Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ispaniya kubogi. Dastlabki «klasiko»da durang qayd etildi

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Ispaniya kubogi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida dastlabki "el-klasiko" "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tdi. "Barselona" bosh murabbiyi Valverde 3 kun oldin yengil jarohat olgan Messiga nisbatan tavakkal qilishni istamadi va uni zaxirada qoldirdi. Solari ham boshlang‘ich tarkibda kutilmagan ayrim qarorlarga qo‘l urdi. Jumladan, Kazemiro o‘rniga Lyorente, Beyl o‘rniga Junior tushirildi.

Uchrashuvning ilk daqiqalarini faol o‘tkazgan "Real"  tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Vinisius Junior o‘ng qanotdan havolatib "Barsa" jarima maydonchasining olis ustuni tomon uzatma berdi. Langle to‘p uchun sakradi, ammo uning ortida turgan Benzema to‘pni egalladi va darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilarni ortda qoldirgan Vaskes darvozani ishg‘ol qildi!

Mazkur gol taktik jihatdan "Madrid"ga ustunlikni taqdim qildi. Ular ishonchli himoyalanib, qarshi hujumdan foydalanish payida bo‘lishdi. Bahsning 20-daqiqasida esa Malkom ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Suaresning uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo uning zarbasini Keylor Navas bartaraf etdi. Uchrashuvning 32-daqiqasida esa Malkom o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Rakitich bosh bilan yo‘llagan zarbadan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib "ko‘k-anorranglilar" Malkomning faolligi evaziga yana bir golga tortadigan yaratishdi. Suares tomonidan 15 metrlardan burchak tomon yo‘llangan aylanma zarbani Keylor ajoyib seyv bilan qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda, kutilganidek, kataloniyaliklar faollikni yanada oshirishdi. Bahsning 57-daqiqasiga kelib "Real" himoyasi raqib hujumini o‘tkazib yubordi. Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Alba birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. To‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Suares jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p yaqin ustunga tegib, narigi tomonga ketdi. Malkom to‘pga yetib keldi va chap oyoqda zarba berib, darvozani ishg‘ol etdi. Keylor joyiga qaytishga ulgurmagandi.

Shundan so‘ng maydonga Messi va Beyl tushirildi. Ularning bahsga qo‘shilishi o‘yinning borishiga ta’sir ko‘rsatdi, ammo hisob boshqa o‘zgarmadi.

 

O‘yin so‘ngida jamoalar bittadan gol urish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.  Madridliklar raqib jarima maydonchasi atrofida pressing uyushtirayotgan paytda Ter Shtegen to‘pni maydon markaziga yetkazib, juda xavfli hujumga asos soldi. Messining uzatmasidan keyin Alenya chap tomondan oldinga o‘tdi va 16 metrdan zarba berdi. "Real" futbolchisi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi. Karlesda boshqa variant ham bor edi: o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan ikki nafar jamoadoshiga pas berish. Agar yarim himoyachi ushbu variantni tanlaganida, mezbonlar raiqb darvozasini ishg‘ol qilishlari mumkin edi.

O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida olis masofadan yetkazilgan uzatmaga Ter Shtegen o‘z jarima maydonchasini tark etgancha chiqib keldi va bosh bilan to‘pni qaytardi. To‘p Benzemaga kelib tushdi va u darhol ochiq turgan Beylga pas berdi. Uelslik futbolchi bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi. Uning zarbasiga yo‘liga Semedu oyoq qo‘yishga ulgurdi!

Javob uchrashuvi 27 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Final yo‘llanmasi taqdiri o‘sha kuni hal bo‘ladi.

Ispaniya kubogi, yarim final, dastlabki o‘yin.
BARSELONA - REAL MADRID 1:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – 6 Vaskes, 1:1 – 57 Malkom.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur, Buskets, Koutinyo (Messi, 63), Rakitich (Vidal, 63), Malkom (Alenya, 76), Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lyorente (Kazemiro, 63), Vaskes (Asensio, 84), Modrich, Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Nelson Semedu (43), Suares (56), Marselo (57), Alba (58), Vidal (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:52, 07.02.2019. O'qildi: 10443 marta. Fikrlar: 25 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик