Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ikrom Aliboyev: «Evrofutbolga yo‘l «Seul» orqali...»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumida «Lokomotiv» sharafini himoya qilgan va mamlakat chempioniga aylangan Ikrom Aliboyev bundan buyon faoliyatini legioner sifatida davom ettiradi. Iste’dodli yarim himoyachi Janubiy Koreyaning «Seul» klubi futbolchisiga aylanganidan ko‘pchilikning xabari bor, albatta. Ma’lumot o‘rnida ayt­sak, Aliboyev va «Seul» o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2021 yilgacha amal qiladi va Ikrom ushbu koreys klubida to‘p surgan o‘zbekistonlik ikkinchi futbolchi bo‘ladi. Unga qadar Server Jeparov ham «Seul» sharafini himoya qilgan. Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi 2010-2011 yillarda Janubiy Koreya chempioniga aylangan edi. Transfer amalga oshganidan so‘ng Jeparov Aliboyevga omad tilash barobarida u haqda juda iliq fikrlarni bildirdi. Qolaversa, bu transferdan «Lokomotiv» ham yaxshigina pul ishlab oldi. Koreya matbuotidagi xabarlarga tayanadigan bo‘lsak, ushbu summa yarim million dollar atrofida ekan. Lekin bu borada rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. Ayni paytda Aliboyev Antaliyada milliy terma jamoamizning o‘quv-yig‘in mashg‘ulotida ishtirok etyapti. Biz futbolchimiz bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Ikrom, avvalo legioner bo‘lganingiz bilan tabriklayman. Umuman, bu transfer qanday amalga oshdi?

- Tabrik uchun rahmat. Transferga kelsak, «Seul» haqidagi gap-so‘zlar asli Jakartada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlaridan so‘ng boshlangan edi. Koreys klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lsa-da, bu haqda matbuotda ma’lumot berilmagandi. Mavsum yakunlanishi bilan ular «Lokomo­tiv»ga rasmiy taklif jo‘natishdi. Jamoamiz rahbarlari, murabbiylar shtabi bu taklifni ko‘rib chiqishdi va rozilik berishdi. Shu tariqa men «Seul» klubi futbolchisiga aylandim.

- «Seul» sizga nimasi bilan ma’qul keldi?

- Bunday klubning taklifini o‘ylamasdan ham qabul qilsa bo‘ladi. Zero, bu jamoa nafaqat Janubiy Koreya, balki butun Osiyoda o‘z o‘rniga ega klub hisoblanadi. Koreya K-ligasi qit’amizning eng kuchli uchta chempionatidan biri. Boz ustiga, «Seul» orqali Yevropaga ketish ham mumkin. Endi hammasi o‘zimga bog‘liq. Maqsadim - yaxshi o‘yin ko‘rsatib, Yevropaning kuchli chempionatlariga yo‘l olish! Masalaning aynan shu tomonlarini o‘ylab, bu taklifga rozilik berdim.

- 2010-2011 yillarda bu klub sharafini Server Jeparov ham himoya qilgandi. U hatto Koreya chempioni ham bo‘lgan. Darvoqe, Server ijtimoiy tarmoqlar orqali sizga omad tiladi. Kelishuvdan avval u bilan maslahatlashmadingizmi?

- Ha, Server akaning so‘zlarini o‘qidim. Bundan juda ham xursand bo‘ldim. Fursatdan foydalanib, ularga rahmat aytaman. Jeparovning «Seul»dagi natijalarini takrorlashni istayman. Lekin hozircha u bilan maslahatlashishga ulgurmadim. Ammo, albatta, maslahatlashib olaman. Qolaversa, hozirda Koreyada Sanjar Tursunov va Shohrux Gadoyev ham faoliyat yuritmoqda. Tabiiyki, ular bilan ham aloqaga chiqaman. Umid qilamanki, bu futbolchilarimiz bilan Koreyada ko‘p bor uchrashamiz.

- «Lokomotiv» OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi. Shu ma’noda klub rahbariyati sizni osonlikcha qo‘yib yubormagandir?

- «Lokomotiv» bilan yana bir yillik shartnomam bor edi. Jamoam bu transferdan moliyaviy tomondan foyda ko‘rdi. Klubimiz mutasaddilari mening kelajagimni o‘ylab ham bu transferga rozi bo‘lishdi. Men bilan suhbatlashishdi, «Koreyaning ko‘zga ko‘ringan klubi bo‘lgani uchun rozilik beryapmiz, agar arab jamoalari chaqirganida yoki juda katta summaga sotardik va yo umuman qo‘yib yubormasdik», deyishdi. Shuning uchun ham klubimiz rahbarlariga alohida minnatdorchilik bildiraman. Sobiq jamoadoshlarimga OCHLda omad tilayman. Ishonchim komil, albatta o‘rnimga yaxshi saviyali futbolchi olib kelinadi. Aytishadiku, almashtirib bo‘lmaslar yo‘q, deb! Bu jumla ruschada jarangli chiqadi (kuladi).

- Sir bo‘lmasa, transferingiz «Seul»ga qanchaga tushdi? Bizdagi norasmiy xabarlarga ko‘ra,  800 000 AQSH dollari deb eshitdik. Shu rostmi?

- Bu haqda aniq ma’lumotga ega emasman. Ikki klub o‘zaro kelishuvga erishgan, harqalay.

- Ikrom, yangi klubingiz bilan tanishishga ulgurdingizmi? Bosh murabbiy bilan muloqot ham bo‘lgandir?

- Koreys klubi mutasaddilari bilan ko‘rishib, tanishib oldim. Bosh murabbiy bilan ham taxminan bir soatlik suhbat bo‘lib o‘tdi. Juda ko‘p masalalarda gaplashib oldik.

- «Seul» so‘nggi mavsumni biroz omadsiz o‘tkazdi. Klub oldiga qanday vazifa qo‘yilgan ekan?

- Bu jamoa oldiga hamisha yuqori maqsad va vazifalar qo‘yib kelingan. Keyingi mavsumdagi mo‘ljal aniq - chempionlik! Ha, siz aytgandek, o‘tgan mavsum jamoada pasayish holati kuzatildi. Shunga qaramay, o‘tish o‘yi­nida Koreya K-ligasidagi o‘rnini saqlab qoldi. Bunday holat ba’zida kuchli jamoalarda ham kuzatiladi.

- Klubda sizdan boshqa legionerlar ham bormi?

- Bilishimcha, o‘tgan mavsumdagi legionerlar masalasida hali bir to‘xtamga kelishmabdi. Albatta, mendan boshqa xorijlik futbolchilar ham bo‘ladi. Legionerlar uchun qabul qilingan limitdan to‘liq foydalanilsa kerak, harholda.

- Til masalasida qiynalmaysizmi? Qayerda yashaydigan bo‘ldingiz?

- Tilmoch, ya’ni tarjimon xizmatidan 4-5 oy foydalanaman. Baribir, yangi muhitga moslashguncha ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Umid qilamanki, uzog‘i bilan yarim yildan so‘ng tarjimonning xizmatiga ehtiyoj sezilmaydi. Boshpanaga kelsak, «Seul» klubi tomonidan menga alohida uy ajratilishi haqida aytishdi. Demak, bu borada muammo bo‘lmaydi.

 

Server Jeparov Aliboyev haqida:

Aliboyev uchun xursandman. Chunki O‘zbekistondan qancha ko‘p futbolchi xorijga yo‘l olsa, bu futbolimiz va qolaversa, milliy terma jamoamiz uchun ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Har bir futbolchi o‘zini legioner sifatida sinab ko‘rishni istaydi. Ikrom uchun shunday fursat keldi. Endi u imkoniyatdan unumli foydalanib qolishi kerak. Uni iqtidorli futbolchi deb hisoblayman. To‘g‘ri, maydonda biroz agressivroq, ya’ni «portlovchi» xarakterga ega. Lekin bu bir tomondan yaxshi. Yoshligimda men ham Ikromga o‘xshab jizzaki edim. Vaqt o‘tishi bilan bosilib qolganman. Men ham «Seul» bilan uch yillik shartnoma imzolagandim. Ko‘ryapsizmi, u bilan o‘ziga yarasha o‘xshash jihatlarimiz bor. O‘ylaymanki, Aliboyev Koreya chempionatida yo‘qolib qolmaydi

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:01, 22.12.2018. O'qildi: 3708 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик