Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bizga himoyaviy futbol kerakmi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yo‘q, ko‘pchilik qatori O‘zbekiston milliy jamoasining so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlarini tahlil qilmoqchi emasman.

Shunchaki, bosh murabbiy - Ektor Kuperning murabbiylik falsafasiga biroz to‘xtalib o‘tmoqchiman. Binobarin, argentinalik mutaxassisning bosh jamoamiz boshqaruvini qo‘lga olganiga 100 kundan oshdi.

Bosh murabbiy ortda qolgan vaqtda asosan yangi jamoasini yaxshilab «tanib» olishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, ajabmas.

Ektor Kuper terma jamoamizning ilk yig‘inida jurnalistlar yo‘llagan savollarga javob berar ekan, vaziyatga qarab, himoyaviy taktikaga asoslangan o‘yin uslubidan foydalanishni rejalashtirayotganini yashirmadi.

Bu bir tomondan to‘g‘ri, chunonchi, oldin muvaffaqiyatga erishgan har bir murabbiyning o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘ladi. Lekin... Tanganing orqa tomoni ham bor-ku. Gap shundaki, milliy jamoamiz futbolchilari bunday o‘yin uslubiga hali tayyor emasdek. Har holda, himoyaviy futbolda individual jihatdan kuchli ijrochilar katta rol o‘ynashadi. Afsuski, jamoamizning hozirgi tarkibida 1-2ta vaziyatdan unumli foydalanadigan yoxud yo‘q joydan gol uradigan futbolchilar yo‘q. Bilamizki, faqat natija uchun o‘ynaydigan jamoalar sanoqli hujumlardan samara chiqarish evaziga maqsadga erishishi mumkin.

Ochiq tan olaylik, milliy jamoamiz anchadan buyon ayni shu masalada oqsamoqda. Misol uchun, futbolchilarimizga JCH-2014 saralashining hal qiluvchi raundida aynan vaziyatlardan foydalanolmaslik pand berdi. Saralashdan keyingi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham ko‘rdikki, bu muammo juda jiddiy. Endi o‘ylang, shunday holatda himoyaviy uslubni birinchi o‘ringa olib chiqish naf berarmikan? 4-5ta vaziyatdan 1ta gol urayotgan termamiz imkoniyatlar soni 1-2ta qisqarsa, maqsadga qanday erishadi? Qolaversa, hozirgi tarkibimizda istalgan payt o‘yin tizginini o‘zgartira oladigan futbolchi ko‘rinmayapti. To‘g‘ri, Odil Ahmedov markazdan, Vitaliy Denisov esa qanotdan tezkor qarshi hujumga o‘tishi mumkin, lekin goh-gohida, xolos. Eng asosiy masala esa - sanoqli hujumlarni munosib yakunlash. Agar shunga qodir o‘yinchi topilmasa, barcha mehnatlar zoye ketadi.

Shu o‘rinda bitta yorqin misol: JCH-2018da Fransiya terma jamoasi ishonch­li tarzda g‘alaba qozondi. Jamoa bosh murabbiyi Didye Desham garchi Antuan Grizmann, Kilian Mbappe, Olivye Jiru kabi hujumkor futbolchilarga ega bo‘lsada, himoyaviy uslubni tanladi. Lekin Argentina va Xorvatiya termalariga qarshi kechgan o‘yinlarda fransuzlarning boshqacha uslubga osongina o‘tishganini ko‘rdik. Jamoa qandaydir 10 daqiqa ichida natijani ta’minlaganini esa Deshamga xos falsafa mahsuli sifatida baholash kerak.

Ehtimolki, Kuper ham uzoqni ko‘zlab, shu o‘yin uslubini qo‘llamoqchidir. Binobarin, hozirda futbolimizga bog‘liq eng og‘riqli holat - samarador hujumchi yo‘qligi. Igor Sergeev ishonchni yo‘qotib ulgurdi, Marat Bikmayev nari borsa yana 2 yil shunday o‘ynashi mumkin. Vaqtida Vadim Abramov tuzgan hujumkor jamoa ayni payt Osiyoning eng kuchli jamoasi bo‘lib turgan va hamisha tartibli himoyasi bilan ajralib turgan Eron termasini 90 daqiqa davomida «qa­mal»ga olgani hali yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q.

Shaxsiy xulosam shu: futbolimiz himoya emas, balki hujumga ko‘proq moyil. Bu tajriba tarixda bir necha marta isbotlangan ham. Lekin Ektor Kuper chindan ham, himoyaviy futbolga urg‘u qaratmoqchi bo‘lsa, unda avvalo, 1ta emas, yarimta vaziyatdan gol ura oladigan o‘yinchi topishi lozim. Aks holda, ijobiy natijaga erishish juda-juda mushkul. Axir Osiyo kubogi startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlislar esa har qanday holatda terma jamoamiz, ayniqsa, Ektor Kuperdan yaxshi natija kutishadi, albatta.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:59, 15.12.2018. O'qildi: 4399 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик