Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston – Eron uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumani yakuniga yetdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston – Eron o‘yini oldidan bugun Toshkent shahridagi “Interkontinental” mehmonxonasida har ikki jamoaning murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilyapti.

Ayni vaqtda Stadion.uz jurnalisti Akmalxon Eshonxonov matbuot anjumanida Eron murabbiyi Karlush Keyrushning fikrlarini sizlarga yetkizmoqda.

“Ertangi O‘zbekiston MTJga qarshi o‘yinni tashkil etgani uchun O‘FAga minnatdorchilik bildiraman. Biz O‘FA bilan ajoyib va do‘stona munosabatlarga egamiz. O‘FA hamisha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qilishni so‘raganimizda yo‘q demaydi. Bunday ijobiy va samimiy munosabat uchun tashakkur!

Biz yaxshi shakllangan tajribali futbolchilardan tashkil topgan kuchli jamoaga qarshi to‘p suramiz. Bu bahs biz uchun rasmiy musobaqalar uchun katta tajriba bo‘ladi deb o‘ylayman. Ektor Kuper qo‘l ostida ajoyib futbolchilar jamlangani shubhasiz.

Biz Osiyo kubogiga tayyorgarlikni boshlaganmiz. Bu bahsda tajribali futbolchilar bilan birga, Eron terma jamoasining ertasi bo‘lgan yoshlarga ham imkoniyat beramiz.

Sardor Azmun jahon chempionatidan so‘ng ba’zi sabablarga ko‘ra terma jamoani butunlay emas balki bir fursatga tark etdi.

Sardor Azmun mendan maslahat so‘raganida, men uni shaxsiy sabablari bo‘lgani uchun vaqtincha terma jamoaga chaqirmaslikka rozi bo‘ldim. Ma’lum vaqtdan so‘ng u muammolarini hal etib bo‘lgach yana jamoamiz safiga qaytadi.

Ta’kidlab o‘tishni istardimki, JCHdagi ishtirok Osiyo kubogida yordam bermaydi. Buning uchun biz tinimsiz mehnat qilishimiz, futbolchilarning ishtiyoqini oshirishimiz shart va shundagina bizga chempionlik nasib qilishi mumkin. Osiyo kubogiga Janubiy Koreya, Yaponiya, O‘zbekiston terma jamoalari ham chempionlik uchun tashrif buyurishadi va ular bilan o‘yinlar oson bo‘lmasligi aniq. Biz ko‘proq ishlasakkina maqsadga yetamiz.

Men shaxsiy hayotimdagi voqealarni ko‘pham lozim topmayman. Lekin bir fikrni oshkor qilishim mumkinki, O‘zbekiston Ektor Kuperni olib kelib juda ham to‘g‘ri qaror qabul qildi. Erondan boshqa jamoalar bilan o‘yinda o‘zbekistonliklarga omad tilayman. Men Eron futbol federasiyasi bilan yangi shartnoma tuzganim yo‘q. Biz federasiya bilan haqiqiy erkaklar kabi kelishuvga erishganmiz. Buni qog‘ozdagina rasmiylashtirish qolgan.

Eron terma jamoasida 7 yil ishlashimga sabab bu futbolchilar bilan o‘zaro ishonch borligi. Har xil natijalarga erishdik. Ijobiy va salbiy.  Men futbolchilarga qanchalik ishonsam ular ham menga shunday ishonch bilan javob qaytarishadi. Futbolchilar mashg‘ulot vaqtida ham o‘yin paytida ham maydonga bir xil kuchli ishtiyoq va shijoat bilan chiqishadi”, – Karlush Keyrush.

Mas’ud Shojai: O‘zbekistonda bo‘lib turganimiz uchun O‘FAga minnatdorchilik bildioaman. Ertaga ikkita ajoyib jamoa shiddatli o‘yin ko‘rsatishiga ishonaman va bu buhs muxlislarda yaxshi taassurot qoldiradi deb o‘ylayman. Eron terma jamoasi so‘nggi yillarda Osiyoda yetakchiga aylandi. Biz doim buni tasodif emasligini isbotlash uchun maydonga tushamiz. Bu rasmiy musobaqa bo‘lsa ham, o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa ham shijoftni pasaytirishga xaqqimiz yo‘q. Karlush Keyrush terma jamoamizga kelgach, jamoamizning o‘yini kuchaydi va dunyoda mavqei oshdi. Shu sabab ham 7 yildan beri jamoamizda ishlab kelmoqda. Buning uchun biz undan juda ham minnatdormiz. Biz uni boshqa terma jamoaga qo‘yib yubormaymiz. (kuladi).

Eron terma jamoasi a’zolari ishtirokidagi matbuot anjumani yakunlandi. Matbuot anjumaniga Ektor Kuper va Otabek Shukurovlar keldi.

“Ertaga men ikkinchi rasmiy o‘yinda jamoani maydonga olib tushaman. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishni istardimki, bu o‘yin ham biz uchun sinov bo‘ladi deb ayta olaman.

Ertaga yangi futbolchilar ham maydonga tushadi. Eron terma jamoasi juda ham jiddiy jamoa. Karlush Keyrush Eronni yaxshi shakllantirgan.

Ertaga futbolchilardan jamoaviy o‘yinni talab qilaman va ko‘rsatmalarimga qanchalik amal qilishlariga ham e’tiborimni qarataman.

Bir narsaga aniqlik kiritishni istayman. Biz birinchi o‘yinda himoyani sinab ko‘rgan bo‘lsak ham keyingi o‘yinda faqat xujumni sinaymiz degani emas. Men murabbiy sifatida himoya mudofaa chizig‘idagi xatolarni minimal darajaga tushurishni istayman. Himoya sifatli bo‘lsa xujum ham shunga monand bo‘ladi. Birinchi o‘yinda himoyani sinab ko‘rgan edik, endi boshqa o‘yinlarda boshqa pozisiyalarni sinab ko‘ramiz.

Masalan ertangi o‘yinda hujumni sinab ko‘rishimiz mumkin. Har bir murabbiyda o‘z qarashlari bor. Natija kutishdan oldin, Eronning reytingdagi o‘rniga qarasak yaxshi bo‘lardi. FIFA reytingida O‘zbekiston 95-o‘rinda bo‘lsa, Eron 35-o‘rinda turibdi. Buni ham hisobga olishingizni so‘rayman. Ertangi o‘yinda futbolchilardagi o‘sishni kuzatmoqchiman. Legionerlarimiz jamoaga yaqindagina kelib qo‘shilishdi va ularni ham to‘liq o‘rganishimga vaqt kerak.

Eron bilan o‘yinda Suriyaga qarshi o‘yinga nisbatan o‘sish bo‘lishiga umid qilaman. Penalti masalasiga oydinlik kiritmoqchiman. Penaltini kim tepishini men hal qilaman. Marat Bikmayevmi, Otabek Shukurovmi mening ko‘rsatmamga amal qilishi shart.

Men Maratga penalti bo‘lsa, sen tepasan deb aytganman va buni o‘sha vaziyatda boshqa futbolchilar bilmasdi. Bu vaziyat sizlarga tushunmovchilik bo‘lib tuyulgan bo‘lsa-da, aslida unday emas. Jamoada 2-3 tadan bir hil ismli futbolchilar bor. Boshida ozgina qiyinchilik bo‘lsada hozir pozisiyalari bilan ajrata olaman. Men O‘zbekistonga kelishimdan oldin ularni familiya bo‘yicha yodlagan edim. Ismoilov yoki Krimes deb. Lekin bu yerda ismi bilan chaqirilar ekan. Anzur yoki Yegor deb. Jamoa sardori bo‘lish uchun barchada imkoniyat bor. Kimgadir sen sardor bo‘lasan desam unda xoxish bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab bu jarayon tabiiy bo‘lishi lozim. Muxlislardan yana bir oz sabr so‘rayman. Vaqt o‘tgach hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Har bir muxlis terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etishini xohlaydi. Despasito qo‘shig‘ida aytilganidek hammasi sekin-sekin amalga oshadi”, deydi Kuper.

Otabek Shukurov: Ertangi o‘yinda biz muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Penaltini kim tepishidan qat’iy nazar, asosiysi jamoaga manfaat kelsa bo‘ldi. Biz doim bitta jamoa ya’ni bir butun oila kabi bir birimizni hurmat qilamiz.

Shu tariqa bugungi matbuot anjumani yakuniga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat! Ertaga sizlarni "Milliy" stadionda kutib qolamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:58, 10.09.2018. O'qildi: 4287 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.