uchun zayavkasi:

Darvozabonlar: Loris Karius, Simon Minyole.
Himoyachilar: Nataniel Klayn, Trent Arnold, Virjiyl van Deyk, Deyan Lovren, Ragnar Klavan, Alberto Moreno, Endryu Robertson, Nataniel Fillips.
Yarim himoyachilar: Jordan Henderson, Jorjinyo Veynaldum, Jeyms Milner, Emre Jan, Adam Lallana, Rafael Kamacho, Kyortis Jons, Sadio Mane, Roberto Firmino.
Hujumchilar: Muhammad Saloh, Denni Ingz, Dominik Solanke, Benjamin Vudbyorn.

Final uchrashuviga Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi tayinlangan. Majichga qanotlarda hamyurtlari — Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich yordam beradi. Darvoza ortida esa Nenad Jokich va Danilo Gruich ishlaydi. To‘rtinchi hakam – Kleman Tyurpen (Fransiya).

Ikki teng kuchli jamoa Chempionlar ligasining joriy mavsumini yakunlab qo‘yishga bel bog‘lagan. 9 oylik yo‘l, 12ta o‘yin (inglizlar saralash bosqichidagi o‘yinlar hisobiga 14ta o‘yin o‘tkazishgan) - bular barchasi ortda qoldi, endi oxirgi qadamni qo‘yish kerak. «Real» va «Liverpul» 13-marta «Quloqli Kubok»ni qo‘lga kiritish uchun otlangan, ancha vaqtdan buyon na ichki chempionatda, na xalqaro maydonda muxlislarini xursand qila olmayotgan «qizillar» esa oltinchi YECHL kubogini qo‘lga kiritishga yaqin.

Zidan effekti

Oddiy fakt - fransiyalik ushbu mutaxassis bilan «Real» hali Chempionlar ligasini tark etmadi. Albatta, mag‘lubiyatlar bo‘ldi, ammo jamoa «asosiy urushda emas, ayrim janglarda» yutqazdi. 2016 yil yanvarida jamoa bir joyda depsinib qolganida Benites iste’foga chiqarildi va yarim yil muddatga vaqtinchalik murabbiy sifatida Zinedin Zidan olib kelindi. U yo‘l-yo‘lakay «Qirollik klubi» bilan YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritdi, keyingi mavsumda ikkinchi sovrinni o‘ziniki qildi. Uning bu yutuqlari osonlik bilan kelgani - u ancha yillardan buyon klub tizimida ekani, jamoani ich-ichidan bilishi bilan izohlanadi. Klub afsonasi hamon Madrid osmonida yorqin nur sochmoqda.

Zidanning uchinchi mavsumida «Real» o‘yinida pasayish kuzatilgani bor gap, «Real» joriy mavsumda chempionatning birinchi davrasida o‘ta yomon o‘yin ko‘rsatdi, Ispaniya Kubogidan barvaqt chiqib ketdi, guruh bosqichida «Tottenhem»ga qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlar jamoaning YECHLdagi istiqbolini ham shubha ostida qoldirgandi. Ammo fransiyalik mutaxassis shogirdlarini ruhlantira oldi va o‘zining kutilgan iste’fosi haqidagi gaplarni ham chippakka chiqardi. 

Tajriba va ehtiros to‘qnashuvi

Zidan tarixga g‘olib murabbiy sifatida kirib bo‘ldi. Unda har bir futbolchi uchun to‘g‘ri yondashuvdan tashqari, katta o‘yinlarga to‘g‘ri strategiya tanlash qobiliyati ham bor. Zidanning eng asosiy ustunligi - u omadli murabbiy. Omad kuchlilarga kulib boqadi, deyishadi. Buni o‘tgan yili «Yuventus»ga qarshi final o‘yinida ham, joriy mavsumda chorak finalda «Yuventus»ga qarshi javob o‘yinida ham ko‘rdik.

Ha, Klopp «Real»ni Chempionlar ligasida 3 marta mag‘lub etgan, ammo uning «Borussiya»si YECHL finalida ham (2013 yilda «Bavariya»ga 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat), Yevropa Ligasi finalida ham (2016 yili «Sevilya»dan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat) muvaffaqiyatga erisha olmagan, hozirgi «Liverpul» futbolchilaridan birontasi esa shu vaqtga qadar YECHL finalida maydonga tushmagan. Zidan esa jamoa bilan keyingi 2,5 yilda 8 sovrinni qo‘lga kiritgan.

Ronaldu omili

Zidanning qo‘li ostida dunyoning eng yaxshi straykeri bor - Ronaldu. Portugaliyalik futbolchi 33 yoshda, ammo u o‘zini 23 yoshli futbolchidek tutmoqda, u aprel oyida «Yuventus» darvozasini qo‘riqlayotgan Buffonga «qaychi uslubi»da gol urish uchun 2,38 metr balandlikka sakradi. Ronaldu ham Zidan kabi inqirozli davrni yengib o‘ta oldi va ikkinchi davrada 13 o‘yinda 22 gol urdi. U YECHLning joriy mavsumida 15 goli bilan mutlaq to‘purar. «Liverpul»da Saloh bor, u yoshroq va g‘alabalarga chanqoq. Ammo Ronaldu 4 marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan va finallarda 4ta gol urgan. Unda bu mavsumni ham a’lo darajada yakunlab, YECHL medallari sonini 5taga yetkazib qo‘yish imkoniyati mavjud. U qirol. Saloh esa hali jo‘jaxo‘roz, Krishtianu o‘z futbolini o‘ynaydi, Saloh Firminyo va Mane uyg‘unlikda harakatlanishi kerak. 

G‘oliblik ruhi

Chempionlar ligasi finali yilning eng muhim o‘yini bo‘lishi bilan birgalikda, finalda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi.
Ikki jamoada ham himoya chizig‘ida muammolar bor. Lekin inglizlarda tajriba ham yo‘q. Yarim finalda «Roma»ga qarshi o‘yinda ochiq o‘yin ko‘rsatgan jamoa ikki o‘yinda 6 gol o‘tkazdi. Nazariy jihatdan «Real» ham «Bavariya»dan shuncha o‘tkazishi mumkin edi, ammo bitta ham o‘tkazmadi.

Bugun natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Kiyevda tomoshabop o‘yin kutib turibdi. «Liverpul»ning «engil artilleriyasi» «Real» uchun syurprizlar taqdim etishi, tezkor qarshi hujumlari bilan raqibni yakson etishi ham mumkin. Agar inglizlar bugun hayajonlanmasa va «Real» yarim finalda «Bavariya»ga qarshi o‘yinlarda bo‘lgani kayfiyatsiz o‘ynasa. Ammo buning ehtimoli kam, «Real» dono qirol, «Liverpul» hali bir shoshqaloq «mahmadona».

Har ikki jamoa ham YECHLda g‘olib bo‘lish bo‘yicha katta tajribaga ega, ammo «Real» oxirgi yillarda YECHLda gegemonga aylangan. Madridliklar keyingi 5 yilda to‘rtinchi marta, qatorasiga 3 yilda 3 marta finalga chiqqan. Jamoa qatorasiga uchinchi marta «Quloqli kubok»ni qo‘lga kiritish orqali yangi tarix yozishi mumkin.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 18:46, 26.05.2018. O'qildi: 8481 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.