Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • 3:1
      • Jenoa
  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Otabek Valijonov: «Klubimizni AGMKga o‘xshataman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbek futboli muxlislari uchun biroz notanish bo‘lgan Bangladesh chempionatidagi o‘zbekistonlik futbolchilar soni to‘rt nafarga yetdi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasida o‘tkazgan Otabek Valijonov, birinchi davrada Pro-Liga ishtirokchisi hisoblangan «Istiqlol» klubida faoliyat yuritgan Iqbol Boboxonov, hujumchi Alisher Azizov («Olg‘a», Qirg‘iziston) va himoyachi Furqat Hasanboyev («Parvoz», Tojikiston) Bangladesh klublari sharafini himoya qilishyapti.

Jumladan, Valijonov va Hasanboyev BJMS (BJMC) jamoasi bilan shartnoma tuzgan bo‘lsalar, Azizov «Sheyx Russel»da o‘ynayapti. Iqbol Boboxonov esa «Arambax» libosida maydonga tushmoqda. Demak, futboli endi rivojlanayotgan ushbu mamlakat birinchiligini ham kuzatishga asos bor.

Bu futbolchilarimiz hali chempionat boshlanmagan bo‘lsa-da, yangi klublari bilan shartnoma imzolab ulgurishdi. Hozirda Bangladeshda mamlakat kubogi musobaqasi davom etmoqda. O‘tgan hafta, aniqrog‘i, 27 oktyabr kuni aynan shu musobaqaga start berildi. Otabek va Furqatning jamoasi kubok doirasidagi bahsda «Brozer Yunion» klubini irodali tarzda mag‘lubiyatga uchratdi.

«Brozer» ikki bor hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, BJMS yakunda Valijonovning «xet-trig»i evaziga keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Otabekning o‘zi haqli ravishda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va uyali telefon bilan taqdirlandi. Biz ushbu o‘yindan so‘ng Otabek Valijonov bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Otabek, Bangladesh chempionatiga yo‘l olishingiz qanday amalga oshdi? Kim sababchi bo‘ldi?

- Bangladeshga futbol agenti orqali yo‘l oldim. U menga shu mamlakat chempionatida ishtirok etuvchi jamoadan taklif bo‘layotganini ayt-di. Yaqinlarim va do‘stlarim bilan maslahatlashib ko‘rgach, taklifga rozilik berdim. Bangladeshga yetib bordim va BJMS klubi bilan shart-noma imzoladim. Yaxshi sharoitlarga ega klub, moliyaviy tomondan ham barqaror hisoblanadi. Jamoamizga katta zavod homiylik qiladi. Klubimizni o‘zimizning AGMK jamoasiga o‘xshataman. BJMS o‘tgan mavsum 12ta klub ishtirok etgan Bangladesh Premyer-ligasini 9-o‘rinda yakunlagan, «Abaxani Limited» jamoasi esa chempion bo‘lgan ekan. Bu yil hali chempionat boshlangani yo‘q. Aytishlaricha, yangi mavsumda Premyer-ligada 14ta klub qatnasharkan. Jamoa rahbariyati oldimizga sov-rinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritish topshiriqni qo‘ygan. O‘ylaymanki, bu vazifani uddalay olamiz. Tarkibimiz sezilarli darajada kuchaytirildi.

- Nima uchun aynan Bangladeshni tanladingiz? O‘zbekiston chempionatida qolmaganingizga yetarlicha sabab bormidi?

- 2017 yilgi mavsumni Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasida yakunladim. Afsuski, jarohatlar iskanjasiga tushib qoldim. Shu sababdan ham 2018 yilgi mavsumning birinchi davrasini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldim. Agar jarohat bilan o‘ynashda davom etganimda, ish operasiyagacha yetib borardi. Shuni o‘ylab ham jarohatimni to‘laligicha davolab olishga qaror qildim. Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotganimda esa futbol agentlari «Bangladesh klubidan qiziqish bo‘lyapti, o‘zingni yangi chempionatda sinab ko‘rmaysanmi?», deb qolishdi. Bu o‘zimga ham juda qiziq bo‘ldi. To‘g‘ri, chempionatining saviyasi juda yuqori bo‘lmasa-da, har holda legioner maqomida o‘ynash imkoniyati yuzaga kelgandi. Bu taklifga rozilik berdim va Bangladeshga jo‘nab ketdim.

- Yarim yildan ko‘proq o‘yin amaliyotisiz qolib ketdingiz. Hozir bu holat sizga ta’sir o‘tkazmayaptimi?

- Boshlanishida ancha qiyin bo‘ldi. Chunki bir necha oy davomida maydonga tusha olmagandim. To‘g‘ri, bu yerga kelgunimga qadar O‘zbekistonda o‘zim individual tarzda yugurib, shug‘ullanib turdim. Lekin umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazish baribir boshqacha. Bangladeshga kelgach, bir yarim oy davomida jamoam tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok edim. Aynan mana shu davrda avvalgi sport formamni tiklab olishga muvaffaq bo‘ldim. Bu borada menga o‘rtoqlik o‘yinlari ham yordam berdi. Hozir hammasi joyida, kubok o‘yinida hatto «xet-trik»ka ham erishdim. Gollarim sabab jamoamiz keyingi bosqichga chiqqanidan xursandman.

- Yuqorida «yaxshi taklif» jumlasini ishlatdingiz. Bu bilan shart-nomaning moliyaviy tomonini nazarda tutdingizmi?

- Har tomonlama qulay taklif olgandim. To‘g‘ri, shartnomaning moliyaviy tomoniga ham e’tibor qaratgandim. Chunki futbolchilik faoliya-ti juda qisqa bo‘ladi. Buni yashirishning hojati yo‘q. Ana shu qisqa davr mobaynida moliyaviy holatni yaxshilab olish kerak. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganlarning hammasi ham murabbiy bo‘lavermaydi. Shularni o‘ylab ham Bangladesh klubidan tushgan taklifni qabul qilgandim.

- Shartnoma qancha muddatga imzolandi?

- Bir yil. Har holda, yangi chempionat, yangicha muhit. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, kelishuvni yana uzaytirishim mumkin. Balki boshqa yanada ma’qulroq takliflar tushib qolar?!

- Chempionat qachon boshlanadi?

- Hozircha aniq sanasi ma’lum emas. Ayni payt kubok bahslarida ishtirok etyapmiz. Tez orada bu haqda aniq ma’lumot beriladi.

- Jamoada sizdan boshqa legionerlar ham bormi? Qayerda yashayapsiz?

- Klubimizda to‘rt nafar legioner to‘p suradi. Ikki nafar o‘zbekis-tonlikdan tashqari, Nigeriya va Kamerundan futbolchilar ham bor. Bizga alohida kvartira berishgan. Lekin so‘nggi kunlarda asosan klub bazasida qolyapmiz. Chunki kubok bahslari o‘tkazilmoqda. Bu masalada muammo yo‘q. Yana bir hamyurtimiz Alisher Azizov ham Bangladesh klubi bilan shartnoma imzoladi.

- Furqat Hasanboyev bilan bir vaqtning o‘zida hozirgi jamoangiz safiga borib qo‘shildinglarmi?

- Ha, Bangladeshga birga keldik. Ikkalamiz ham rasman shartnoma imzolab, bugungi kunda yelkama-elka o‘ynayapmiz. Albatta, o‘zbekistonlik futbolchilarning ko‘p bo‘lishi biz uchun juda foydali. Birinchi navbatda, o‘zimizni yolg‘iz, begonadek his qilmaymiz. Ikkinchidan, yangi muhit hamda chempionatga moslashishda hamyurtlarimizning hissasi katta bo‘ladi.

- Til masalasida qiynalmayapsizlarmi?

- Biroz qiyinchilik bor. Lekin qarab turish yo‘q, o‘zimiz individual tarzda ingliz tilini o‘rganyapmiz.

- Qaysi tilda gaplashyapsizlar? Mashg‘ulotlar payti murabbiy berayotgan ko‘rsatmalarni tushunyapsizlarmi?

- Imkon qadar tushunyapmiz. Futbol terminlarining aksariyati ruschaga yaqin. Juda tanish so‘zlar. Legionerlar bilan ingliz tilida gaplashyapmiz. Hamma joyda ham futbolning tili bir. Mashg‘ulotlarda hech qanday muammolarga duch kelmadik.

- Ob-havo qanday? Iqlim hamda mahalliy sharoitga moslashib oldinglarmi?

- Birinchi kelgan paytimda kun ancha issiq edi. Hozir nisbatan salqinroq. Bangladeshda qish bo‘lmaydi. Bir necha oydan beri shu yerdamiz. Ham iqlim hamda mahalliy sharoitga moslashib oldik.

- Taom masalasi qanday?

- Oshpazlarimiz men va Furqat Hasanboyevga alohida taom tayyorlab berishadi. Bu borada ham muammo yo‘q, hammasi joyida.

- Palovni sog‘ingandirsizlar?

- Juda ham. Bu yerda o‘zimiz haftasiga ikki marta osh pishiramiz. Lekin baribir, O‘zbekistonda tayyorlanganiga o‘xshamaydi. Bizning havo va suvimiz boshqacha.

- Bangladesh chempionatining saviyasi haqida nima deya olasiz? Bizning Pro-ligadan kuchlimi?

- Pro-ligamizdan kuchli, desam o‘zimni aldagan bo‘laman. Lekin saviya past darajada, deb ham ayta olmayman. Jamoalar tarkibida yevropalik futbolchilar bor. Ular chempionat saviyasining oshishiga xizmat qilishyapti. O‘zbekistonda texnik futbolni xush ko‘rishadi. Shu sababli ham klublarimizda birinchi galda texnika va to‘p bilan ishlashga urg‘u beriladi.

- Legionerlarga taxminan qancha maosh berisharkan?

- Ochig‘i, birovning maoshiga qiziqmayman, bu narsani o‘zim ham yomon ko‘raman. To‘g‘risi, legionerlarning qancha maosh olishidan xabarim yo‘q. Lekin o‘zaro suhbatlashganimizda yaxshi deyishadi.

- Maoshlaringiz 2000-3000 dollar atrofida bormi?

- Aniq bir summani ayta olmayman. Jamoangizning muvaffaqiyatiga qanchalik foyda keltirsangiz, maosh va mukofot pullari ham ortib boraveradi. Bu yerda har bir uchrashuvdan so‘ng bahsning eng yaxshi futbolchisi aniqlanar ekan. «Brozer Yunion» klubiga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildim va homiylar menga uyali telefon sovg‘a qilishdi.

- Iqbol Boboxonov ham Bangladeshda ekan. Gaplashib turibsizlarmi?

- Albatta. U ham kuni kecha hisobidagi gollari sonini ochishga muvaffaq bo‘ldi. Furqat ikkimiz uni tabrikladik. Iqbol mamlakat kubogining 2-tur uchrashuvida jamoasi «Arambax» bilan «Chittagon Abaxani» klubiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Boboxonovning jamoasi muqarrar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Chunki o‘yinning dastlabki qismida raqib jamoa 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Iqbol penaltidan unumli foydalanib, farqni qisqartirgan. Uchrashuv yakunlanishi arafasida esa hisob tenglashgan. Ushbu durang natijadan so‘ng «Arambax» va «Chittagon Abaxani» jamoalarining nafaqat ochkolari, balki to‘plar nisbati ham teng bo‘lib qolgani bois, guruh peshqadamini aniqlash maqsadida jamoalar penaltilar seriya orqali g‘olib nomini aniqlashdi. Futbol lotereyasida omad Boboxonov jamoasiga kulib boqdi. Qizig‘i, uchrashuv davomida penaltidan unumli foydalangan Iqbol seriyada ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Bu bilan «Arambax» klubi guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi raundga yo‘l oldi.

- Bangladeshda futbolga qiziqish yuqorimi?

- Ha, mahalliy aholi millionlar o‘yinini yaxshi ko‘rishadi. Bellashuvni tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyurishadi. Hali chempionat boshlangani yo‘q. Lekin kubok bahslariga ham tomoshabinlar tashrif buyurishmoqda. Yildan-yilga Bangladesh futbolida ijobiy tomonga o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Klublar yevropalik futbolchi va mutaxassislarni olib kelishyapti. Sekin-asta legionerlarning saviyasiga ham e’tibor qarata boshlashyapti.

- Hujum chizig‘ida o‘ynayapsizmi?

- Ha, men va nigeriyalik futbolchi shu pozisiyada o‘ynaymiz. Ba’zi o‘yinlarda sof hujumchi sifatida harakat qilaman, u orqaroqda to‘p suradi. Ayrim uchrashuvlarda buning aksi bo‘ladi. Almashib o‘ynayveramiz. Ikkita rasmiy o‘yinda uchta gol urdim. Keyingi bahslarda sermahsullikni oshirib boraman. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:09, 16.11.2018. O'qildi: 4761 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.