Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
  • AFC U-23
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Yuventus 20 39
4 Napoli 19 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 19 21
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 19 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sport federasiyalari faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A
Nurafshon shahrida Toshkent viloyatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralariga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi.   Viloyat hokimi G‘ulomjon Ibragimov ishtirok etgan uchrashuvda sport sohasi jamoatchiligi, hududda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sport federasiyalarining rahbarlari ishtirok etdi.   Bu haqda O‘zAga Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilindi. Xabarda qayd etilishicha, uchrashuvda hokim viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sport funksionerlari va murabbiylarning muammolarini tingladi. Har bir federasiyaning moddiy-texnik imkoniyati, erishgan natijalari, kelgusi rejalari muhokama qilindi.   Bugun Toshkent viloyati sport jamoatchiligini qanday muammolar qiynayapti? Uchrashuvda shu va sohaga daxldor boshqa savollar o‘rtaga tashlandi. Ochig‘ini aytganda, vaziyat ko‘ngildagidek emas. Aksariyat federasiyalar nochor bir vaziyatda, o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib bazo‘r jon saqlab kelmoqda. Masalan, viloyat yengil atletika federasiyasining mashg‘ulotlar o‘tkazadigan alohida maydoni yo‘q. Badiiy gimnastika federasiyasi joyi yo‘qligidan boshqa bir tashkilot hududida, og‘zaki kelishuvga ko‘ra ijara haqi bermaslik sharti bilan (chunki bunga mablag‘i yo‘q) faoliyat ko‘rsatib kelyapti. Qachondir biriktirilgan homiylar bugun turli vajlarni ro‘kach qilib, o‘zini olib qochyapti.   Og‘ir atletika federasiyasi Chinozdagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori tomonidan boshqariladi. Alohida joyi yo‘q. Umuman, ko‘plab federasiyalarga rahbarlik qilish hududlarda faoliyat olib borayotgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari direktorlarining chekiga tushyapti. Ularning qariyb barchasi oyliksiz, azbaroyi sportga bo‘lgan muhabbati, ishtiyoqi tufayli federasiya ishlarini imkon qadar tashkil etib kelyapti. Ba’zi sport federasiyalarining rahbari saylanmagan.   Xabarda sohadagi ana shu kabi muammolar qayd etilib, yillar davomida to‘planib qolgan masalalar, vaziyatni o‘nglash, jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik qilish ishlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilingani aytiladi.   Viloyat hokimi har bir sport federasiyasining yillik moliyaviy sarf-xarajatlari uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishini ma’lum qildi.   – Bu yil viloyat byudjeti hisobidan yoki homiylar jalb etish yo‘li bilan yordam berarmiz. – deydi viloyat hokimi G‘ulomjon Ibragimov. – Ammo barcha sport federasiyalari kelgusi yilda yana homiyga ko‘z tikib turadigan bo‘lsa, u holda ishimizda nimadir xatolik borligini anglatadi. Sport jamiyatlari uchun yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar, soliq imtiyozlaridan unumli foydalanish kerak. Qo‘shimcha mablag‘ ishlab topish yo‘llarini birgalikda o‘ylaylik. Viloyat ma’muriyatidan qanday yordam kerak bo‘lsa, biz tayyormiz. Federasiyalar qoshida tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman desangiz, lozim bo‘lsa, bir so‘m evaziga sizga bino, yer ajratamiz. Bu quruq gap emas, aniq taklif.   Shuningdek, sport federasiyalarining geografik joylashuviga ham e’tibor qaratilib, ular asosan, shaharlar hududlarida joylashgani ommaviy sportni rivojlantirishga to‘sqinlik qilishi ta’kidlandi. Yaqin yillarda viloyat sport jamoatchiligi Nurafshon shahriga to‘laligicha ko‘chirib kelinadi. Barcha federasiyalar viloyatning ma’muriy markazida faoliyat ko‘rsatadi. Ammo ungcha bo‘lgan oraliq vaqt ham katta davr. Oldinda esa olimpiada o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish, aholi o‘rtasida jismoniy tarbiyani keng ommalashtirish vazifasi turibdi.   Yig‘ilish davomida viloyat hokimi mas’ullarga barcha sport federasiyalarining pasportini yaratish, respublikada mavjud, biroq, viloyatda yo‘q bo‘lgan boshqa sport federasiyalari ishini ham tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Qayd etish joiz, ayni paytda viloyatda avto-motosport, sinxron suzish, regbi, chim ustida xokkey, qishki sport turlari kabi yo‘nalishlarda federasiyalar faoliyat olib bormayapti.   Muloqotda kelgusida hududda sportni rivojlantirishning bosh g‘oyasi qanday bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra, sport jamoatchiligi yirik musobaqalarni mo‘ljal qilibgina ishlamasligi kerak. Bosh maqsad – iloji boricha ko‘proq aholini sportga jalb etish bo‘lishi lozim. Masala shunday qo‘yilgan taqdirdagina hududda chempionlar, sport ustalarining chinakam maktabi yaratiladi.
Manba: UZA
Kiritildi: 19:42, 01.04.2019. O'qildi: 1508 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.