Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Imzosiz o‘yin

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ancha avval futbolimiz muhitidagi arosat va uning iztirobli oqibatlari xususida yozgandik. Afsuski, yana shu mavzuga qaytishga to‘g‘ri kelyapti.

Buning sababini ko‘pchilik yaxshi biladi. Ha, gap Ektor Kuper bilan bog‘liq. Hammani bir savol o‘ylantirmoqda: «JCH-2022 yo‘llanmasi taqdirini argentinalik mutaxassisga ishonsa bo‘ladimi?» Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bir guruh muxlislar argentinalik mutaxassisga ishonishmoqda. Ayrimlar unga ishonishmasa-da, imkon berish lozimligini ta’kidlashmoqda. Zukko va tajribali muxlislarning katta guruhi esa terma jamoamiz bosh murabbiyining faoliyatini qoniqarsiz baholashmoqda. «Yoshim o‘tib qoldi. Futbolchilarimizni mundialda ko‘rishni istayman. Terma jamoamiz o‘yinida esa na shiddat bor, na ma’nili harakat...» - faxriy muxlislarning bunday so‘zlarini eshitib, yurak zir­qiraydi. Tasalliga so‘z topolmaydi odam...

Xo‘sh, shunday vaziyatda Ektor Kuperning qaysi ishini tasalli sifatida tilga olish mumkin? O‘tgan yilning kuzidagi uchrashuvlarda ko‘zga tashlangan nursiz o‘yinlarni vaqt kamligi va bahslarning o‘rtoqlik maqomida ekani bilan izohladik. Dekabr oyida biror nazorat uchrashuvi tashkillanmagach, «Nomdor bobo ustamon, nimanidir rejalashtiryapti, Osiyo kubogi-2019da qudratini ko‘rsatadi», deb o‘yladik. Hatto unga va futbolchilarimizga she’rlar bag‘ishladik. Ko‘nglini ko‘tarish uchun shunday qildik-da. Garchi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bak qalamiga mansub «Mo‘’jiza sodir bo‘lmaydi» nomli kitobni o‘qib, ko‘p xulosalar chiqargan bo‘lsakda, baribir, mo‘’jiza kutdik terma jamoamizdan. Kuperdan kutmasak ham bo‘lmasdi aslida...

BAAdagi 5ta rasmiy uchrashuv tarixini qayta eslashning hojati yo‘q. Ochig‘i, bosh jamoamiz o‘yinida Kuperning imzosi uncha sezilmadi. Lekin futbolchilarimiz g‘alaba uchun astoydil intilishdi, gollar urishni istashdi. Penaltini amalga oshirolmagan Marat Bikmayev alamidan yig‘lab yubordi. Holbuki, uni Kuper yig‘latdi. Xullas, natijadan qat’iy nazar, murabbiyni qo‘llab-quvvatladik. O‘yladikki, u Osiyo kubogi saboqlaridan tegishli xulosa chiqaradi. Urugvay termasiga qarshi kechgan ikkinchi bahs esa ko‘pchilikni jiddiy tashvishga solgani rost. Jamoamiz Temur Kapadze rahbarligida bundan jozibaliroq va mazmunliroq ko‘ringandi. Xayriyatki, ikki o‘yinni solishtirish imkoni yo‘q emas. Ektor Kuper shtabi uzoq Urugvayda ashaddiy muxlislar va kuchli tarkibga qarshi yosh futbolchilarimiz qanday to‘p surishganini ko‘rganmikan?! Shundoqqina yonginamizda anchayin kuchsizlangan raqibga qarshi o‘tkazilgan nursiz va imzosiz bahsni o‘sha o‘yinga solishtirishdimi?! Bunisi noma’lum, albatta. Ma’lumi shuki, bir yil ichida terma jamoamiz o‘yini yaxshi tomonga siljimabdi. Aksincha, ba’zi jihatlar ortga ketibdi.

To‘g‘ri, ba’zi mutaxassislar ijobiy jihatlarni sanab tashlashlari mumkin. Biroq oyni etak bilan yopish imkonsiz. Bilag‘on mutaxassislar har qancha tirishishmasin, muxlislarga jamoamiz o‘yinida o‘sish kuzatilayotganini isbotlasholmaydi. Futbolchilar majburan o‘ynagandek taassurot tug‘ilmoqda tashqi tomondan. Shundan kelib chiqqan holda, ko‘ngildan kechayotgan mulohazalarni aytmasak bo‘lmas.

1. Nazarimizda, futbolchilar yaxlit bir jamoa holida murabbiyga talpinishmaydi. Qaysidir futbolchi or-nomus kuchi sabab maydonga tushadi. Bu o‘z-o‘zidan o‘yin manzarasini buzadi. Ayonki, biror futbolchi o‘zidagi bu tabiiy tuyg‘uni tan olmaydi. Yuz-xotir qiladi, albatta.

2. Ektor Kuper tarkibni keskin yoshartirishni xohlamayapti. Hozirgi tarkib Samvel Babayan davrining uzviy davomidir. Bizga qolsa, «opornik» sifatida Otabek Shukurov va Odil Hamrobekovdan foydalanardik. Hujumchi ortida esa Ikrom Aliboyevga imkon berardik. Zaxiradan Javohir Siddiqov, Jasur Yaxshiboyev, Bobur Abduxoliqov maydonga tushishsa, qanday soz bo‘lardi?! To‘g‘ri, ayni holatda olimpiya terma jamoamiz muhim rasmiy o‘yinlar bilan band va yoshlarni bezovta qilish noo‘rin. Ammo aniqki, shunga imkoniyat tug‘ilgan vaziyatda ham, Ektor Kuper bunday yo‘l tutmaydi. Chunki yoshlarga to‘la ishonolmaydi. Hatto Kallum Xadson-Odoi va Jeydon Sancho tajribasi ham unga ta’sir o‘tkazolmaydi. Yoshining keksaligi, fe’l-atvori ham uni bu ishdan qaytaradi.

3. Ektor Kuper amalga oshirayotgan asosiy ishlar, bizningcha, futbolchilar uchun yangilik emas. Boz ustiga, u yigitlarimizni qanday o‘ynatish yo‘lini haligacha topolmayapti. Qisqasi, Kuper davri, uning murabbiylik uslubi o‘tibdi, chog‘i. Aks holda, futbolchilar mashg‘ulotlardan hayratlanishardi. Arosat shundaki, argentinalik murabbiyni istalgan payt iste’foga chiqarish haqida o‘ylash - juda mushkul jarayon. U mutasaddilarning qarorlariga osongina ko‘navermaydi. Vaholanki, hozirning o‘zida shartnomadagi bir muhim kelishuvni bajarolmadi, ya’ni Osiyo kubogida g‘olib chiqolmadi.

Muhtaram muxlis! Yuqoridagi mulohazani qog‘ozga tushirish bizga ham oson kechmadi. Tahririyatdagilar «Maqolani qachon yozib tugatasiz?» deb qistovga ham olishdi. Ammo biz shoshmadik. Negaki, qaysi mavzuda yozayotganimizni tushunib turardik. Oson emas. G‘alvali mavzu. Eng tinchi - Yevro-2020 saralash o‘yinlari haqida yozish. Ana, Andrey Shevchenkoga qoyil, Krishtianu Ronaldu ham unga tan berdi. Murabbiyning imzosi sezilgan o‘yin o‘rnida Portugaliya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni ko‘rsatsa bo‘ladi... Yo‘q, bunday qilolmaymiz. Haqiqiy ahvoldan ko‘z yumolmaymiz. Vaziyatni o‘nglash mumkinmi? Bilmadik. Bilganimiz - Ektor Kuper bu ishni uddalashi mushkul. «Nima istaysizlar o‘zi?» deb ajablangan murabbiyning ruhiyati esa bizga begona...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:13, 27.03.2019. O'qildi: 3104 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик