Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sardor Telyakov: «Hakamlar o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazishdi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Andijon» klubi ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana kuchlilar safiga qaytdi. Ildar Sakayev shogirdlari Pro-liga yakunlanishiga bir tur qolganda Superliga yo‘llanmasini naqd qilishdi.

Andijonliklar chempionlik o‘yinida Farg‘onaning «Istiqlol» jamoasi ustidan irodali g‘alabaga erishishdi - 2:1. PFL ahamiyati yuqori bo‘lgan mazkur bellashuvni boshqarishni FIFA referisi Sherzod Qosimovga ishonib topshirgandi.

Lekin ikkinchi bo‘limda Ravshan Ermatovning shogirdiga yetarlicha e’tirozlar bo‘ldi. Biz Andijondagi o‘yindan so‘ng «Istiqlol» futbolchilari bilan suhbatlashdik.

Ularning aksariyati hakam chiqargan qarorlardan norozi ekanliklarini bildirishdi. Lekin o‘sha paytda ulardan faqat Sardor Telyakov(suratda 22-raqamda)gina intervyu berishga rozi bo‘ldi. 

- Juda alamli mag‘lubiyatga uchradik, - deya so‘z boshladi «Istiqlol» markaziy yarim himoyachisi. - Butun uchrashuv davomida tashabbusga aynan biz erishdik, deb o‘ylayman. Darvozabonimiz maydondan chetlatilguniga qadar o‘yinni o‘z nazoratimiz ostida ushlab turgandik. Bu bellashuv qiyin kechishini oldindan bilganimiz uchun tayyorgarlik ham boshqacha bo‘lgandi. Superligaga chiqish imkoniyati bizda ham saqlanib qolgandi. Shu sababli ham maydonga faqat g‘alaba ilinjida tushgandik. Ta’bir joiz bo‘lsa, raqibdan bir bosh baland edik. Kim kuchli ekanligini muxlislar ham ko‘rishdi. Hattoki, ayrim andijonlik ishqibozlar ham jamoamizni olqishlashdi. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Farg‘onadan ko‘plab muxlislar kelishgandi. To‘g‘risi, ularga chin ko‘ngildan achindim. Biz mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Hakamlar o‘yinni «sindirishdi». Katta bayramga tayyorlangan «Andijon»ning kayfiyatini buzishni istashmadi, shekilli. Ular uchrashuvning borishi va yakuniy natijaga ta’sir o‘tkazishdi. Fikrimni uchrashuvni tomosha qilganlar tasdiqlashlari mumkin.

- Murabbiylar tomonidan birinchi bo‘limga qanday taktika tanlangandi?

- Asosiy e’tiborni himoyaga qaratib, yuzaga keltirilgan kichik imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishimiz kerakligi aytilgandi. Amalda ham shunday bo‘ldi. Qarshi hujumdan so‘ng mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildik. Himoyada bexato o‘ynaganimiz uchun «Andijon» futbolchilari jarima maydonchamiz ichida hech narsa qila olishmadi. Biz jamoaviy o‘yin ko‘rsatdik.

- Tanaffus chog‘ida murabbiylar nima deyishdi?

- Ikkinchi bo‘limda ham xuddi birinchisida bo‘lgani kabi himoyada ko‘proq o‘ynashimiz kerakligini uqtirishdi. Ammo vaziyat umuman o‘zgarib ketdi. Juda oddiy vaziyatda darvozabonimizga ikkita sariq kartochka ko‘rsatildi va buning natijasida maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldik. Har bitta to‘qnashuvdan keyin hushtak chalinib, futbolchilarimizga sariq kartochka ko‘rsatildi. Hakamlar bizga o‘ynash imkoniyatini berishmadi.

- Ikkinchi bo‘limda g‘alabani saqlab qolish uchun intilgandek bo‘ldinglar. To‘g‘rimi?

- Ochig‘ini aytaman, niyatimiz bunday emasdi. Chunki himoyaga yotib olsak, raqib bizni ayovsiz jazolashini bilardik. Shu sababli ham «Andijon» futbolchilarini maydon markazidayoq kutib olishga va zararsizlantirishga e’tibor qaratdik. Qarshi hujumda hech bo‘lmasa bitta imkoniyat yuzaga kelishiga umid qilgandik.

- Stadiondagi atmosfera, ya’ni muhit haqida nima deya olasiz?

- Ikkala jamoa muxlislari ham ajoyib tarzda futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab turishdi. «Andijon» klubi mutasaddilari ham chempionlik o‘yiniga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishgan ekan. Afsuski, muxlislarimizga g‘alaba tortiq eta olmadik. Lekin ular stadionni yomon kayfiyatda tark etishmadi. Bu bilan biz ko‘rsatgan o‘yindan xafa bo‘lishmadi, demoqchiman. Tabiiyki, hakamlar qaroridan yaxshigina ranjishdi. Shu o‘rinda Farg‘ona, Qo‘qon va hatto Namangandan bizga muxlislik qilish maqsadida yetib kelgan barchaga jamoamiz nomidan rahmat aytmoqchiman.

- «Istiqlol» so‘nggi tur natijasidan qat’iy nazar mavsumni uchinchi o‘rinda yakunlaydi. Nima deb o‘ylaysiz, bu pog‘ona jamoangiz uchun munosibmi?

- Bir tomondan, yaxshi o‘ynab yutqazdik. Qaysidir ma’noda bundan xafa bo‘lmadik. Lekin hakamlar sabab mag‘lubiyatga uchraganimiz hamon alam qilyapti. Kuchli o‘ynab yutqazish ham mardlik belgisi ekan.

- Taqqoslaydigan bo‘lsak, joriy mavsum «Andijon» kuchli ko‘rindimi yoki «Istiqlol»?

- Butun mavsum bo‘yicha oladigan bo‘lsak, baribir «Istiqlol» kuchlidek ko‘rinyapti. Buni ushbu jamoa a’zosi bo‘lganim uchun aytmayapman. Shunchaki, biz birinchi davra uchrashuvida ham «Andijon»ni mag‘lub etgandik. O‘sha uchrashuvda andijonlik futbolchilar hech narsa qila olishmagandi. Andijondagi o‘yinda ham biz yaxshiroq ko‘rindik. Bitta nohaq qizil kartochka o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi.

- Hakamlarning o‘yinga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida murabbiylar sizlarni ogohlantirishganmidi? «Provokasiya»ga berilmanglar, deyishmaganmidi?

- Murabbiylar hakamning xatti-harakatiga e’tibor bermanglar, o‘z o‘yininglarni ko‘rsatinglar, deb uqtirishgandi. Telefonda muxlislar tomonidan olingan videolar ham ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketdi. U yerda nima bo‘lganini hamma ko‘rdi. Shu bois, bu mavzuga ortiq to‘xtalish niyatim yo‘q. Bizda o‘tish o‘yinlarida qatnashish imkoniyati bor. Shunday ekan, kurashishda davom etamiz. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:42, 19.11.2018. O'qildi: 2156 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик