Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Terma jamoa oshig‘i»

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Men o‘zbek bolasi “O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlariga befarqman”, desa ishonmayman. Tanqid qilib yozayotgan, “MTJ morojniy yeb qaytadi”, deb izoh qoldirayotganlar ham g‘alabalar boshlansa, telbaga aylanishadi, yozgan gaplarini unutishadi. Chunki bu — Vatan terma jamoasi.

Men terma jamoa o‘lchovlarni buzishga qodir yagona jamoa deb hisoblayman. Uning o‘lchovi boshqa. U aniq statistika yo harakat qoidalariga emas, ko‘ngilga quloq soladi. Hech kim terma jamoadan ko‘ngil uzolmaydi. U bir klub emaski, bir davlat muxlislarini bee’tibor qoldirsa yo o‘rtasiga raxna solsa.

Uning ichida butun xalq yotadi. O‘zbekiston o‘ynaydi. Uning ichida Nesterov ham bor, borolmagan Suyunov ham. Denisov ham shaxsiy holatlarini chetga surib muxlisga aylansa kerak. O‘ynab ketgan yulduzlarimiz ham shu terma jamoa ichida yashaydilar, deb o‘ylayman.

Sharhlovchilarga ham faqatgina terma jamoa ishtirokidagi o‘yinlarda NOXOLIS bo‘lishga, maydondagi bitta jamoaga muxlislik qilishga ruxsat beriladi. Raqib jamoaning tarkibini tanishtirmay o‘tib ketsa ham qoida buzilgan hisoblanmaydi. O‘rtada turib bo‘lmaydigan yagona jamoa bu...

Vasiliy Utkinning xarakterini bilasiz, juda og‘ir. Xudbinroq. U butun mavsum davomida Cherchesov shogirdlarini, xususan, sobiq darvozabon uslubini, mag‘lubiyatlarini tanqid qilib keldi. Hatto Rossiya terma jamoasi boshlab bergan musobaqani ertasiga “endi boshlandi” deyishgacha bordi, natijada ishdan haydaldi.

Ammo o‘sha qaysar fe’l sohibi ham Rossiya yengishni boshlaganida, chiroyli o‘ynashni boshlaganida, g‘ururini bir chetga otib, ruslarga yig‘lab muxlislik qilishga o‘tdi. Bir chiqishida “meni terma jamoa uchun uyalishdan or qilyapti, deyishyapti, men bunaqa gaplardan or qilaman”, dedi. Youtubeʼga qo‘ygan videochiqishida termaning g‘alabalaridan rostakam sarmast bo‘lganini ko‘rdim va hissiyotlariga ishondim.

O‘zim ham shu. Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoamiz so‘nggi o‘yinini Toshkentda o‘tkazayotgan payt. Murabbiy o‘z “suyuklilari”ni tinmasdan tarkibga jalb etishiga qaramay, nurli o‘yin ko‘rmayotgan bo‘lsak-da, butun sharh davomida terma jamoamizni Rossiya-2018ga chiqishini istab gapirganman.

Muxlislik qilib, har bir vaziyatga yonib-kuyib. Oxirida — narigi tomonda Eron Suriya bilan durang o‘ynashni boshlaganida, terma jamoamiz mundialdan qolib ketgani aniq bo‘lganidan so‘ng tanqid qilishga, tanqid qilganda ham alam aralash so‘zlar bilan “izhorlarim”ni sochishga o‘tganman. Bir paytning o‘zida uch holat: umid, pley-off yo‘llanmasi uchun shukronalik va... bort ortida qolganimizdan keyingi alamli fikrlar.

Men o‘sha kuni Samvel Babayan terma jamoamizni Rossiyaga olib borganida, jonli efir orqali uzr so‘rashga tayyor edim. Ko‘p tanqid qilganim bois. Uyalmasdim Utkinga o‘xshab. Qaytanga bu gaplarni faxr tuyg‘usi bilan so‘zlashim aniq edi. Vatanidan, terma jamoasidan uzr so‘rasa odam maza qiladi. Odam maza qiladi terma jamoasi uni uyaltirsa, tanqidlariga munosib javob bersa. Shuni kutib yashaymiz o‘zi.

O‘tgan yilning yarmidan boshlab deyarli terma jamoamiz bilan birgaman. Holatimda o‘zgarish yo‘q. O‘zgarish bo‘lmasligi turgan gap.Eskitdan terma jamoa muhibi bo‘lgan odam o‘sha muhabbatida qolaveradi-da, to‘g‘rimi? Nasib qilsa, “Sport” telekanali orqali o‘yinlarimizdan birini stadiondan sharhlarman ham. Ammo o‘sha gap — holatimga javob berishim qiyin. Telbaroqman sal (o‘tgan yilgi 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalini eslang!)

Bizni yana telbaga aylantiring, iltimos, yigitlar! Ovozimiz bo‘g‘ilib qolguniga qadar muxlislik qilishga majbur eting. Sizning qo‘lingizdan keladi, biz buni ko‘rganmiz.

P.S.: Dubayga kelishimizdan bir kun oldin borish-kelish chiptamni berishgandi, darhol qaytish muddatiga qaradim: 2 fevral ekan. Yigitlar, oxirgi iltimosim: muddatini o‘zgartirish uchun aeroportdagilarni ovora qilib yurmaylik, o‘sha sana juda yoqyapti

Xayrulla Hamidov,

Dubay.

Akmal Eshonxonov

YANA P.S.: MENING BAADAN QAYTISH BILETIM 18 YANVAR, NEGA...?

Manba: UFA
Kiritildi: 01:02, 04.01.2019. O'qildi: 6089 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик