Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirjalol Qosimov: “Terma jamoamiz nega jahon chempionatiga chiqa olmadi? Bilmayman”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekistonlik mashhur futbolchi, bugungi kunda "Bunyodkor" futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Sputnik muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston terma jamoasining mundial yo‘lidagi omadsizligi, kechagi va bugungi futbol, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida kimga muxlislik qilishi haqida so‘zlab berdi.

- Sizningcha, O‘zbekiston terma jamoasiga mundialga chiqishi uchun nima yetishmadi?

— To‘g‘risini aytsam, bilmayman. Menimcha, omad yetishmadi. Jahon chempionatiga chiqishni barcha — ishqibozlar, butun xalqimiz, rahbariyat, futbolchilar va murabbiylar istagandi. Bu yilgi mundialga chiqish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, harakat qilindi, ammo omad yetishmadi. Menimcha, har qanday ishda omad ham albatta yonma yon yurishi kerak.

Hamma narsa o‘tib bo‘ldi, endi ortga qaramasdan, kelajakka boqish kerak. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi chempionatga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish kerak.

- Bu yilgi jahon chempionatida kimga muxlislik qilasiz va qaysi jamoalarni favorit deb hisoblaysiz?

— Jahon chempionatida birinchi navbatda mashhur hakamimiz, do‘stimiz Ravshan Ermatovga muxlislik qilaman. Bu yilgi chempionatda ham uning boshchiligidagi guruh ishtirok etadi, Ermatov jahon chempionatlarida hakamlik qilish bo‘yicha rekordchi.

Favoritlarga kelsak, oldindan fol ochishni yoqtirmayman. Mundialda kuchli jamoalar yig‘ilgan, bu bosqichga qadar ular mashaqqatli yo‘lni bosib kelishgan. Ular orasida Argentina, Braziliya, Ispaniya terma jamoalari kuchli sanaladi. Germaniya ham jismoniy jihatdan kuchli o‘yin ko‘rsatadi. Ammo fol ochishni yoqtirmayman.

- Chempionatdagi biror uchrashuvni stadiondan bevosita ko‘rish niyatingiz bormi yoki televizor orqali tomosha qilasizmi?

— Borib, stadiondan tomosha qilishni istardim. Chunki stadionda ko‘rsangiz muhit butunlay boshqacha bo‘ladi. O‘tgan safargi jahon chempionatida Germaniya va Argentina o‘rtasidagi final o‘yinini stadionda tomosha qilgandim. Bu yil aniq ayta olmayman. Bizda tanaffus bo‘ladi, keyingi davraga tayyorgarlik qilamiz, yig‘inlarda bo‘lamiz. Televizor orqali ko‘raman deb o‘ylayman.

- Sizningcha, bugungi va ilgarigi futbol o‘rtasida farq bormi?

— Bugungi futbol oldingidek emas. Hozirda futbolchi tezkorlik bilan o‘ylashi, qaror chiqarishi kerak, jismoniy jihatlar, jamoaviy o‘yin shakllandi. Butun dunyoda futbol tezlik bilan rivojlanyapti. Shunchaki o‘ynab raqibni yutishning imkoni yo‘q. Futbol avvalgiga nisbatan har tomonlama o‘sdi.

- Nima deb o‘ylaysiz, Rossiya jahon chempionatini yuqori darajada o‘tkazishga qodirmi?

— Shubhasiz, musobaqa zo‘r o‘tadi. Rossiyaning ushbu chempionatga tashkiliy jihatdan qay darajada tayyorlanganini bilib turibmiz. Mazkur chempionatga tashrif buyurgan muxlislar albatta xursand bo‘lishadi.

- Futbolga zamonaviy texnologiyalar — videotakrorlar, golni aniqlash texnologiyalari joriy etilishiga qanday qaraysiz?

— Boya aytganimdek futbol tezlik bilan rivojlanyapti. Hakamlar ham inson. Inson baribir adashishi mumkin. Bir vaziyatga u tomondan qarasangiz boshqacha, bu tomondan qarasangiz boshqacha ko‘rinadi. Masalan, Maradonaning jahon chempionatida qo‘li bilan gol urganini eslang. Menimcha, bunday texnologiyalarni qo‘llash futbolga xalaqit bermaydi. Faqat me’yorida qo‘llanilgani ma’qul. O‘yin sur’atiga ta’sir qilmasligi lozim. O‘z jamoasi uchun jon kuydiradigan har bir muxlis birinchi navbatda adolat bo‘lishini istaydi. Shunday ekan, bunday texnologiyalardan foydalanish zarar qilmaydi.

- Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistondan yangi Ermatovlar chiqadimi?

— Albatta, bunga ishonaman. Bizda iste’dodli hakamlar ko‘p. Faqat Ermatov darajasiga yetish uchun qattiq mehnat qilish kerak.

- Futbolchi sifatida qaysi o‘yinlar yodingizda qolgan?

— O‘smirlik paytimda Yevropa va jahon chempioni bo‘lganimiz, O‘zbekistonning Yaponiya va Xitoy bilan g‘alabali o‘yinlari yodimda qolgan. Durang bo‘layotgan yoki mag‘lubiyatga uchrayotgan paytingda hal qiluvchi golni urib jamoangga g‘alaba keltirgan o‘yinlar yodda qoladi.

- Agar o‘tmishga qaytish imkoni bo‘lganida yana futbolchilikni tanlarmidingiz?

— O‘tmishga qaytishning imkoni yo‘q. Lekin futbolchilik faoliyatimdan aslo afsuslanmayman. Faoliyatimda muvaffaqiyatlar ham, omadsizliklar ham bo‘lgan. Futbol orqali hech bo‘lmasa bir kishini xursand qilgan bo‘lsam ham bu men uchun baxt. Ayniqsa, g‘alaba qozongan paytingdagi quvonchingni hech qanday pulga sotib ololmaysan.

- Xorijlik qaysi murabbiylarga havas qilasiz?

— Alohida bir murabbiyni ajratib ko‘rsatmayman. Har bir murabbiyning kuchli tomonlarini o‘rganishga, o‘zlashtirishga harakat qilaman. Masalan, Mourinyoni olaylik. U kerakli vaqtda natija uchun o‘ynashni yaxshi biladi. Fergyuson, Gvardiola, Zidandan ko‘p narsani o‘rganish mumkin.

- Sizningcha, Ravshan Ermatov jahon chempionati finalini boshqarishi mumkinmi?

— Nega yo‘q bo‘larkan, albatta ha. To‘g‘ri, ruhiy, jismoniy tarafdan bu oson ish emas. Lekin ular bunday holatlardan o‘tishgan. O‘yinlarni bexato boshqarish birgina Ermatovga bog‘liqmas. Agarda Ravshan Ermatov guruhi soat kabi ishlasa, ular albatta finalni boshqarishadi. Men hakamlarimizga omad va final o‘yinini boshqarishlarini tilab qolaman.

 

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 14:54, 09.06.2018. O'qildi: 8183 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик